Drayverlar - Bu dasturlar operasion sistemaning kompyuter kiritish va chiqarish qurilmalarini boshqarish imkoniyatlarini kengaytiradi. Drayverlar orqali kompyuterga qo`shimcha qurilmalar qo`shish imkoni bo`ladi.
Qobiq dasturlar. Qobiq dasturlar sistemali dasturlarning taniqli sinfini tashkil etadi. Ular foydalanuvchilarni MS DOS komandalariga qaraganda juda qulay va sodda muloqot tartibi bilan ta`minlaydi. Кo`pgina foydalanuvchilar bunday dasturlarga shunchalik o`rganib qolishadiki, ular bu dasturlarsiz kompyuterda ishlay olmay qoladilar. Bunday dasturlarning qulaylik tomoni shundaki, foydalanuvchi har bir ish jarayonida amalga oshirilayotgan komanda va buyruqlar xaqida yordam va ko`rsatma olib turishi mumkin bo`ladi.
Bunday dasturlarga Norton komandalarini, PC TOLS dasturini misol qilib keltirish mumkin.
Yordamchi dasturlar (o`tilitlar). Sistemali dasturlar tarkibiga utilitlar deb ataluvchi yordamchi dasturlar ham kiradi. Masalan: Norton utilitlari PCTooLS utilitlari. Diskdagi axborotlarni siqib kichik xajmli axborot shaklida diskka yozish uchun xizmat qiluvchi o`rab yozish dasturlari. Bu dasturlar ma`lum fayllar guruxini arxivda saqlashda va kompyuter xotira xajmini kengaytirishda ishlataladi.
Disklardan optimal foydalanish dasturi-diskdagi axborotlarni optimal joylashtirish hisobiga ma`lumotlarga juda tez kirish imkonini beradi.
Dinamik siqish (zichlashtirish) dasturi diskda ko`proq ma`lumot saqlash maqsadida ma`lumotlarni zichlashtirilgan xolda fayllarda saqlaydi.
Кompyuterda yuzlab amaliy dasturlar mavjud bo`lsa ham foydalanuvchi ayrim masalalarni bu dasturlar orqali xal qila olmasligi mumkin. Bunday xolatda dasturlash sistemalariga ya`ni yangi dasturlar yaratish sistemalariga murojaat qilish lozim bo`ladi.
Xozirgi programmalashtirish sistemalari kompyuterlar va foydalanuvchilar uchun yangi dasturlar tuzishda kuchli va qulay vositadir. Ularga quyidagilar kiradi:
kompilyator algoritmik tilda tuzilgan dasturni mashina tiliga o`giradi.
interpretator algoritmik tilda tuzilgan dasturni to`g`ridan to`g`ri bajarishga jo`natadi.
podprogrammalar kutubxonasi oldindan tayyorlangan standart programmalardir.
har xil yordamchi programmalar masalan dasturlarning xatolarini ko`rsatib beruvchi dasturlar.
Instrumental sistemalari uchun ko`pgina programmalashtirish tillari mavjud. BASIC; PASКAL; SI *ADA , PL-1 va boshqa tillar.
Tizimli dasturlar bu kompyuter ishini boshqaruvchi va har xil yordamchi amallarni bajaruvchi dasturlar.
Masalan: fayllar ustidan har xil amallar bajarish (kayta nomlash, yaratish, uchirish, nusxasini olish, xajmini o’zgartirish), diksni tozalash va tekshirish, kompyuterni sozlash ( tashki kurilmalar ishini boshqarish). Tizimli dasturlar ichida 4 dasturlar guruhlari ajratilib turadi. Bular: operatsion tizimlar (tizimlar), utilita dasturlar, drayver dasturlar va qobiq dasturlar.
2) Amaliy dasturlar. Amaliy dasturlar bu ma‘lumotlar bilan ish jarayonida foydalanadigan dasturlar.
Masalan: matn ma‘lumotlarni yaratish va taxrirlash, rasm va tasvir ma‘lumotlarni yaratish yoki uzgartirish, malumotlar ombori bilan ishlash, musika va video ma‘lumotlarni kurib chikish va taxrirlash.
Amaliy dasturlar foydalangan ma‘lumotlar turiga ko’ra guruhlanadi: matn muharrirlari (Word, Lexicon, WD, Notepad, Write va xokazo), rasm va tasvir muharirlari, rasm va tasvirlarni ko’rsatuvchi dasturlar (Corel, Adobe Photoshop, Imaging, ACDSee, Paint vaxokazo), musika va video muharrirlari, musika va video ko’rsatuvchi dasturlar (Adobe Premier, Winamp, universal proigrovatel va xokazo), jadvallar muharriri (Lotus, Excel va xokazo), ma‘lumotlar ombori bilan ishlovchi dasturlar (Access, Dbase, FoxPro va xokazo), uyin dasturlari, urgatuvchi dasturlar, bugalteriya va moliya dasturlar, va boshqalar.
3) Dasturlashtirish muhiti (yoki instrumental dasturlar). Instumental dasturlar bu yangi dasturlar yaratuvchi dasturlar tizimlari.
Instrumental dasturlaga maxsus dasturlash tillari bilan ishlaydigan dasturlar tizimlari kiradi. Ular dasturlash tiliga ko’ra farqlanadi: S, Basic, C++, Delphi, va boshqalar. Bu dasturlar tizimlar o’ziga bir nechta dasturni jamlagan bo’lib bular: dasturlash tili muharriri, translyator, komplyator va boshqa yordamchi dasturlar.
Bundan tashkari hamma dasturlar pulli, bepul va qisman pulli bo’lishi mumkin. Masalan: drayverlar asosan bepul yoki qisman pulli bo’ladi, mashxur bulmagan firmalar dasturlari ham bepul yoki qisman pulli bo’ladi, taniqli firmaning maxsuloti esa pulli. Bepul dasturlar asosan imkoniyatlari kiskartirilgan holda bo’ladi.
Oxirga paytlar “o’g’rilangan” nusxa dasturlar ham juda ko’p tarqalgan. Shuning uchun dasturlarni pirat va original nusxa turlariga bulish ham mumkin. Pirat dasturi original dasturga karaganda juda arzon bo’ladi, leykin bu dasturlarga xech qanday kafolat berilmaydi. Shuning uchun katta firma va korxonalar, banklar va davlat idoralari fakat original dasturlardan foydalanadi.
Har bitta dastur uzining nomeriga ega. Bu nomer versiya deb nomlanadi. Versiyalar asosan rakamlar bilan quyiladi va oxirgi paytlarda, dastur chikkan yili bo’yicha quyiladi. Masalan Windows 95 yeki Windows 98 yoki Windows 2000. Har bitta yangi versiyali dastur, oldingi versiyalardan qulayliklar va imkoniyatlari ko’p bo’lgani bilan yoki kompyuterga talablari o’zgargani bilan farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |