7. Atrof muxitni muxofaza qilish.
FVDT xududiy quyi tizimlarining vazifalari, ularni tashkil yetish, kuch va vositalari tarkibi, faoliyat ko‘rsatish tartibi mahalliy geofizik va tabiiy, iqlim sharoitlarini, kuchli xavfli ob’ektlarning mavjudligini hisobga olib belgilanadi hamda FVV bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi. FVDTning funksional quyi tizimlari vazirliklar, davlat qo‘mitalari, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar va kompaniya-larda atrof muhitni, kuchli xavfli ob’ektlar holatini kuzatish va nazorat qilishni amalga oshirish, shuningdek ularga qarash ob’ektlarda o‘zlarning ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda bartaraf yetish uchun tashkil yetiladi. FVDT rahbar organlariga aholi va xududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish masalalarini hal yetish vakolatiga davlat boshqaruvi, mahalliy xokimiyat organlari va ob’ektlar ma’muriyatidir, jumladan respublika darajasida O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligi, xavfli ob’ektlar holatini kuzatishni nazorat qilish uchun, vazirliklar, idoralar, mahalliy miqyosida xududiy hokimliklar, ob’ektlar miqyosida korxonalarning ma’muriyati mutasaddi hisoblanadi. Respublika darajasidagi FVDT boshqaruv organlarining asosiy vazifasi quyidagilardan iborat:
tabiiy favqulodda vaziyatlar oqibatlarini imkoni boricha pasaytiruvchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish, FV sharoitida xalq-xo‘jalik tarmoqlarining barqaror faoliyat ko‘rsatishlarini ta’minlash;
aholi va xududlarni FV lardan muhofaza qilish sohasida Respublika maqsadli va ilmiy-texnik dasturlarni ishlab chiqishda qatnashish;respublika markazlashtirilgan habar berish tizimini yaratish va uni doimiy tayyor holda saqlash;
atrof-muhit hamda kuchli xavfli ob’ektlarning holatini kuzatish va nazorat qilish tizimini tashkil yetish, FVlarni bashoratlash;
boshqaruv organlari, FVDT kuchlari va vositalarining FVlarda harakat qilishga tayyorgarligini ta’minlash;
avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni, shu jumladan, yevakuatsiya ishlarini o‘tkazishga oid tadbirlarning bajarilishini ta’minlash, zarar ko‘rgan aholi uchun hayot sharoitini yaratish;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf yetish uchun Respublika moliyaviy va moddiy resurslar zahirasini yaratish;
FVlardan zarar ko‘rgan aholini ijtimoiy muhofaza qilishga oid tadbirlarni amlga oshirishda qatnashish;
favqulodda vaziyatlarda idoraga qarashli ob’ektlarning rahbarlari tarkibi, kuch va vositalarini, shuningdek xodimlarini tayyorlashni muvofiqlashtirish va boshqa omillarni bajarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |