Course Syllabus
Kodi
|
CAO1316
|
Nomi
|
Kompyuterni tashkil etilishi
|
Kreditlar
|
6
|
O‘quv yili
|
2019 – 2020
|
Semestr
|
4
| Professor – o‘qituvchilar to‘g‘risida ma’lumot
O‘qituvchi
|
Mirzaxalilov Sanjar Serkaboy o’g’li - Katta o‘qituvchi
|
Amaliyot o‘qituvchilari
|
CAO002-1 – Zoxirov Qudrat Rafiqovich – Assistent
CAO002-2 - Ochilov Mannon Musinovich- Assistent
|
Kafedra
|
Kompyuter tizimlari
|
Tel:
|
+99899 869-66-17, 71-2386458
|
Manzil
|
D-bino, 3-etaj, 312-xona
|
e-mail
|
mirzahalilov86@gmail.com
| Yuklama
Fa’oliyat
|
Soatlar
|
Ma’ruza
|
60
|
Amaliyot
|
30
|
Laboratoriya
|
-
|
Mustaqil ta’lim
|
90
|
Umumiy
|
180
| Baholash
Bajariladigan ishlar
|
%
|
Talabaning semestr davomidagi ishlari
|
100%
|
Mustaqil ishlar (1 ta)
|
40%
|
Amaliy ishlar (10 ta)
|
50%
|
Oraliq nazorat (1 ta)
|
10%
| Mustaqil ish Mustaqil ish uchun ajratilgan baholash miqdori 40% holatda olinib, u quyidagi omillar bo‘yicha baholanadi: 1. Mustaqil ish hajmining va rasmiylashtirish qoidalarining talabga muvofiqligi: 4% 2. Referat berilgan mustaqil ish mavzusiga mosligi: 4% 3. Berilgan mavzuning to‘liq yoritilganligi: 10% 4. Mustaqil ishda yangi ma’lumotlardan foydalanilganligi: 8% 5. Mustaqil ishni bajarishda qo‘shimcha adabiyotlardan va maqolalardan foydalanilganligi: 4% 6. Mustaqil ishni himoya qilganligi va savollarga javob berganligi: 10% Oraliq nazorat Oraliq nazorat o‘quv kursi davomida bir marta olinadi va ajratilgan baholash miqdori 10% tashkil etadi. - Ko‘chirmachilikka yo‘l qo‘yilgan ishlarga ajratilgan baholash foizi nolga (0 %) teng va ishlar qayta qabul qilinmaydi.
Asosiy adabiyotlar - 1. David Patterson John Hennessy. Computer Organization and Design. 5th Edition. 2013.
- 2. З.З.Мирюсупов, Ж.Х.Джуманов. «Компьютер архитектураси». /TATУ. 144 бет. Тошкент, 2017
- 3. С.А.Орлов, Б.Я.Цилькер. Организация ЭВМ и систем: Учебник для вузов. 2-е изд. — СПб.: Питер, 2011. — 688 с
- 4. Таненбаум Э., Остин Т. Архитектура компьютера // 6-е издание. СПб.: Питер, 2013. — 811 с
- 5. Шамаева О.Ю. Архитектура компьютера. Конспект лекции. МЭИ. Москва, 2015.
S.S.Mirzaxalilov
Reja:
1. Zamonaviy kompyurerlarning turlari.
2. Kompyuter arxitekturasi va tashkil etilish tamoillari.
3. Kompyuterning asosiy ko‘rsatgichlari.
Kompyuter nima? - Kompyuter – dasturlash yordamida avtomatik ravishda arifmetik yoki mantiqiy ketma-ketliklarni bajarishga ko’rsatma beruvchi mashina.
- Kompyuter - ma’lumotlarni qabul qilish, belgilangan arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni yuqori tezlida barish va natijalarni ekranga chiqarish uchun dasturlashtirilgan elektron qurilma.
- Kompyuter - ma’lumotlarni saqlash, qayta tiklash va ishlov berish uchun dasturlashtirilgan elektron qurilma.
- Kompyuter (elektron xisoblash mashinasi) – xisoblash va axborot masalalarini yechish jaroyonida axborotlarga avtomatik ishlov berish uchun mo‘ljallangan texnik vositalarining to‘plami.
KOMPYUTER XOZIRGI KUNDA … Raqamli elektron qurilmalar Kompyuterlar qator belgilar bo‘yicha turlarga ajratilishi mumkun: - ishlash tamoili;
- element asosi ;
- vazifasi;
- xisoblash jarayonining tashkillashtirilish usuli;
- o‘lchami va xisoblash quvvati;
- imkoniyatlari;
- dasturlarni parallel bajarish imkoniyati bo‘yicha va xokazo.
Ishlash tamoili bo‘yicha xisoblash mashinalarni katta uchta guruxga ajratish mumkun : - analogli (uzuluksiz),
- raqamli
- aralash (gibrid).
Xisoblash mashinalari
АХМ
RХМ
GХМ
Yaratilish bosqichi va element asosi bo‘yicha kompyuterlarni shartli ravishda avlodlarga bo‘linadi: - 1-avlod, 1950 yillar: elektron vakuumli lampalardagi EXM;
- 2-avlod, 1960 yillar; diskret yarimo‘tkazgichli asboblardagi EXM (tranzistorlardagi);
- 3-avlod, 1970 yillar; yarimo‘tkazgichli kichik va o‘rta integral sxemalardagi kompyuterlar (bitta g‘ilof ichida yuzlab – minglab tranzistorlar joylashtirilgan). Integral sxema – maxsus vazifalar uchun mo‘ljallangan elektron sxema, u yaxlit yarimo‘tkazgichli kristal sifatida bajarilgan bo‘lib, o‘zida katta sondagi aktiv elementlarni (diod va tranzistorlarni) birlashtiradi;
- 4-avlod, 1980-90 yillar; katta va juda katta integral sxemalardagi kompyuterlar, ularning asosiysi – mikroprotsessorlar (bitta kristalda o‘n mingta’lab – millionlab aktiv elementlar mavjut). Katta integral sxemalarda aktiv elemantlar shunchalik zich joylashtirilganki, 1-avlod kompyuterining barcha elektron qurilmalari 100 – 150 m2 maydonni egallagan bo‘lsa, xozir 1,5–2sm2 maydonni egallovchi bitta mikroprotsessorga joylashtirilgan. Juda katta integral sxemalardagi aktiv elementlar o‘rtasidagi masofa 0,032 – 0,11 mikronni tashkil etadi (solishtirish uchun, odamning soch tolasining qalinligi bir necha o‘n mikronga teng).
- 5-avlod, xozirgi vaqt (2015...); bir necha o‘nlab parallel ishlovchi mikroprotsessorlardan tashkil topgan kompyuterlar, ular yordamida bilimlarga ishlov berishning samarali tizimlarini qurishga imkoniyat mavjut; parallel tarkibli juda murakkab mikroprotsessorlarda bajarilgan kompyuterlar bir vaqtning o‘zida dasturning o‘nlab ketma-ket ko‘rsatmalarini bajara oladilar.
- 6-avlod va keyingilari: parallellashtirilgan va neyron tarkibdagi optoelektron kompyuterlar, ularda ko‘p sonli murakkab bo‘lmagan mikroprotsessorlar taqsimlangan tarmoqli bo‘lib, neyronli biologik tizimning modeli kabidir.
- Kompyuterlarning xar bir keyingi avlodi o‘zining oldingi avlodiga nisbattan jiddiy yaxshi ko‘rsatgichlarga ega bo‘ladi. Kompyuterlarning unumdorligi va barcha xotirasining sig‘imi odatda birnecha o‘n marotaba ortiq.
1-avlod (1945-1955) - Dasturlash mashina tilida bajarilgan;
- Operatsion tizim bo’lmagan;
- Dasturlash va texnik xizmat ko’rsatish jarayoni bir guruh odamlar tomonidan bajarilgan;
2-avlod (1955-1965) - Transiztorli;
- Ishonchli;
- Faqat hukumat, universitet va katta tashkilotlar uchun mo’ljallangan.
- Mobil perfokartali;
- Ilmiy va texnik xisoblashlar uchun;
3-avlod (1965-1980) - Kichik o’lchamli electron elementlardan tashkil topgan va silikon chiplardan, yarimo’tkazgichlardan foyalanilgan;
- 2-avlodga nisbatan tezkor;
- Yuqori darajadagi dasturlashni qo’llab quvvatlaydi;
- Magnit xotirali;
4-avlod (1980-1990) - Mikroprosessorli tizimlar;
- Arzon;
- Tezligi, aniqligi, ishonchligi yuqori;
- Gabaridi kichik;
- Sovutish tizimi qo’shilgan;
- Quvvat kam sarflanadi;
- Har bir foydalanuvchi uchun mo’ljallangan;
5-avlod (1990- ) - Ko’p prosessorli;
- Sun’iy ong bilan jihozlangan;
- Sxemalari optic signalda ishlaydi;
- Elementlar dasturga asoslangan;
- Katta xotirali;
- Magnitli chiplar;
- Kompyuterning ish jarayonini boshqarish uchun har qanday tilda avtomatik ovoz bilan boshqarish mumkin.
- universal (umumiy masalalarga mo‘ljallangan);
- muammoga yo‘naltirilgan;
- maxsuslashtirilgan.
O‘lchami va xisoblash quvvati bo‘yicha kompyuterlarni quyidagi guruxlarga bo‘lish mumkun: - juda katta (supperkompyuterlar);
- katta;
- kichik;
- juda kichik (mikrokompyuterlar).
Kompyuter turlari - Supercomputer.
- Mainframe.
- Server Computer.
- Workstation Computer.
- Personal Computer or PC.
- Microcontroller.
- Smartphone.
Avlodlar bo‘yicha shaxsiy kompyuterlar quyidagi tartibda guruxlarga bo‘linadi: - 1-avlod – 8-bitli protsessorlar ishlatilgan;
- 2-avlod – 16-bitli protsessorlar ishlatilgan;
- 3-avlod – 32-bitli protsessorlar ishlatilgan;
- 4-avlod – 64-bitli protsessorlar ishlatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |