Drayverlar - Bu dasturlar operasion sistemaning kompyuter kiritish va chiqarish qurilmalarini boshqarish imkoniyatlarini kengaytiradi. Drayverlar orqali kompyuterga qo`shimcha qurilmalar qo`shish imkoni bo`ladi.
Qobiq dasturlar. Qobiq dasturlar sistemali dasturlarning taniqli sinfini tashkil etadi. Ular foydalanuvchilarni MS DOS komandalariga qaraganda juda qulay va sodda muloqot tartibi bilan ta`minlaydi. Кo`pgina foydalanuvchilar bunday dasturlarga shunchalik o`rganib qolishadiki, ular bu dasturlarsiz kompyuterda ishlay olmay qoladilar. Bunday dasturlarning qulaylik tomoni shundaki, foydalanuvchi har bir ish jarayonida amalga oshirilayotgan komanda va buyruqlar xaqida yordam va ko`rsatma olib turishi mumkin bo`ladi.
Bunday dasturlarga Norton komandalarini, PC TOLS dasturini misol qilib keltirish mumkin.
Yordamchi dasturlar (o`tilitlar). Sistemali dasturlar tarkibiga utilitlar deb ataluvchi yordamchi dasturlar ham kiradi. Masalan: Norton utilitlari PCTooLS utilitlari. Diskdagi axborotlarni siqib kichik xajmli axborot shaklida diskka yozish uchun xizmat qiluvchi o`rab yozish dasturlari. Bu dasturlar ma`lum fayllar guruxini arxivda saqlashda va kompyuter xotira xajmini kengaytirishda ishlataladi.
Disklardan optimal foydalanish dasturi-diskdagi axborotlarni optimal joylashtirish hisobiga ma`lumotlarga juda tez kirish imkonini beradi.
Кompyuterda yuzlab amaliy dasturlar mavjud bo`lsa ham foydalanuvchi ayrim masalalarni bu dasturlar orqali xal qila olmasligi mumkin. Bunday xolatda dasturlash sistemalariga ya`ni yangi dasturlar yaratish sistemalariga murojaat qilish lozim bo`ladi.
Xozirgi programmalashtirish sistemalari kompyuterlar va foydalanuvchilar uchun yangi dasturlar tuzishda kuchli va qulay vositadir. Ularga quyidagilar kiradi:
kompilyator algoritmik tilda tuzilgan dasturni mashina tiliga o`giradi.
interpretator algoritmik tilda tuzilgan dasturni to`g`ridan to`g`ri bajarishga jo`natadi.
podprogrammalar kutubxonasi oldindan tayyorlangan standart programmalardir.
har xil yordamchi programmalar masalan dasturlarning xatolarini ko`rsatib beruvchi dasturlar.
Foydalanilgan adabiyotlar:
I.A. Кarimov Dexqonchilik taraqqiyoti – farovonlik manbai, T, 1994
Ta`lim to`g`risidagi qonun. Кadrlar tayyorlash milliy dasturi, T., 1997.
Informatika. Pod redaksiey professora N.M,Makarovoy M., «Finansi i statistika» 1997
V.E. Figurnov IBM PC dlya polzovateley. M., 1990
N.X.Noraliev.,N.Qilichev Informatika, o`quv qo`llanma, 2004 y
Raxmonqulova IBM PC shaxsiy kompyuterlarida ishlash. Sharq NMК-S PRINT. N.,1998
N.X.Noraliev va boshqalar. Informatika va hisoblash texnikasi. T.,1996
A.Abduqodirov EHM, Algoritm, Dastur, T., 1992
M.M.Aripov, J.O`. Muxammadiev Informatika, Informasion texnologiyalar (Oliy o`quv yurtlari uchun darslik).,T.2004
S.S.G`ulomov, A.T.Shermuxamedov, B.A.Begalov «Iqtisodiy informati-ka» Toshkent»Sharq» 2000.
Aripov M. «Informatika», Universitet nashriyoti, 2001.
J.O`. Muxammadiev, D.X.Nazarova. POWER POINT
programasida ishlash. O`quv uslubiy qo`llanma T., 2003
Do'stlaringiz bilan baham: |