“tashkil etish” va “arxitektura” tushunchalarini aniqlash
Aniq hisoblash mashinasi uchun, va ixtiyoriy murakkab tizimlar uchun, tashkil etishni aniqlash o’ziga xosdir.
“tashkil etish” atamasi lotincha organizo (kelishgan ko’rinishi haqida xabar beraman, tashkil etaman) dan kelib chiqqan va ikkita ma’noga ega:
butun qismlarning ichki tartiblanganligi, o’zaro mosligi, o’zaro munosabati;
butun qismlar o’rtasida munosabatlarni shakllantirish va takomillashtirishga olib keladigan jarayonlar va harakatlar majmui.
Hisoblash texnikasida HM va tizimlarini tashkil etishning, vazifasi va qurilishi bo’yicha ikkita nuqtai nazardan belgilanadi va ikki turi qaraladi: foydalanuvchi nuqrai nazaridan va ishlab chiqaruvchi nuqtai nazaridan.
Foydalanuvchi uchun HMsining, uning masalalarini samarali yechishni ta’minlaydigan xizmatlari va funksiyalari muhimdir. Unga, ushbu funksiyalarning texnik tashkil etish masalalari va qabul qilingan texnik yechimlar qiziq emas. Shuning uchun, HMsini loyihalashda, mashinaning va u taqdim etadigan xizmatlarning, ya’ni uning funksional tashkil etilishini tavsiflovchi, abstract modeli birinchi navbatda yaratiladi.
HMsini funksional tashkil etish – bu foydalanuvchilarning ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqilgan funksional imkoniyatlar va xizmatlar to’plamining abstract modelidir. Ushbu xususiyatlar va xizmatlar foydalanuvchining barcha harakatlar ketma-ketligini ta’minlaydi: dastlabki ma’lumotlarni kodlashtirish, dasturlash, dastur va ma’lumotlarni kiritish, ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonlarini boshqarish, natijalarni chiqarish va ularni hujjatlashtirish.
Ishlab chiqaruvchi haqiqiy fizik vositalar: elementlar, tugunlar, bloklar va qurilmalarga asoslanib hisoblash tizimining abstract modelida qaralgan funksiyalarning texnik bajarilishini yaratishi kerak.
HM sini strukturali tashkil etish – bu mashinaning asosiy funksional qismlari tarkibini, tartibini va o’zaro munosabati tamoillarini belgilovchi fizik model. Strukturali tashkil etishning grafik tasvirlanishi strukturali sxema hisoblanadi. Muhandislik amaliyotida strukturali sxemasiga mos keladigan ancha qisqa atama – struktura qabul qilingan.
Shunday qilib, funksional tashkil etish HM sini abstract “portretini” olish imkoniyatini beradi – bu mashinaning funksional imkoniyatlarini fiksirlaydi, ammo bu imkoniyatlar material jihatdan (jismoniy usullar bilan) qo’llab-quvvatlanmaydi. Strukturali tashkil etish HMning funksional tashkil etishni moddiylashtirishni ta’minlaydi.
Birinchi marta “hisoblash mashinasi arxitekturasi” (computer architecture) atamasi IBM firmasi tomonidan IBM 360 oilasi mashinalarini ishlab chiqishda dasturchi mashina ko’rsatmalari darajasida dastur tuzishda foydalanishi mumkin bo’lgan vositalarini tavsiflash uchun ishlatilgan. Bunday talqin “tor” deb nomlanadi, chunki u funksionallikni tavsiflovchi masalalarning faqat bir qismini o’z ichiga oladi: buyruqlar ruyxati va formati, ma’lumotlarni taqdim etish shakllari, kiritish/chiqarish mexanizmlari, xotirani adreslash usullari va boshqalar.
Xalqaro ISO/IEC 2382/1-93 standarti quyidagi ta’riflardan foydalangan holda ta’rifni beradi: bu HMning mantiqiy tuzilishi va funksional xususiyatlaridir, shu jumladan uning apparat va dasturiy komponentlari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik hamdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |