Kompyuterning dasturiy ta`minoti Sistemaviy dasturiy ta`minot Amaliy dasturiy ta`minot


Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari



Download 92,96 Kb.
bet2/8
Sana19.05.2023
Hajmi92,96 Kb.
#941200
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Hamrayeva 220

Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari

Hozirgi paytda dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalarini yaratish bilan bogaiq yunalish tez sur`atlar bilan rivojlanmoqaa. Bunday uskunaviy vositalar dasturlar yaratish va sozlash uchun kuvvatli va qulay vositalarni tashkil etadi. Ularga dasturlar yaratish vositalari va Casetexnologiyalar kiradi.


Dasturlar yaratish vositalari. Ushbu vositalar dastur­lar yaratishda ayrim ishlarni avtomatik ravishda bajarishni ta`minlovchi dasturiy tizimlarni uz ichiga oladi. Ularga quyidagilar kiradi:


  • kompilyator va interpretatorlar;

  • dasturlar kutubxonasi;

  • turli yordamchi dasturlar.

Kompilyator dasturlash tilidagi dasturni mashina kodidagi dasturga aylantirib beradi. Interpretator yukrri darajadagi dasturlash tilida yozilgan dasturning bevosita brjarilishini ham ta`minlaydi.


Dasturlar kutubxonasi oldindan tayyorlangan dastur­lar to’plamidan iborat.
Dasturlar yaratish vositalariga Makroassembler MASM, Visual Cutt for WINDOWS Professional Edition kompilyatori, Visual Basic for WINDOWS va boshqalar kiradi.
Mavzu: Disklarga xizmat ko`rsatuvchi dasturlar:
Reja:

1.Qattiq disklarga xizmat ko’rsatish amallari.


2. Yordamchi disklar.
3.Xotiradagi keraksiz fayl va kataloglarni o’chirish.
4. Kompyuterning foydalanuvchiga mos muhitni tashkil etish.
Informatika kursidan sizga ma’lumki, kompyuterda uch xil xotira mavjud: doimiy xotira, operativ xotira va tashqi xotira. Aynan ushbu xotiralar ishi kompyuter ishini belgilaydi. Har bir xotiraga mos kompyuterning qurilmasi mavjud.
Kompyuterning doimiy xotirasini qattiq disk tashkil etadi. U kompyuter protsessorrinig ichida joylashgan bo’lib, uning ko’rinishi quyidagicha:

Qattik diskka xizmat ko’rsatish amallari deganda nima tushuniladiq Ma’lumki, kompyuter elektr tarmog’iga ulanganda vinchester diskchalari harakatga tushadi va uning aylanish tezligi 6500 –10000 martagacha etadi. Bu juda katta tezlik. Xuddi shuningdek, kompyuterning boshqa qurilmalari ham ish jarayonida katta kuchlanishga ega bo’ladi va elektr toki o’tishi natijasida o’zidan issiqlik chiqaradi. Shuning uchun birinchi navbatda qattiq diskni sovuqda issiq, issiqda sovuq tutadigan maxsus qurilma o’rnatilishi lozim va zarur (kyuler).


Kompyuterning operativ xotirasini protsessorda joylashgan SIMM, DIMM va DDR deb ataluvchi qurilmalar tashkil qiladi. Ularning ko’rinishi quyidagicha
Hozirgi kunda ko’proq DDRdan foydalanilmoqda.
Kompyuterning tashqi xotirasini yumshoq va kompakt disklar tashkil etadi.
Qattiq disk, yumshoq disk(disketa) va kompakt disklar umumiy qilib disklar deb yuritiladi. Diskka ko’rsatiladigan xizmatlar undagi ma’lumotlarga ishlov berishdan iborat. Ularni qanday amalga oshirishni ko’rib chiqamiz.

Diskka fayllar bilan ishlaganda operatsion tizim, o’zak, katalog, fayllar joylashish jadvali (FAT – Fail allacation Table), diskning yuklanish dasturi yozilgan qismidagi ma’lumotlardan foydalaniladi. Agar diskning tizimli qismi buzilsa, diskdagi ma’lumotlardan to’la yoki qisman ham foydalanib bo’lmaydi. Diskning tizimli bo’limini (Disk Edit turidagi dastur yordamida) qayta tiklash mumkin. Lekin bunday ish foydalanuvchidan yuqori malaka va ko’p vaqt talab qiladi. Agar tizimli bo’lim fayllarini doimiy ravishda Image dasturi yoradamida nusxalanib qo’yilsa, diskning tizimli sohasi buzilganda uni qayta tiklash ancha yengil bajariladi.


Yordamchi diskni tayyorlab qo’yish ham foydalanuvchi uchun muhimdir. Yordamchi disk nima va uning vazifasi qanday, degan savolga javob beraylik. Kompyuterning boshlang’ich yuklanish jarayonida DOS ning tizimlarini ochish va ularni ishlatish uchun (ya’ni boshqarishni buyruq fayllarga berish uchun) BIOS dasturlaridan foydalaniladi. Agar bu dasturdagi ma’lumotlar buzilgan bo’lsa, kompyuter ishga tushmaydi (yuklanish oxiriga yetmaydi) yoki ba’zi bir mantiqiy disklar (diskdan yuklanish ro’y berganda) «ko’rinmaydi». Bunday holatda yo’qolgan yoki buzilgan ma’lumotlarni tiklash oson ish emas, xatto mutaxassislar uchun ham talaygina vaqt talab qiladi. Bu vaziyatda Rescue dasturi yordam beradi. Ushbu dastur ma’lumotlarni (yuklash dasturini) yordamchi diskka yozib qo’yadi va ularni shu diskdan qayta tiklab beradi.
Yordamchi diskni tayorlash uchun 2-3 daqiqa vaqt sarf etiladi va har safar DOS konfiguratsiyasi o’zgartirilganda yordamchi diskni yangilab turish tavsiya etiladi.
Kompyuterni ishlatish jarayonida diskda juda ko’p keraksiz va bak kengaytmali fayllar hosil bo’ladi. Xotirani kengaytirish, tozalash maqsadida qattiq disklarni keraksiz fayllardan tozalash uchun maxsus tozalovchi dasturidan foydalanish mumkin.
Kompyutyerdan qancha ko’p foydalanilsa, qattiq disklar fayllarga to’lib qolish ehtimoli shuncha ortadi. Albatta, har qanday axborotni ishlatib bo’lingach, xotiradan o’chirish kerak bo’ladi. Lekin shunda ham ba’zi bir «keraksiz» fayllar soni ko’payib ketadi. Bunday hollarda (oMOorin, axborot hajmi anchagina katta bo’lganda), axborotlarni «siquvchi» maxsus arxivlash dasturlari qo’llaniladi. Arxivlash dasturlari maxsus uslublarni qo’llash hisobiga axborotlarni «siqish» imkonini beradi, yani axborotning nisbatan kichik hajmdagi nusxasini yaratish hamda bir nechta faylni bitta faylga birlashtirish imkonini beradi..
Qattiq diskdagi manzillar joylashishi yagona tizim (ko’rinish)ga ega bo’ladi. Bu holat barcha ko’rinishdagi disklarga taalluqli. Diskni doimiy ishlatish jarayonida – fayllarni yozish, o’chirish, qayta yozishda juda ko’p bo’sh joylar hosil bo’ladi va ko’pgina fayllar bo’lak-bo’lak bo’lib ajralib qoladi.
Umuman olganda kompyuter disklartiga xizmat ko’rsatish uchun quyidagi dasturlardan ko’p hollarda foydalaniladi:

Shunga o’xshash hollarda fayllar joylashishini optimallashtiruvchi dastur, masalan, Spee Disk yoki Scan Disk dasturlaridan foydalanish mumkin. Bu dasturlar barcha fayllarni disk (manzil) boshlanishiga ko’chiradi va fayllarning bo’laklarga ajralishini to’g’rilaydi. Bunday dasturlarning bajarilishi bir necha minutni tashkil etadi. Shu bois, vaqti-vaqti bilan kompyuterning barcha mantiqiy disklarini optimallashtirish maqsadga muvofik.

Kompyutyerdan foydalanuvchi uning resurs va imkoniyatlarini yaxshi bilishi kerak. Kompyuterning asosiy tashkil etuvchilari—markaziy prosessor, qattiq disk (vinchester), xotira va boshqalar uning ishlashi jarayonida katta yuklanma (nagruzka) oladi. Buni quyidagicha o’xshatish bilan tushuntirish mumkin. Har bir avtomobil haydovchisi o’z mashinasida yurish uchun unga doimiy ravishda benzin quyib turishi, yuvishi, texnik xizmatlar ko’rsatishi va shu kabi ishlarni o’z vaqtida bajarib turishi lozim. Agar bu ishlar o’z vaqtida bajarilmasa, uning natijasi juda achinarli bo’ladi. Xuddi shuningdek, kompyutyerdan foydalanuvchilar ham uni faqat o’z masalalarini yyechishda yoki turli xil kompyuter o’yinlarni tashkil etishda foydalanmasdan, xotiradagi keraksiz fayllarni o’chirishi, turli o’zgarishlarni to’g’rilashi, fayllar tizimining butunligini saqlash kabi amallarni bajarib turishi kerak.
Kompyuter axborotlarni qayta ishlovchi qurilma sifatida xizmat qilar ekan, undan foydalanish inson uchun qulay va sodda bo’lishi kerak. Bunday imkoniyatni esa, har bir foydalanuvchi o’ziga moslab «yaratib oladi».
Bunday muhitga nimalar kiradiq
Birinchidan, kompyuter siz mo’ljallagan ishlarni bajara olishi uchun u yetarlicha xotiraga ega bo’lishi, yetarlicha tezlikda ishlay olishi, zarur qurilmalarni ishlata oladigan dastur ta’minotiga ega bo’lishi lozim. Bular kompyuterning texnik jihatdan talabga javob berishini taqozo qiladi. Foydalanuvchi ulardan o’ziga mosini tanlashi maqsadga muvofik.
Ikkinchidan, foydalanuvchi har kuni amalga oshiradigan ishlarini bajarish uchun interfeysni qulay holatga keltirib qo’yishi lozim. Masalan, birgina matn muharririga kuniga bir necha marta murojaat qilinishi mumkin. Bunday dasturni ishga tushirish uchun bir necha katalog ichiga kirish talab qilinmasligi, balki bosh katalogda (Windows muhitida «Ishchi stoli»da) joylashishi lozim. Bu dasturlardan foydalanish masalasi.
Uchinchidan, qurilmalardan foydalanishni qulay holatga keltirish lozim. Masalan, o’ng qo’l bilan ishlaydiganlar uchun sichqonchaning chap tugmachasi, chap qo’l bilan ishlaydiganlar uchun o’ng tugmachasi foydalanish uchun qulay bo’ladi. Ularni operatsion tizimdagi mos parametrlarni o’zgartirish bilan sozlab qo’yish kerak.
Hozirgi kunda dasturiy ta’minot bo’yicha Microsoft firmasining mahsulotlari keng tarkalgan. Bu firma o’zi yaratayotgan dasturiy ta’minotdan tajribali foydalanuvchilar bilan birga boshlovchilarning ham qulay ishlash imkoniyatini yaratish borasida tinimsiz izlanishlar olib bormoqda.

Mavzu: Disklarni defragmatsiyalash


Defragmentatsiya bu — qattiq disk(vinchester) qismlarini(razdel) mantiqiy strukturasini yaxshilash(optimizatsiya) maqsadida bajariladigan protsess hisoblanadi. Bu protsess orqali vinchesterdagi fayllar mantiqiy tartiblanadi. Bu protsessni amalga oshirish natijasida, kompyuter ishlashini tezlashtirish va qattiq diskda sodir bo‘ladigan xatolarni oldini olish mumkin.
Defragmentatsiyani ko‘pchilik tushunmaydi va shu sababli, bu ishni bajarishmaydi. Buni tushuntirish uchun o‘sha mashxur misolni keltiraman. Misol uchun sizga, Windows’ga oib biror kitob kerak bo‘lib qoldi, siz kutubxonaga borib, dastlab kompyuterga oid kitoblar joylashgan javonga borasiz, u yerdan boshidan qidirib o‘tirmaysiz, darhol, bu javondan «W» harfiga oid kitoblarni qidirishni boshlaysiz va tez topasiz. Endi o‘ylab ko‘ring, agar kutubxonada kitoblar tartib bilan qo‘yilmagan deylik, hammasi aralash joylashgan, siz o‘zingizga kerakli kitobni topishingiz uchun, ancha vaqt kerak bo‘ladi, natija bor, topasiz agar kerak bo‘lsa, lekin ancha vaqtingiz ketib qoladi.
Kompyuterda ham shunday, fayllar ma’lum bir bloklarga bo‘linib, shu bloklar qattiq diskka yoziladi, o‘qish jarayonida bu bloklar birlashtirilib o‘qiladi, agar bu bloklar har xil joyda joylashgan bo‘lsa, to‘liq faylni yig‘ish uchun, biroz vaqt kerak bo‘ladi.
Savol tug‘iladi, qanday qilib bitta fayl bloklari bir necha joyga joylashib qoladi? Bu savolga keyinroq fayllarni diskda joylashuvi nomli maqola yozib javob berishga harakat qilaman. Demak, nima sababdan defragmentatsiya qilish lozim?
1. Vinchesterning ishlash vaqtini oshirish uchun, fayllar qancha tartibli joylashgan bo‘lsa, ularni qidirishga ko‘p harakat talab qilinmaydi, vinchesterga yuklama kamroq tushadi.
2. Kompyuter ishlashini tezlashtiradi, kompyuter ishlashi asosan fayllarni kiritish va o‘qishga asoslangan, tartibli fayllarni o‘qish, tartibsiz fayllarni o‘qishdan ancha tez.
3. Vichesterda bo‘sh joylarni oshiradi.
4. Operatsion tizim ishlashi yengillashadi.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, defragmentatsiya qilish albatta kerak, lekin qaysi paytda, qaysi oraliq bilan qilish kerak?
1. Agar sizning kompyuteringiz tranzaksion rejimda ishlasa, ya’ni doimiy ravishda fayllar yozilib va o‘chirilib turilsa, iloji boricha tez-tez, kamida har hafta bir marotaba defragmentatsiya qiling.
2. Agar sizning vinchesteringizda joy kam bo‘lsa(qattiq diskning 80% to‘lgan), har oyda defragmentatsiya qiling.
3. Agar qattiq diskda ancha bo‘sh joy bo‘lsa va fayllar yozilish va o‘chirilishi ko‘p marotaba bajarilmasa, 6 oyda bir marotaba defragmentatsiya qilish kifoya qiladi.
Defragmentatsiya haqida ma’lumotga ega bo‘ldingiz, keyingi maqolada bu amalni qanday bajarish kerakligini ko‘rsatib o‘taman.

Mavzu: Arxivlashtirish dasturi bilan ishlash.



  1. Fayllarni arxivlash.

  2. Arxivlash dasturlari

  3. Arxivlashning qo`shimcha imkoniyatlari.

Insoniyat turmush tarzining rivojlanishi yangi – yangi kashfiyotlarning yaratilishiga sabab bo`lmoqda. Inson yangilik yaratish jarayonida har xil to`siqlarga duch keladi va shu to`siqlarni yengib o`tish mobaynida yana yangi ixtirolar vujudga kelaveradi. Lekin hayot tajribalaridan ma`lumki, ko`pincha yangi kashfiyot ma`lum bir muammoni hal qilish jarayonida yuzaga keladi .
Biz kompyuterning yaratilishini XX asrning buyuk kashfiyotlardan biri desak yanglishmaymiz. Davr talabiga ko`ra bugunga kelib kompyuter texnologiyasi juda rivojlanib ketdi. Ma`lumotlarni boshqarish, ayniqsa hozirgi kunda muhum axamiyat kasb etmoqda. Ma`lumotlarni boshqarish tizimlariga bo`lgan talab kun sayin ortib bormoqda . Katta hajmdagi ma`lumotlar bazasi va axborotlar ustida ishlashga to`g`ri kelyapti.
Jamiyat taroqqiyotida yuz berayotgan jadal o`zgarishlar uning bir qismi bo`lgan informatika soxasiga ham o`z ta`sirini ko`rsatmoqda. Bu ta`sir shunchalik kuchliki, axborot texnologiyalarida bo`layotgan o`zgarishlar yillar ichida emas, balki oylar ichida o`zgarib va boyib bormoqda.
Malumki, kompyuterlarda o`zaro ma`lumotlar almashinuvi qulaylashtirish maqsadida turli xil hajmdagi disketalardan foydalaniladi. Lekin ba`zan shu disketalar ham kattaroq hajmdagi ma`lumotlarni o`zida sig`dirolmaydi va ma`lumot almashinuvi jarayonida yetarli muommolar tug`diradi. Bundan tashqari , kompyuterni ishlatish jarayonida magnit diskka ko`p bor murojat bo`lishi natijasida daskdagi axborotlar ishdan chiqishi mumkin.
Shular va shu kabi boshqa muommolarni bartaraf qilish maqsadida kompyuter texnologiyasiga arxivlash degan yangi usul kiritiladi.



Download 92,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish