Mukammal kon’yuktiv normal shakl (MKNSH).
Кon’yuktiv normal shakl (KNSH) deb funksiyani har biri, argumentning sodda dizyunksiyasi (yoki ularning inversiyalari) bo‘ladigan hadlar qatorining kon’uynksiyasi ko‘rinishida tasvirlash shakliga aytiladi.
KNSHga funksiyani tasvirlashning quyidagi shakli misol bo‘la oladi :
KNSH bo‘lmaydigan funksiyani tasvirlash shaklini keltiramiz :
Bu shakl MKNSH bo‘lmaydi, chunki uning birinchi hadi qolganlari bilan kon’yunksiya amali orqali bog‘lanmagan.
KNSHning har bir hadida MKNSH barcha argumentlari keltirilgan bo‘lishi kerak . KNSHdan MKNSH ga o‘tish uchun barcha argumentlarni o‘z ichiga olmaydigan har bir hadiga хi*хi ko‘rinishdagi hadlarni qo‘shish kerak, bu yerda хi haddagi mavjud bo‘lmagan argument
хi*х = 0 bo‘lgani uchun bunday amal funksiyaning qiymatiga ta’sir qilmaydi. хi*х ifodani qandaydir Y hadiga qo‘shish natijasida quyidagi ko‘rinishga keltiruvchi Yхi *х
ifoda hosil qilinadi
Bu tenglikning to‘q‘riligi taqsimlash qonunidan kelib chiqadi, buni ifodaning o‘ng tomonidagi qavslarni ochish orqali ko‘rsatish mumkin. Quyidagi funksiya misolida
KNSH dan MKNSHga o‘tishni ko‘rib chiqamiz:
Quyidagi ifodaning biror hadining ustida almashtirish bajarib taqsimot qonunini qo‘llashni ko‘rsatamiz:
Belgilaymiz
Zarur belgilashlarni kiritgandan so‘ng, taqsimot qonuni asosida quyidagiga ega bo‘lamiz
Quydagicha belgilab taqsimot qonunini qo‘llaymiz.
Z1 va Z2 ning qiymatlarini, o‘rniga qo‘iyb KNSH dan MKNSHga o‘tishda keltirilgan ifodaning mos hadlarini hosil qilamiz.
MKNSH funksiyalar rostlik jadvali bo‘yicha oson quriladi. Misol sifatida 3.1 jadvalda keltirilgan funkiyani ko‘rib chiqamiz.
(2.3)
Ifoda f(x1, x2, x3) funksiyasi rostlik jadvalida qiymatlari orasida nechta nol bo‘lsa, shuncha konyunksiya amali bilan bog‘langan hadlarga ega. Shunday qilib, funksiya nolga teng bo‘ladigan argumentlar qiymati toplamiga shu to‘plamda nol qiymatga ega bo‘luvchi MKNSHning aniq bir hadi mos keladi. MKNSH hadlari kon’yunksiya amali bilan bog‘langanligi uchun, hadlaridan birortasi nolga teng bo‘lsa funksiya ham nolga teng bo‘ladi.
Shunday qilib, rostlik jadvali orqali berilgan MKNSH funksiyani yozish qoydasini keltiramiz. Argumentlar qiymatlarining qancha to‘plamlarida funksiya nolga teng bo‘lsa, barcha argumentlar diz’yunksiyasini tashkil qiluvchi, shuncha kon’yunktiv hadlarni yozish kerak va agar to‘plamda argumentning qiymati 1 ga teng bo‘lsa,u holda diz’yunksiyaga shu argumentning inversiyasi kiradi.
Ihtiyoriy funksiya yagona MNKSH ga ega.
Mantiqiy qurilmaning tuzilmali sxemasi bevosita amalga oshirilayotgan funksiyaning kanonik shakliga (MDNSH yoki MKNSH) asosan quriladi. (3.2 ) va (3.3) funksiyalar uchun hosil qilingan sxemasi 3.9a va 3.9b rasmda keltirilgan
Qurilmaning, umuman olganda, to‘g‘ri ishlashini ta’minlovchi bu usulning kamchiligi ham yo‘q emas. Hosil qilingan sxemalar juda murakkab, katta sondagi mantiqiy elementlardan foydalanishni talab qiladi, unumliligi va ishonchliligi juda quyi. Ko‘p hollarda funksiyalarni o‘zgartirmasdan mantiqiy ifodalarni shunday soddalashtirish mumkinki, bunda mos keluvchi tuzilmali sxema soddaroq bo‘lib qoladi. Funksiyani bunday soddalashtirish funksiyalarni minimallashtirish deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |