O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG‘ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
KOMPYUTERLASHGAN LOYIHALASH TIZIMLARI
fakulteti
ELEKTRONIKA VA ASBOBSOZLIK
kafedrasi
TEXNOLOGIK JARAYONLARNI MODELLASHTIRISH VA OPTIMALLASHTIRISH ASOSLARI
fanidan
KURS ISHI
Mavzu:« Uzluksiz ishlovchi qalpoqsimon tarelkali absorsion kolonnasini matematik modellashtirish.
Bajardi: _____________ Mirabdullayev M (imzo) (F.I.Sh)
Rahbar: _____________ Hakimov M. (imzo) (F.I.Sh)
Taqrizchi: _____________ Tojiboyev A (imzo) (F.I.Sh)
FARG‘ONA – 2021 y.
MUNDARIJA
1. Kirish 3
9. Xulosa 21
10. Adabiyotlar 22
1. Kirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 16- oktyabr kuni kimyo sanoatini jadal rivojlantirish, tarmoqqa xorijiy investitsiya va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Ma’lumki, kimyo soxasi – zamonaviy sanoatning “katalizatori” bo‘lib, xar qanday ishlab chiqarish negizida kimyoviy jarayonlar yotadi, bu soxasiz iqtisodiyotda taraqqiyot bo‘lmaydi. O‘zbekiston zaminida Mendeleyev jadvalidagi barcha kimyoviy elementlar mavjud, mamlakatimiz uglevodorodlarga boy bo‘lsa-da, kimyo sanoatimiz asosan qishloq xo‘jaligi uchun mineral o‘g‘it ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Qurilish materiallari, farmatsevtika, tekstil, mashinasozlik kabi tarmoqlar uchun zarur bo‘lgan murakkab polimerlar, katalizatorlar, reagentlar va sintetik tolalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmagan. Buning oqibatida xar yili 1,5 milliard dollarlik kimyo ma’sulotlari import qilinmoqda. Ishlab chiqarilayotgan fosfor va kaliyli mineral o‘g‘itlar xam mavjud talabning faqat uchdan birini qoplaydi xolos. Murakkab mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish quvvatlari 60-70 foizga eskirgani energiya resurslarining ortiqcha sarflanishi, kimyo maxsulotlari tannarxining asossiz oshishiga olib kelmoqda. o‘tgan yildan boshlab, mineral o‘g‘itga talabni qondirish uchun 3,1 milliard dollarlik 17 ta investitsiya loyixasi amalga oshirila boshlandi. Bundan tashqari, kimyo sanoati maxsulotlarini diversifikatsiya qilish maqsadida 2025-yilgacha 4,2 milliard dollarlik yana 17 ta loyixa xayotga tatbiq etiladi. Shuning uchun, kimyo tarmog‘iga xorijiy investitsiya va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish, maxsulot xajmi va turini ko‘paytirish, soxaning eksport saloxiyatini oshirish “o‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining muxim va ustuvor vazifasi bo‘lishi zarur. Yig‘ilishda tarmoqdagi kamchiliklarni bartaraf etish va kimyo sanoatini yanada rivojlantirish yuzasidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar muxokama qilindi. Takidlanganidek, tarmoыni rivojlantirish uchun yangi zamonaviy ishlab chiыarish quvvatlarini ishga tushirish zarur.
Ayni paytda tabiiy gazning bor-yo‘g‘i 14 foizi, jumladan, kimyo tarmog‘ida 5 foizi chuqur kayta ishlanmoqda. Kremniy, kaolin va gips xomashyosidan kimyoviy maxsulotlar ishlab chiqarish etibordan chetda qolmoqda. Malumotlarga ko‘ra, yurtimizda ishlab chiqarilayotgan noo‘g‘it mahsulotlar, asosan poliyetilen, polipropilen, polistirolga xorijiy davlatlarda 100 milliard dollardan ortiы xajmda extiyoj mavjud. Bu esa biz uchun yaxshi imkoniyat. Shu sababli, kimyo sanoatida maxsulot turlarini diversifikatsiya qilish uchun organik moddalar ishlab chiqarish bo‘yicha 15 ta va noorganik moddalar bo‘yicha 8 ta loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda.
Prezidentimiz mutasaddi raxbarlarga ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy investorlarni jalb qilish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Kimyo sanoatida yirik investitsiya loyixalarini amalga oshirish uchun tizimning moliyaviy barqarorligini taminlash lozim. Shu bois yig‘ilishda “o‘zkimyosa’noat” aksiyadorlik jamiyatining moliyaviy axvolini yaxshilash yuzasidan ko‘rsatmalar berildi. Shu bilan birga, soxaga innovatsiyalar umuman joriy qilinmagani, ilm-fan saloxiyatidan samarali foydalanilmayotgani tanqid qilindi. Shuning uchun Koreya kimyo-texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti (KRICT) bilan xamkorlikda Toshkent kimyo texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti negizida ilmiy-tadqiqot, loyixalash va muxandislik, kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan markaz barpo etishni tezlashtirish zarurligi takidlandi. Yig‘ilishda mutasaddilarga belgilangan barcha vazifalar bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqib, uning ijrosini muntazam muxokama qilib borish topshirildi.
Respublikamizning neft-gaz sanoati xalq xo‘jaligining asosiy zvenosi bo‘lib, muxim energetika bazasi xisoblanadi. Respublikamiz mustakil bo‘lgandan keyin neft-gaz sanoatini rivojlantirishga katta axamiyat berildi. Bugun dunyoda neft, tabiiy gaz, ko‘mir, yadro energiyasidan ishlab chiqarish maqsadlarida foydalanish miqdori 12 milliard tonna neft ekvivalentiga teng bo‘lmoqda. Mazkur organik resurslarni qazib olish, qayta ishlash va foydalanish jarayonida atrof-muxitga, shu jumladan, atmosfera xavosiga oltingugurt, azot va uglerod oksidi kabi zararli moddalar chiqarilmoqda. Ushbu gazlarning taosiri global miqyosda iqlim o‘zgarishlariga, Ozon qatlamining yemirilishiga olib kelmoqda. Shuningdek, dunyo bo‘yicha sanoatdan atmosferaga tashlanayotgan uglerod oksidi 5 milliard tonnani, uglerod ikki oksidi esa 300 million tonnani tashkil etadi.
Kimyo maxsulotlarini ishlab chiqarish, korxonalarning rivojlanishi ularda ilg‘or texnologiyalarni qo‘llanishi bilan bog‘liq. Yuqoridagilarni xisobga olib, biz xam malakaviy bitiruv ishimizni mavjud texnologiyalardan oqilona foydalanish, ekologik toza, raqobatbardosh sifatli maxsulotlar olishga qartdik. Neftdan olinadigan eng muxim maxsulotlardan biri yuqori oktan sonli benzin olish, benzin yoki ligroinni aromatlashdir. Shuning uchun biz yuqori oktanli benzin ishlab chiqarish texnologiyasini loyihalashni ko‘rib chiqamiz. Oxirgi yillarda chop etilgan malumotlarga qaraganda, xozirga paytda dunyodaga neft zaxiralari 100 mln tonna deb baxolanmoqda. Shundan Saudiya Arabistoni 25,3%, Iroq 9,9%, Birlashgan Arab Amirligi 9,6%, Quvayt 9,4%, Venesuyela 5,8%, MDH 5,8% va Meksika 5,6% neft zaxiralariga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |