Kompyuterr tizimlari kafedrasi



Download 176,67 Kb.
Sana05.10.2019
Hajmi176,67 Kb.
#23006
Bog'liq
amaliyot — копия

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUXAMMAD AL XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI

KOMPYUTERR TIZIMLARI KAFEDRASI”



,,O’quv Amaliyoti Bo’yicha’’

XISOBOT

Bajardi:

211-17 guruh talabasi

_________________

_________________



Tekshirdi:

,,Kompyuter injiniringi’’ fakulteti

,,Kompyuter tizimlari ’’kafedrasi

_________________

_________________

Reja :


  1. Kirish

  2. Korxona bilan tanishuv -------------------------------------

  3. Texnika xavfsizligi qoidalari ------------------------------

  4. Berilgan topshiriqlar ----------------------------------------

  5. Xulosa ---------------------------------------------------------

  6. Foydalanilgan adabiyotlar ----------------------------------


1.Kirish

Dunyo aholisining uchdan bir qismigina axborot texnologiyalari(AT)dan to‘g‘ri foydalana oladi. Bugungi axborot texnologiyalari asrida har bir soha vakili IT bo‘yicha kerakli ko‘nikmalarga ega bo‘lish kerak, chunki har qanday davlat va kompaniya rivojlanishida bu sohaning o‘rni beqiyos.Hozirgi kunda yurtimizda axborot texnologiyalariga bo‘lgan talab yoshlar va aholi o‘rtasida kompyuter savodxonligini oshirishni birlamchi vazifa qilib qo‘ydi. Ularda aniq fanlarni o‘zlashtirishda Xorazmiy, Beruniy, Mirzo Ulug‘bek kabi dunyo tan olgan allomalarimizning geni bor. Ammo qobiliyatning o‘zi yetarli emas. Uni yuzaga chiqarish kerak. Buning uchun esa bolalarda yoshligidanoq axborot texnologiyalariga oid bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, farzandlariga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi katta yoshlilarning esa kompyuter savodxonligini oshirish zarur. Bunda o‘zbek tilidagi qo‘llanma va videodarsliklarning o‘rni beqiyos.

Axborot texnologiyalari maʼlumotlarni boshqarish va qayta ishlash texnologiyalaridir. Odatda bu atama ostida kompyuter texnologiyalari tushuniladi. Axborot texnologiyalari sohasida turli axborotni EHM va kompyuter tarmoqlari orqali yigʻish, saqlash, himoyalash, qayta ishlash, uzatish kabi amallar ustida ishlar olib boriladi. Axborot texnologiyasi asosiy texnik vositalari sifatida hisoblash- tashkiliy texnikadan tashqari aloqa vositalari – telefon, teletayp, telefaks va boshqalar qo’llaniladi.Axborot texnologiyasi insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ham mavjud bo’lgan bo'lsa-da, xozirgi zamon axborotlashgan jamiyatining o'ziga xos xususiyati shundaki, sivilizatsiya tarixida birinchi marta bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan kuch energiya, xomashyo, materiallar va moddiy iste’mol buyumlariga sarflanadigan xarajatlardan ustunlik qilmoqda, ya’ni axborot texnologiyalari mavjud yangi texnologiyalar orasida yetakchi o'rinni egallamoqda.Axborot texnologiyalari industriyasi majmuini kompyuter, aloqa tizimi, ma’lumotlar ombori, bilimlar ombori va u bilan boglik faoliyat soxalari tashkil kiladi.Bugungi kunda axborot texnologiyasini shartli ravishda "saqlovchi, ratsionallashtiruvchi, yaratuvchi" turlarga ajratish mumkin. Birinchi turdagi texnologiyalar mehnatni, moddiy resurslarni, vaqtni tejaydi. Ratsionallashtiruvchi axborot texnologiyalariga chiptalar buyurtma qilish, mexmonxona xisob-kitoblari tizimlari misol bo’ladi.Yaratuvchi (ijodiy) axborot taxnologiyalari axborotni ishlab chiqaradigan, undan foydalanadigan va insonni tarkibiy qism sifatida o'z ichiga oladigan tizimlardan iborat.Axborot texnologiyalarining xozirgi zamon taraqqiyoti hamda yutuqlari fan va inson faoliyatining barcha soxalarini axborotlashtirish zarurligini ko’rsatmoqda. Jamiyatni axborotlashtirish deganda, axborotdan iqtisodni rivojlantirish, mamlakat fan-taxnika taraqqiyotini, jamiyatni demokratlashtirish va intellektuallashtirish jarayonlarini jadallashtirishni ta’minlaydigan jamiyat boyligi sifatidafoydalanish tushuniladi.Darxaqiqat, jamiyatni axborotlashtirish—inson xayotining barcha jabxalarida intellektual faoliyatning rolini oshirish bilan boglik ob’ektiv jarayon xisoblanadi.Jamiyatni axborotlashtirish respublikamiz xalqi turmush darajasining yaxshilanishiga, ijtimoiy yextiyojlarning kondirilishiga, iqtisodning usishi hamda fan-texnika tarakkiyotining jadallashishiga xizmat kiladi.

Jamiyatni axborotlashtirish jaraenini 5 asosiy yunalishga ajratish mumkin:

Mexnat, texnologik va ishlab chiqarish jaraeni vositalarini kompleks avtomatlashtirish.

Ilmiy tadkikotlar, loyixalash va ishlab chiqarish axborotlashtirish.

Tashkiliy- iktisodiy boshkarishni avtomatlashtirish.

Axoliga xizmat ko’rsatish soxasini axborotlashtirish.

Talim va kadrlar tayerlash jaraenini axborotlashtirish.

Bilim olishda, ya’ni ma’lum turdagi axborotlarni uzlashtirishda kompyuter tizimining yordami benixoya kattadir.Axborot qanday ko’rinishda ifodalanishidan qat’i nazar, uni yigish, saqlash, kayta ishlash va foydalanishda kompyuter texnikasining rolini quyidagilar belgilaydi:

Birinchidan, ukitishda yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish standart (an’anaviy) tizimga nisbatan ukuv jarayonini jadallashtirib, talabada ilmga kizikishni oshiradi, ular ijodiy faoliyatini ustiradi, bilim berishga differentsial yondashish, olingan bilimlarni takrorlash, mustaxkamlash va nazorat qilishni engillashtiradi, talabani ukuv jarayonining sub’ektiga aylantiradi.

Ikkinchidan, yangi axborot texnologiyalaridan ta’lim-tarbiya jarayonida quyidagi shakllarda foydalanish mumkin bo’ladi:

·muayyan pedmetlarni ukitishda kompyuter darslari;

·kompyuter darslari—kurgazmali material sifatida;

·talabalarning guruxli va frontal ishlarini tashkillashtirishda;

·talabalarning ilmiy izlanishlarini tashkillashtirishda;



·talabalarning ukishdan bush vaktlarini to’g’ri tashkil qilish masalalarini xal yetishda va x.k.

2.Korxona bilan tanishuv

Men G’opporov Iqboljon o’quv amaliyotimni bajarish jarayonida korxona bilan tanishdim. Demak korxona xaqida ma’lumot beradigan bo’lsam korxona 2015-yil may oyida tashkil topgan.Uning xozirgi kundagi raxbari Nazarov Sayfuddin Qayumovich.Bu korxonadagi ishchilar soni 65 nafarni tashkil etadi.Endi korxonada oyoq kiyimni ishlab chiqarish jarayoni xaqida ma’lumot berib o’taman : Tikish jarayoni, asosan, qo'l yoki mashina bilan tikilgan ustunlar va tagliklardir. Teri poyafzallari va mato poyafzallari uchun an'anaviy qoplama usuli. Ushbu turdagi jarayonlar ikki xil qo'lda tikilgan va mashina tikuviga ega. Anti Shan, Ming Shanga tikilgan qo'l, bu an'anaviy poyafzal usuli hisoblanadi, matbuot tikuvlari va tikuvni tikilgan tikuv an'anaviy teri poyabzal usuli hisoblanadi.

Inyeksion qoplama uchun 4 usul mavjud.

(1) qarshi qoplama: o'rta qarshi bosimi va yuqori silindir harorati bilan, sintetik qatronlar plastik qolipga AOK qilinadi va yagona qotishma va pastki bog'lash bir vaqtning o'zida bajariladi. Mato poyafzallari uchun ko'proq ishlatiladi. Ushbu jarayonda teri poyabzal, plastik poyabzal va kauchuk poyabzal ham ishlatilgan.

2. Kauchukni quyish: kauchukni namlash orqali plastifikatsiya qilish, so'ngra qolipni yuqori qarshi bosimiga ega bo'lgan qolipga quyish va quyi va pastki biriktirma kalıplamasını to'ldirish. Mato poyafzallari va kauchuk poyafzallari uchun ishlatiladi.



3. Do’kme usuli: polio’retan, poliamid va hokazo kabi kantitatif reaktif xom-moddaning A va B komponentlari, aralashtirish boshida yuqori tezlikda aralashtiriladi va keyin uni qotib olish va hosil qilish uchun mog'it bo'shlig'iga quyiladi. doimiy (yuqori) bosim. Hozirgi kunda u kauchuk poyabzal ishlab chiqarishda va mato poyafzalining kam miqdorida ishlatiladi.Suv: platisol isitish, yonma-qaytib kichkina bo'lib, oyoq va oyoq bo'shlig'iga quyiladi, shuning uchun plastisolning bo'shliq devoridagi sementlangan tananing markazdan qochib ketgan kuchi ostidagi qismi vujudni isitish uchun ortiqcha plastmassa chap eritmani to'kib tashlang parvarish qilish, parchalanish, materialni poyabzal ichiga joylashtirish. Kauchuk poyabzal va plastik poyabzal uchun ishlatiladi.Kalıplama jarayonida taglik tagiga (oyoq kiyimlari) tegishli so'nggi oyoq yordami (yuqori og'iz) cho'zilib ketib, bo'shliq qolipga isitiladi va vulkanizatsiya kalıplamasıyla bosim ostiga olinadi. Bu kauchuk poyabzal, teri poyabzal va mato poyafzallarida qo'llaniladi.Bog'lanish jarayonida 3 ta usul mavjud: (1) issiq vulkanizatsiyalashni bog'lash: poyabzal qismlari yopishtiriladi va yuboriladi.Vulkanizatsiya tanki bug' bilan bilvosita isitiladi yoki to'g'ridan-to'g'ri havo va bug 'bilan qizdiriladi, rezina qismlar vulkaniklanadi va pastki qismi bir-biriga bog'lanadi. Ular orasida tashqi pastki, pastki tog 'va boshqa qismlar oldindan kalıplanmış va keyin boshqa qismlarga yapıştırılmış va vulkanizasyonu ısıtmak uchun vulkanizasyon tankına yuborilgan. Ikki vulkanizatsiya - kauchuk poyabzal ishlab chiqarishning an'anaviy jarayoni. Ushbu usulda mato poyafzallarining ba'zilari ham ishlatiladi. (2) sovuq yopishqoq usul: poyabzal va tagliklar yopishtiruvchi bilan qoplangan va xona haroratida presslash va shakllanadi. Ko'pchiligi charm poyabzal, mato poyafzallari va kauchuk poyabzal uchun ishlatiladi. Yopishtiruvchi qo'shma usul: sovuq yopishqoq tagliklar va boshoqlar, tagliklar va periferik qirralarning tikuvlari va pastki orasidagi mahsuldorlikni oshirishga yordam beradi.O'rnatish jarayoni poyabzal qismlarini mog'or bilan qoplash, kalıplama yoki zımbalama va oyoq poyabzallarini birlashtiradi. Endi plastik teridan va kauchuk teridan foydalaniladi.Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, ishlab chiqarishni yig'ish, funktsiyalarni diversifikatsiya qilish va moda moda yo'nalishida poyabzal ishlab chiqarish yo'lga qo'yiladi. Kompyuter quvvat dizayn (SAPR) va elektron kompyuter quvvatli ishlab chiqarish (CAM) keng qo'llanilmoqda. To'qimachilik, mato, elim va plastmassa kabi to'rt turdagi poyafzal texnologiyalari o'zaro kelishib olish va materiallarni bir-biriga moslashtirish yo'nalishida rivojlanishda davom etmoqda. Yangi materiallar, yangi texnologiyalar va yangi uskunalar doimiy ravishda rivojlanib boradi, bu esa mehnat intensivligidan texnologiyani jadallashishiga olib keladi.So'zda aytilganidek, oyoqdan sovuq ko'tariladi. Ayollarning asl maqsadi issiq, xavfsiz va iqlim sharoiti (issiq va sovuq, yomg'ir kabi) oyoqlarga to'g'ridan-to'g'ri ta'sir ko'rsatadi. Butun dunyoda iqlim butun mamlakat bo'ylab keng tarqalgan bo'lib, poyabzal uslubi o'ziga xos mahalliy iqlimga ega.

3.Texnika xavfsizligi qoidalari

Korxonadagi kompyuter xonalarida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish zarur.Bular quyidagilardan iborat :



  • Kompyuter xonasiga ustki (palto, kurtka) kiyimda kirish

  • Kompyuter va uning quril,alarini elektr manbaiga ruxsatsiz ulash yoki o’chirish

  • Qurilmalardagi murvatlarni burash

  • Monitorga qo’l va boshqa narsalarni tekkazish, himoya qopqoqlarini ochish

  • Qurilmalarning ulanish joylariga tegish

  • Kompyuter yaqinida isitish asboblaridan foydalanish

  • Qurilmalar yonida tez yonuvchi moddalar ishlatish

  • Xonaga qurilmaning ichki elementlariga salbiy ta’sir etuvchi (kislotali,tarkibida xlor bo’lgan) moddalarni olib kirish, xonani changitish

  • Kompyuter va qurilmalar ustiga turli buyumlarni qo’yish

  • Kompyuterlar elektr manbaiga ulangan holda tozalsh ishlarini olib borish

  • Qurilmalardan foydalanishda kuch ishlatish

  • Ishlab turgan qurilmani qarovsiz qoldirish

Sanitariya-gigyena talablari

  • O’quvchining ish joyiga tushayotgan yorug’lik tepadan va chapdan tushishi, displey ekrani va klavishlar ko’zni qamahtirmaydigan bo’lishi kerak

  • Xonadagi havo harorati o’rtacha 20-24 daraja oralig’ida bo’lishi lozim

  • V-IX sinf o’quvchilarining shaxsiy kompyuter bilan ishlash vaqti 25-30 minutdan bir kun davomida 180 minutdan oshmasligi kerak

  • O’quvchi kompyuterdan eng kamida 50-60sm narida o’tirishi kerak

  • Kompyuter xonasida o’tkazilayotgan dars jarayonida o’quvchilarning tana mushaklarida va ko’zlarida zo’riqish hosil bo’lmasligi uchun 2-3 minutdan iborat dam berishi lozim

Ko’z uchun mashqlar

  • 1-4 hisobda ko’z mushaklarini tarang tortib ko’zni yuming, 1-6 hisobda ko’z mushaklarini bo’sh qo’ying, ko’zni oching(4-5 marta takrorlang)

  • 1-4 hisobda burun uchiga qarab turing.Bunda ko’zni charchashga olib kelmang, ko’zni yming.So’ngra 1-6 hisobda ko’zni ochib uzoqqa tikiling(4-5marta)

  • 1-4 hisobda boshni burmasdan o’ngga qarab turing.1-6 hisobda to’g’riga uzoq masofaga qarang.Bu mashq ko’zni yuqoriga, pastga, va chapga qaragan holda takrorlanadi

Tana uchun mashqlar

  • 20-30 sekund turgan joyda o’rta sur’atda yurish

  • Dastlabki holat-qo’llar yonda, oyoqlar yelka kengligida tik turadi.1-hisoda qo’llar oldinga, kaftlar pastga qaratiladi.2-hiobda qo’llar yonga kaftlar yuqoriga qaratiladi,3-hisobda oyoq uchida turiladi, qo’llarni yuqoriga qilib engashiladi, 4-hisobda dastlabki holatga qaytiladi(4-6marta)

  • Dastlabki holat-qo’llar orqaga, oyoqlar yelka kengligida tik turiladi.1-hisobda tana o’ngga buriladi, 2-hisobda datlabki holatga qaytiladi,3-hisobda qo’llarni qo’llarni atrofga yoyib oldinga egiladi, bosh orqaga ko’tariladi, 4-hisobda dastlabki holatga qaytiladi(4-6 marta)

Mehnat xavfsizligining asosiy masalalaridan biri ishlovchilarning xavfsizligini taminlash bo’yicha ish hisoblanadi. Zamonaviy ishlab chiqarish uni doimiy ravishda texnik jihatdan qurollantiruvchi, kimyoviy va mikrobiologik vositalardan foydalanishi, mobillashgan jarayonlarning keng qo’llanilishi bilan xaraktyerlanadi. Bunday sharoitlarda xavfsizlik talablarining buzilishi, baxtsiz hodisalarga olib keladigan xavfli holatlarni keltirib chiqaradi.Mehnat xavfsizligi-bu shunday mehnat sharoitiki, bunday ishlab chiqarishda ishchilarga zararli va xavfli omillarning ta’sirini butunlay oldi olingan bo’ladi. Ishlab chiqarish sharoitida odamlar ishlab chiqarishning fizik va kimyoviy omillaridan jarohatlanadi.Ishlab chiqarishning xavfli fizikaviy omillari harakatlanayotgan mashinalar, uskunalarning himoyalanmagan ko’zgaluvchan elementlari, harakatlanuvchi buyumlar, materiallar, uskunalar yoki materiallarning sirtidagi yuqori yoki pastki haroratlar, elektr setidaga xavfli kuchlanishlar, qisilgan havoning, gazning energiyasi, portlashlar, to’lqin zarbi va shunga o’xshashlar hisoblanadi. Odamlarning sog’ligi uchun ayniqsa ishlov berilayotgan materiallardan va instrumentlardan uchayotgan qismlar jiddiy xavf tug’diradi. Ishlab chiqarishning xavfli kimyoviy omillari inson organizmiga achchiq, zararli va og’rituvchi moddalarni ta’siri bilan xaraktyerlanadi.Ishlab chiqarishning u yoki bu xavfli omillarining paydo bo’lishi texnologik jarayon, uskunalar konstruksiyasi, mehnatni tashkillashtirish darajasi va unga o’xshashlarga bog’liq bo’ladi.Ishlab chiqarishning xavfli omillari namoyon bo’lish xarakteri bo’yicha ochiq va yopiq turlarga bo’lish mumkin. Ochiq xavfli omillar ochiq tashqi belgilari mavjudligi bilan xaraktyerlanadi. Bunga mashinalarning harakatlanayotgan qismlari, yong’in, ko’tarilgan va tarozidagi osilgan holda turgan yuklar kiradi.Yopiq xavflar mashina, mexanizm, jihoz va asboblardagi ko’zga ko’rinmas nukson va kamchiliklar yoki ma’lum avariya va xavfli holatlarda paydo bo’ladigan kamchilik ko’rinishda bo’ladi.Mashina va mexanizmlarning xavfli zonalari. Ishchilar xavfning manbaiga bevosita tekkanda yoki unga yo’l qo’yib bo’lmaydigan masofaga yaqinlashganda jarohatlanishi mumkin. Inson sog’ligiga va hayotiga xavf tug’diradigan xavfli ishlab chiqarish omillari doimo mavjud bo’lgan yoki vaqti-vaqti bilan namoyon bo’ladigan fazo xavfli zona hisoblanadi. Texnologik jarayonlarga xavfsizlik talablari esa texnologik hujjatlarda bayon etilishikerak. Ishlab chiqarish binosini tanlashda uni sanitar normalarga mosligini, yong’in va portlash xavfi bo’yicha uning kategoriyalarini hamda elektr tokidan jarohatlanish bo’yicha xonalar klassini va boshqalarni aniqlash muhim hisoblanadi.Ishlab chiqarishda xavfsizlikni ta’minlovchi asosiy omillardan biri uskunalarga xizmat qiluvchi xodimlarni kasbiy tayyorgarligi va bajaradigan ishiga ularning jismoniy imkoniyatini mavjudligidir.Ishlab chiqarish uskunalarga umumiy xavfsizlik talablari. Ishlab chiqarish uskunalarga, mashina va mexanizmlarga mehnat sharoiti va ularning elementlari, uskunalar konstruksiyalarini hisobga olgan holda, sodir bo’lishi mumkin bo’lgan xavfli va zararli omillar manbaini aniqlashdan so’ng, xavfsizlik talablari belgilanadi.Mehnatni muhofaza qilish nuqtai nazaridan uskunalarga qo’yilgan asosiy talablarga: odamlar sog’ligi va hayoti uchun xavfsizlik hamda ularni ishlatishda ishonchlilik va qulayliklar kiradi.

Uskunalarni ishlatishda mikroiqlimning o’zgarishi, atmosfera xrlatlarning ta’siri organizmga xavf solmasligikerak. Ishlab chiqarish uskunalari yong’in va portlashga xavfsiz bo’lishikerak. Ularning konstruksiyasida qo’llaniladigan materiallar zararli, xavfli bo’lmasligi, ularning harakatlanadigan aylanadigan qismlari xavf manbalari hisoblanadi va shu sababli ular xavfsiz qilib to’silgan bo’lishikerak.Uskunalarni avariya sodir bo’lganda o’chirishi lozim bo’lgan knopkalari, dastalari ularning ko’rinadigan va qulay joyida joylashtirilishikerak. Bu talabni bajarish ular qizil ranglarga bo’yab qo’yilganda yanada osonlashadi. Ishlab chiqarish bunday muammolarni oldini olish, jarohatlanishga qarshi kurashni, baxtsiz hodisalarni oldini oluvchi zamonaviy vositalardan keng foydalanmasdan turib hal qilib bo’lmaydi.Insonni xavfli ishlab chiqarish omillardan himoyalash usuli: aktiv va passiv bo’ladi.Aktiv himoya xavfli omil hosil bo’lishini yo’qotishga yoki uning xavflilik darajasini kamaytirishga yo’naltiradi. Passiv himoya xavfli omillarning insonga ta’sirini oldini oluvchi kompleks tadbirlarni o’z ichiga oladi. Bunga insonni xavfli zonadan chiqarish yoki insonni xavfli zonada bo’lmasligi uchun sharoit yaratish bilan yerishiladi. Passiv himoyalash ishlab chiqarish jarayonini tashkillashtirish uskuna va jihozlarni konstruksiyalarini yaxshilash orqali ta’minlanadi. Agar qayd qilingan tadbirlar bilan ishlovchilarning xavfsizligi to’laligicha ta’min etilmasa, individual himoya vositalarini (kaskalar, ko’z oynaklar, respiratorlar va boshqalar) qo’llanilishini taqoza etadi.Himoya vositalarini ish jarayoniga shunday jihozlashkerakki, aksincha holatda himoya vositalari bilan ish jarayonini bajarish mumkin bo’lmasin. Himoyalovchi qurilma xavf paydo bo’lishi bilan ishga tushishi va xavfli yoki zararli omilining ta’siri to’xtamaguncha o’zini ishchi holatini to’xtatmasligikerak. Himoyalovchi qurilmalarning konstruksiyasi shunday bo’lishikerakki, uning biror alohida elementining ishlamasligi, boshqa himoya vositalarining ishini to’xtamasligi va qo’shimcha xavf tug’dirmasligikerak. Himoya vositalari unga texnik xizmat ko’rsatish va nazorat qilish uchun qulay bo’lishikerak. Zarur hollarda himoya vositalari ishini nazorat qilish uchun ular avtomatik qurilmalar bilan ta’minlanishi mumkin. Zamonaviy mexanizmlardan qurilmalarda hamda texnologik liniyalarda ishlarni xavfsizligi to’siq, xavfdan saqlovchi qurilmalari va signal, masofadan boshqarish sistemasi, individual himoya vositalardan foydalanish va himoyalovchi vositalar sozligini muntazam nazorat qilishini ta’minlanadi. To’siq qurilmalari. To’siq qurilmalari o’zining oddiyligi va ishonchliligi bilan mashina, mexanizmlarda, uskunalarda xavfli zonalarni izolyasiya qilishda juda keng qo’llaniladi. To’siq qurilmalari inson bilan xavfli omillar orasida devor bo’lib, insonni qanday harakat qilishidan qat’iy nazar uni xavfdan ishonchli himoya qiladi. To’siqlar shu bilan birga insonga har xil metall uchqunlarini, qipiqlarini, detallar va jihozlar qismlarini otilidan himoya qiladi. Zarur hollarda to’siq qurilmalari ish joylarini changlanish va gazlanishini oldini oladi. To’siq qurilmalari konstruktiv formalarini va belgilanishini har xilligi bilan farqlanadi. Ular doimiy va vaqtinchalik bo’lishi mumkin. Doimiy to’siqlar mashinalarni uzatish mexanizmlari va boshqalarini ajralmas qismi sifatida xizmat qiladi. Doimiy to’siq qurilmalar qo’zg’aluvchan yoki qo’zg’almas ko’rinishlarda tayyorlanadi. Qo’zg’almas to’siqlar mexanizmlar ishlaganda, ularning xavfli zonalarini ishonchli himoya qiladi va ular mexanizmlarga texnik xizmat yoki ta’mir ishlari o’tkazilayotganda mexanizmlar ishlayotganda, xavf bo’lmaganda olib qo’yilishi mumkin. Bunday to’siqlar konstruksiyaga ko’ra qo’zg’almas to’siqlarni o’rnatish mumkin bo’lmagan hollarda qo’llaniladi.

Ayrim mexanizmlarda, qurilmalarda jumladan mashinalarda uzatish tasmalari va zanjirlarida to’siq panjaralari sharikli mahkamlangan bo’ladi. Vaqtinchalik to’siqlar ishlab chiqarishda asosan qo’zg’aluvchan ishlarda foydalaniladi. Vaqtinchalik to’siq qurilmalari sifatida olib yuriladigan panjaralar, yengil yog’och devorlar va boshqalardan foydalaniladi. Bunday tipdagi qurilmalarga misol sifatida elektr payvandi ish joyini to’siqlari, chuqurliklarni (quduq, transheya) to’siqlari va boshqalarni keltirish mumkin. To’siq qurilmalarini konstruksiyalari uskuna va texnollogik jarayonlar xususiyatlaridan kelib chiqib tayyorlanadi. Ular qattiq karkasdagi quyma yoki payvandlangan, panjara, shitlar, to’rlar ko’rinishida tayyorlanishi mumkin. Mexanizmlarda kuzatishni talab etmaydigan xavfli zonalarda to’siqlar butun metallardan, plastmassadan, yog’ochlardan tayyorlanishi mumkin. Agar to’siq orqasidagi uskunalarni yig’ma birliklari yoki detallarini tuzatish talab etilsa to’siqlar panjara, turlar yoki shaffof (organik shisha, tribleks va boshqalar) materiallar ko’rinishda tayyorlanadi. Ma’lum diametrdagi D teshiklari bo’lgan to’siq quyidagi talabni qondirishikerak.



4.Berilgan topshiriqlar

4.1 ,,Shernazarova Sanobarxon’’ MCHJ korxonasi bilan tanishuv jarayonida uning qachon tashkil etilganligi, undagi ishchilar soni,uning qanday poyafzallar ishlab chiqarishi,ishlash jarayonidagi xar xil vaziyatlar bilan tanishildi bunda korxona 2015-yil may oyida tashkil topgan.Uning xozirgi kundagi raxbari Nazarov Sayfuddin Qayumovich.Bu korxonadagi ishchilar soni 65 nafarni tashkil etadi.

4.2 Korxonada oyoq kiyimlarni ishlab chiqarishni o’rganish jarayonida maxsulotni ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan seryolar bilan tanishdim.Ular EVA va Poliverton dan foydalanishar ekan.Xozirda asosan oyoq kiyimlarni arzon turlarini EVA seryolari bilan ishlab chiqariladi.Narxi nisbatan yuqorilari esa Polivertondan ishlab chiqariladi.EVA xomashyosiadn ishlab chiqarilgan oyoq kiyimar yumshoqligi bilan ko’plab foydalannuvchilrni o’ziga tortadi.Polivertondan qilingan oyoq kiyimlar esa o’zining qattiqligi,issiqda kengaymasligi bilan ajralib turadi uning o’ziga yarasha foydali va qulay jixatlari ko’pligini o’rgandim.

4.3 Korxonada ishlash jarayonida ko’plab xujjat ishlarini bajarish uchun Word va Excel dasturalri bilan ishlashni yanada mukammallashtirildi va umumiy tushunchalar kengaytirildi.Endi bu dasturlar xaqida qisqacha ma’lumot berib o’taman:

Microsoft Word (qisqacha MS Word, WinWord yoki Word) – matnli ma’lumotlarni yaratish, koʻrish va tahrir qilish uchun moʻljallangan matn muharriridir yoki matn protsessori. Microsoft korporatsiyasi tomonidan Microsoft Office paketi tarkibida chiqariladi. Ilk versiyasi Richard Brodi tomonidan 1983-yil IBM PC uchun yozilgan. Keyinroq Apple Macintosh (1984), SCO UNIX va Microsoft Windows (1989) uchun ishlab chiqilgan. Amaldagi versiyasi Windows va MacOS uchun moʻljallangan Microsoft Office Word 2016 hisoblanadi. Microsoft Word hozirda keng qoʻllaniluvchi eng ommabop matn muharriri hisoblanadi. IBM OC platformasidagi “.doc” kengaytmasi Word 97-2000 ikkilamchi formatining sinonimiga aylandi. Bu formatga eksport va import qiluvchi filtrlar koʻpchilik matn muharrirlarida mavjuddir. Hujjat formati Wordning turli versiyalarida oʻzgarishlarga uchradi. Formatlash amallari dasturning eski versiyalarida uchramasligi mumkin. MS Word 2007 XML, - Microsoft Office Open XML ga asoslangan “ehtimoliy tanlangan” formatni ishlatadi. Word 97-2007 formatlarining tasnifi 2008-yilda Microsoftda e’lon qilingan.Microsoft Officening boshqa dasturlari kabi Word oʻz imkoniyatlarini oʻziga oʻrnatilgan makrotil vositachiligida kengaytirishi mumkin (oldiniga WordBasic, Word 97 versiyasidan soʻng VBA – Visual Basic qoʻllanilgan). Biroq bu virus xavfini oshiadi. Yaqqol misol Melissa chuvalchanggi epidemiyasi boʻloladi. Shu sababdan antivirus dasturiy ta’minotidan foydalanish ortiqchalik qilmaydi. Microsoft Word hujjatlarini zararlagan ilk virus 1994-yil dekabrda J. Mak-Namarning makroviruslar yaratish imkoniyatlarini namoyishiga moʻljallangan DMV boʻlgan. “Yovvoyi tabiatga” tushgan va dunyodagi ilk makroviruslar epidemiyasini chaqirgan ilk virus esa Concept hisoblanadi (1995-yil iyun-avgust).2009-yil 12-avgustda Texas shtati sudi Microsoft patenti Kanada i4i kompaniyasiga tegishli boʻlgan XML-fayllarni oʻqish uslubini noqonuniy foydalanishida ayblab, AQSh hududida Word dasturlarini sotishni taqiqladi. Hozirgi kunda Microsoft Wordga 3 turdagi himoya qoʻyish mumkin:



  • Hujjat ochish uchun himoya

  • Hujjat oʻzgartirish uchun himoya

Qaydlar va toʻg’irlash kiritish uchun himoya(2003 va quyi versiyalar uchun). Yangi MS Word 2007/2010 versiyalarida bu himoya turi “Formatlash va tahrirlashni cheklash uchun himoya” deb nomlanadi.MS Word versiyalaridan qat’I nazar “hujjat oʻzgartirish uchun himoya” va “formatlash va tahrirlashni cheklash uchun himoya”ni hujjatdan darhol yoʻq qilish mumkin. Hujjatning haqiqiy himoyasini esa “hujjat ochish uchun himoya” ta’minlab beradi.MS Wordning eski versiyalarida, hattoki Word 2003 da ham hujjat ochish uchun himoya muammosiz buzilishi mumkin.MS Word 2007/2010 versiyalarida Microsoft 128 bit kalitli AES shifrlash algoritmini qoʻllamoqda. Bunda himoyani chetlab oʻtish nisbati tahminan nolga teng.

Kombinatsiyali amallar

Kompyutеrda ishlash vaqtimizda har xil vaziyatlar boʻlishi mumkin. Shulardan eng koʻp uchraydigan bu sichqonchaning nosozligi. Foydalanuvchilarning katta qismi esa ushbu qurilma orqali asosiy amallarni bajarishadi, va shu sabali shunaqa vaziyatlarda ish toʻxtab yoki sеkinlab qoladi. Shunaqa vaziyatni yеchish uchun bizga tеzkor tugmalar yordam bеrishadi. Tеzkor tugmalar yordamida biz biror bir amallarni klaviatura yordamida tеzkor bajara olamiz. Shuning uchun ush bu tugmalarni bilish foydalanuvchilarga talab dеb qoʻyiladi. Quyidagi roʻyxatda asosiy tеzkor tugmalar koʻrsatilgan:

Ctrl + N - Yangi dokumеntni yaratish

Ctrl + O, yoki Ctrl + F12, yoki Alt+Ctrl+F2 - Mavjud boʻlgan (ilgari yaratilgan) dokumеntni koʻrish yoki oʻzgartirish uchun ochish

Ctrl + W - Ekranda ochiq boʻlgan dokumеntni bеrkitish.

Ctrl + S, yoki Shift+F12, yoki Alt+Shift+F2 - Ekranda ochiq boʻlgan dokumеntni saqlash

Ctrl + P, yoki Ctrl+Shift+F12 - Ekranda ochiq boʻlgan dokumеntni bosmaga chiqaris

Ctrl + Z, yoki Alt + Backspace - Oxirgi bajarilgan xarakatni bеkor qilish (orqaga kaytish)

Ctrl + Y, yoki F4, yoki Alt + Enter - Bеkor qilingan xarkatni qaytarish (oldinga qaytarish)

Ctrl + X, yoki Shift +Delete - Tanlab olingan matn qismi nusxasini xotiraga koʻchirib (qirqib) olish.

