Barcha drayverlarning o‘rnatish fayllari mavjud bo‘lib ular odatda Install.exe yoki Setup.exe ko‘rinishida bo‘ladi. Ushbu dasturlar o‘rnatilish davomida fayllar ketma-ketlik bilan sahifalar ko‘rinishida ochiladi. (4-rasm).
Ulardagi so‘rovlarga javob bergan holda “Dalee” (keyingi) tugmasini bosib boramiz. O‘rnatilishga oid qolgan barcha jarayonlar avtomatik tarzda kompyuter tomonidan bajariladi.
Drayver o‘rnatilayotganda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asosiy muammolardan biri bu tegishli qurilma topilmaganligi haqidagi ma’lumotning ekrandagi ilovada paydo bo‘lishidir. (5- rasm).
Drayver o‘rnatishning kompleks usuli.
“Пуск” menyusiga kirib “Мойкомпьютер” (Mening kompyuterim) tugmasiga sichqonchani olib borib o‘ng tugmasi bosiladi.
Paydo bo‘lgan ro‘yhatdan “Свойство” (Xususiyatlar) bo‘limi tanlanadi. (6-rasm).
Qurilmalar) sahifasidan “Диспетчерустройств” (Qurilmalar dispetcheri) bo‘limi tanlanadi.
Paydo bo‘lgan ilovadan drayver o‘rnatilishi kerak bo‘lgan qurilma ustida sichqonchaning o‘ng tugmasi bo‘siladi. Odatda bu yerda drayveri bo‘lmagan qurilmalar so‘roq belgisi ostida bo‘ladi.
Драйвер” sahifasidan “Обновить” (Yangilash) tugmasi tanlanadi.
Agar o‘rnatilgan drayver talab darajasida ishlamayotgan bo‘lsa, u holda bunday qurilma undov belgisi bilan ajratilgan bo‘ladi. (7-rasm).
AMD drayverini avtomatik aniqlash.
AMD Driver Autodetect - AMD-ga o‘xshash o‘ziga xos vosita. Ushbu rusumdagi video kartalarning drayverlarini yangilab
turish uchun mo‘ljallangan (AMD FirePro-dan tashqari). (8-rasm).
O‘rnatishdan so‘ng yordamchi dastur video drayverlarning aloqadorligini kuzatadi va ularning o‘z vaqtida yangilanishini ta’minlaydi. Kompyuterda o‘rnatilgan video kartaning modelini, shuningdek, operatsion tizimning bit chuqurligini va versiyasini avtomatik ravishda aniqlaydi. (9-rasm).
Ishlayotganda, AMD saytida yangi drayver bor yoki yo‘qligini tekshiradi. Agar mavjud bo‘lsa - bu haqida xabarlar va uni yuklab olishni taklif qilinadi. O‘rnatishni boshlash uchun foydalanuvchi faqat "O‘rnatish" tugmachasini bosish orqali o‘z roziligini tasdiqlashi kerak.
Driver Booster - bu kompyuter o‘yinlari ixlosmandlari uchun moslashtirilgan dastur. Bepul va pullik turlari mavjud.
Ikkinchisiga obuna bo‘lish narxi yiliga 590 rublni yani taxminan 2022-yil uchun 50439 so‘mni tashkil qiladi. (10-rasm).
Windows 7, 8 va 10-ga asoslangan kompyuter drayverlarini o‘rnatish va yangilash uchun bepul va juda oddiy yordamchi dastur bo‘lib, uning ma’lumotlar bazasiga faqat asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchilarning rasmiy veb-saytlaridan imzolangan, original imzo qo‘yilgan drayverlar kiritilgan. (11-rasm).
DriverHub - tajribaga ega bo‘lmagan foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan. Rus tilini qo‘llab-quvvatlash, minimal sozlash va bitta tugmachani boshqarish, biror narsani chalkashtirib yuborish yoki buzish ehtimolini deyarli yo‘q bo‘lib, va agar yangi driver mos bo‘lmasa, DriverHub uni tizimdan olib tashlaydi va eskisini o‘z joyiga qaytaradi. (12-rasm).