Ctrl + C, yoki Ctrl + Insert, yoki Ctrl + Num0 - Tanlab olingan matn qismi nusxasini xotiraga olish

Ctrl + V, yoki Shift + Insert, yoki Shift+Num0 - Xotirada joylashgan matn qismini chiqarib kursor turgan joyiga qoʻyish

Ctrl + A, yoki Ctrl + Num5 - Butun matnni tanlash

Ctrl + F - Butun matnda biror bir soʻz yoki jumlani izlash

Ctrl + H - Butun matnda biror bir suz yoki jumlani topib uning oʻrniga boshka soʻz yoki jumla bilan almashtirish

Delete - Tanlab olingan matn qismi yoki kursordan ung tomonda joylashgan bеlgilarni oʻchirish

F7 - Butun matnning imlo xatolarini tеkshirish

Shift + F7 - Tanlangan soʻzning sinonimlarini topish

F12 - Ekranda ochiq bulgan faylni qayta nomlash

Alt + Ctrl + I - Bosmaga tayyorlangan xujjatni saxifaga joylashishini oldindan koʻrish.

Ctrl + E - Matnni (kursor turgan abzasni) markaz boʻyicha tеkislash

Ctrl + L - Matnnni (kursor turgan abzasni) chap chеgara boʻyicha tеkislash

Ctrl + R - Matnnni (kursor turgan abzasni) oʻng chеgara boʻyicha tеkislash

Ctrl + J - Matnni (kursor turgan abzasni) ikala chеgara boʻyicha tеkislash

Shift + F3 - Harflar koʻrinishini oʻzgartirish (rеgistr)

Ctrl + B , yoki Ctrl + Shift + B - Qalin harflar holatiga oʻtish yoki undan chiqib kеtish

Ctrl + I , yoki Ctrl + Shift + I - Kursiv (yotik) harflar holatiga oʻtish yoki undan chiqib kеtish

Ctrl + Shift + D - Ikkita chiziqli harflar holatiga oʻtish yoki undan chiqib kеtish

Ctrl + U - Chiziqli harflar holatiga oʻtish yoki undan chiqib kеtish

Ctrl + Shift + F - Harflar shaklini (shriftini) oʻzgartirish

Ctrl + Shift + P - Harflar kattaligini oʻzgartirish

Ctrl + D - "Format shrifta" ga tеgishli mеnyu boʻlimini ochish

Ctrl + Shift + S - Matnni stilini uzgartirish

Ctrl + q - Pastki harflar holatiga oʻtish yoki undan chiqib kеtish

Ctrl + Q - Ustki harflar holatiga oʻtish yoki undan chiqib kеtish

Ctrl + F6, yoki Alt + F6 - Boshqa aktiv dokumеnt oynasiga oʻtish

Ctrl + Shift + F6 - Xamma aktiv dokumеnt oynalarini koʻrish

Shift + strеlka - Guruxga olish (bеlgilarga tеgishli)

Ctrl + Shift + strеlka - Guruxga olish (suzlarga tеgishli)

Shift + Home yoki End - Satr boshigacha yoki oxirigacha guruxga olish

Ctrl + Shift + Home yoki End - Dokumеtnt boshigacha yoki oxirigacha guruxga olish

Microsoft Excel (ba'zan Microsoft Office Excel deb ataladi[1]) — Microsoft korporatsiyasi tomonidan Microsoft Windows, Windows NT va Mac OS, shuningdek Android, iOS,Windows Phone uchun yaratilgan elektron jadvallar bilan ishlash uchun dastur. U iqtisodiy-statistik hisob-kitoblar, grafik vositalar imkoniyatlarini taqdim etadi. Mac OS X platformasidagi Excel 2008 ning dasturlash tili VBA (Visual Basic for Application). Microsoft Excel Microsoft Officening tarkibiy qismi hisoblanadi va bugun Excel dunyodagi eng mashxur ilovalar qatoriga kiradi. MICROSOFT EXCEL dagi barcha ma`lumotlar jadval Ko’rinishida namoyon bo’lib, bunda jadval yacheykalarining (xonalarining) ma`lum qismiga boshlang’ich va birlamchi ma`lumotlar kiritiladi. Boshqa qismlari esa xar xil arifmetik amallar va boshlang’ich ma`lumotlar ustida bajariladigan turli amallar natijalaridan iborat bo’lgan axborotlardir.

Elektron jadval yacheykalariga uch xil ma`lumotlarni kiritish mumkin:



  • matnli;

  • sonli ifodalar;

  • formulalar.

Matnli ma`lumotlar sarlavha, belgi, izohlarni uz ichiga oladi.Sonli ifodalar bevosita jadval ichiga kiritiladigan sonlardir.Formulalar — kiritilgan sonli qiymatlar bo’yicha yangi qiymatlarni hisoblaydigan ifodalardir.Formulalar har doim «=» belgisini qo’yish bilan boshlanadi. Formula yacheykaga kiritilgandan keyin shu formula asosida hisoblanadigan natijalar yana shu yacheykada hosil bo’ladi. Agar shu formulada foydalanilgan sonlardan yoki belgilardan biri o'zgartirilsa, EXCEL avtomatik ravishda yangi ma`lumotlar bo’yicha hisob ishlarini bajaradi va yangi natijalar hosil qilib beradi.EXCELning asosiy ishlov berish ob'yekti hujjatlar (dokumentlar) hisoblanadi. EXCEL hujjatlari ixtiyoriy nomlanadigan va XLS kengaytmasiga ega bo’lgan fayllardir. EXCELda bunday fayllar «Ishchi kitob» deb ataladi. Bir ishchi kitob ixtiyoriy sondagi elektron jadvallarni o’z ichiga olishi mumkin. Ularning har biri «ishchi varaq» deb ataladi. Bir ishchi varaq o’z nomiga ega bo’ladi. Ishchi kitobni xosil qilish uchun MICROSOFT EXCEL dasturini ishga tushirish zarur. Ishchi kitobning tarkib elementlaridan biri ishchi varaq, ya`ni elektron jadval xisoblanadi.Elektron jadvalning asosiy elementlari esa yacheyka va diapazonlardir.Yacheyka — bu jadvaldagi manzili ko’rsatiladigan hamda bir qator va bir ustun kesishmasi oralig'ida joylashgan elementdir. Yacheyka kesishmalarida hosil bo’lgan ustun va qator nomi bilan ifodalanadigan manzili bilan aniqlanadi. Masalan, A — ustun, 4 — qator kesishmasida joylashgan yacheyka — A4 deb nom oladi. Yacheykaga sonli qiymatlar, matnli axborotlar va formulalarni joylashtirish mumkin.Bir necha yacheykalardan tashkil topgan guruh diapazon deb ataladi. Diapazon manzilini ko’rsatish uchun uni tashkil etgan yacheykalarning chap yuqori va ung quyi yacheykalar manzillari olinib, ular ikki nuqta bilan ajratilib yoziladi. Masalan: A1:A4

Excel dasturining foydali tomoni unda kiritilgan ma'lumotlar asosida diagrammalar yaratish mumkin.

Excelda ma'lumotlar asosida tayyorlanadigan diagrammalar quyidagi turlarga bo'linadi:

gistogramma; — sohali;

grafikli; — xalqali;

doiraviy; — sirtli;

nuqtali; — birjaviy va hokazo.

Diagramma hosil qilish uchun quyidagi ketma-ketlikka rioya qilish kerak: 1) Elektron jadvalni yuklash.

2) Mavzuni kiritish.

3) Ustunlar kengligini tanlash.

4) Har bir ustunga mos nomlarni kiritish.

5) Yacheykalarni ma'lumotlar bilan to'ldirish

6) To'ldirish ustunining formulasini berish.

7) «Jami xarajatlar miqdori». Natijaviy jadval hosil qilish.

8) Ma'lumotlarni saralash.

4.4 Korxonadagi texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishish jarayonida korxonaning kompyuter xonalaridagi sharoitlar bilan tanishildi.Xonadagi kompyuter kabellarining to’g’ri joylashuvi, u yerdagi xavoning darajasi,qisqa tutashuv vaqtida yong’in chiqqanda signalizatsiyalarning ishlashi va boshqa xavfsizlik qoidalari o’rganildi.

4.5 Korxonada ishlab chiqariladigan oyoq kiyimlar bilan tanishuv jarayonida unga ishlatiladigan xomashyolar yani seryolar bilan tanishildi.Ular EVA va Poliverton dan foydalanishar ekan.Xozirda asosan oyoq kiyimlarni arzon turlarini EVA seryolari bilan ishlab chiqariladi.Korxonada ishlab chiqariladigan oyoq kiyimlar 2 xil tur seryolar biln ishlab chiqariladi.

4.6 Korxonada ishlab chiqarilayotgan oyoq kiyimlar xozirda umumiy xisobda 3 ta bular 2 ta EVA uchun va 1 ta Poliverton uchun ishlatiladi.Ular Xitoy Xalq Respublikasida olib kelingan.

4.7 Ishlash faoliyatida internet tarmog’ini qulayliklarini yaratish yo’lga qo’yilgan.Bu tarmoq orqali maxsulotlarni reklama qilish,mijozlarga qulaylik yaratish muxim o’rin tutadi.Yani mijozlarga reklama qilish jarayonida maxsulotning tuzilishi ,uning turlari ko’rsatiladi.

4.8 Ishlash samardorligini yanada oshirish maqsadida korxonadagi qurilmalar kompyuterlashtirilgan.Ularni kuch ishlatmasdanboshqariladi ularni qulayligi sezilarli darajada yuqori.

5.Xulosa

Men G’opporov Iqboljon o’quv amaliyot ishimni Korxona Farg’ona viloyati Uchko’prik tumanida joylashgan ,,SHernazarova Sanobarxon” MCHJ da o’tadim.O’quv amaliyotimni o’tash mabaynida u yerning tuzilishi,undagi ishchilarni soni,xavfsizlik qonun qoidalari,korxonadagi maxsulotning ishlab chiqarilish jarayonlari, internet tarmog’ini qulayliklarini, korxonadagi qurilmalar kompyuterlashtirilganligini va ko’plab ma’lumotlar bilan tanishib o’rganib chiqdim. Uning xozirgi kundagi raxbari Nazarov Sayfuddin Qayumovich. Bu korxonadagi ishchilar soni 65 nafarni tashkil etadi. Korxonada 3 ta stanok mavjud ulardan ikkitasi EVA maxsulotini ishlab chiqrish uchun bittasi esa Poliverton maxsulotini ishlab chiqarish uchu mo’ljallangan.Axoliga yanada yaxshi va sifatli maxsulotlarni yetkazib berishda, aloqani bog’lashda kompyuter texnikasini xizmati beqiyos xisolanadi.Avtomatlashtirilgan qurilmalar inson qo’l mexnatini yanada yengillashtirishga yordam beradi.Korxona xaridorlar bilan xamkorlik qilishda internet xizmatlarini yanada keng qamrovli tarzda foydalanish uchun imkoniyatlarni kengaytirish kerakligi ko’rib chiqildi.



6.Foydanilgan Adabiyotlar

  1. https://uz.wikipedia.org/wiki/Microsoft_Word

  2. https://uz.wikipedia.org/wiki/Microsoft_Excel

  3. https://vism.ru/uz/security-requirements

  4. http://www.uicit.uz/news/kompyuter-texnologiyalari

  5. Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi // O‘tkir Yo‘ldoshev // 2012yil

  6. https://uz.wikipedia.org/wiki/Axborot_texnologiyalari

  7. Информатика // Р.Р. Бокиев // 2012

Download 176,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish