“Kompyuterlarning dasturiy ta’minoti. Windows operatsion tizimida ishlash asoslari. Kompyuterda axborotlarni saqlash va himoyalash vositalari”



Download 97,16 Kb.
bet1/3
Sana14.06.2022
Hajmi97,16 Kb.
#670170
  1   2   3
Bog'liq
3 mustaqil ish amaliyot


“Kompyuterlarning dasturiy ta’minoti. Windows operatsion tizimida ishlash asoslari. Kompyuterda axborotlarni saqlash va himoyalash vositalari”
Dasturiy ta’minot kompyuterning ikkinchi muhim qisimi bo’lib, u ma’lumotlarga ishlov beruvchi dasturlar majmuasini va kompyuterni ishlatish uchun zarur bo’lgan hujjatlarni o’z ichiga oladi. Dasturiy ta’minotsiz har qanday kompyuter bamisoli bir parcha temirga aylanib qoladi.
Kompyuterning apparat va dasturiy ta’minoti orasidagi bog’lanish qanday amalgam oshiriladi? Avvalo ular orasidagi bog’lanish interfeys deb atalishini bilib olishimiz lozim. Kompyuterning turli texnik qismlari orasidagi o’zaro bog’lanish ─ bu, apparat interfeysi, dasturlar orasidagi o’zaro bog’lanish esa ─ dasturiy interfeys, apparat qismlari va dasturlar orasidagi o’zaro bog’lanish ─ apparat ─ dasturiy interfeys deyiladi.
Shaxsiy kompyuterlar haqida gap ketganda kompyuter tizimi bilan ishlashda uchinchi ishtirokchini, ya’ni insonni (foydalanuvchini) ham nazarda tutish lozim. Inson kompyuterning ham apparat, ham dasturiy vositalari bilan muloqotda bo’ladi. Insonning dastur bilan va dasturni inson bilan o’zaro muloqoti ─ foydalanuvchi interfeys deyiladi.
Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari ─ yangi dasturlarni ishlab chiqish jarayonida qo’llaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat vositalardir. Bu vositalar dasturchining uskunaviy vositalari bo’lib xizmat qiladi, ya’ni ular dasturlarni ishlab chiqish (shu jumladan, avtomatik ravishda ham), saqlash va joriy etishga mo’ljallangan.
Sistemaviy dasturiy ta’minot (System software) ─ kompyuterning va kompyuter tarmoqlarining ishini ta’minlovchi dasturlar majmuasidir.
Amaliy dasturiy ta’minot (Aplication program package) ─ bu aniq bir predmet sohasi bo’yicha ma’lum bir masalalar sinfini mo’ljallangan dasturlar majmuasidir.
Komyuterning dasturiy ta’minoti orasida eng ko’p qo’llaniladigani amaliy dasturiy ta’minot (АДТ) dir. Bunga asosiy sabab ─ kompyuterlar-
dan inson faoliyatining barcha sohalarida keng foydalanishi, turli predmet sohalarida avtomatlashtirilgan tizimlarning yaratilishi va qo’llanilishidir.
Amaliy dasturiy ta’minotni quyidagicha tasniflash mumkin.
Muammoga yo’naltirilgan АДТ ga quyidagilar kiradi:
─ bugalteriya uchun ДТ;
─ personalni boshqarish ДТ;
─ jarayonlarni boshqarish ДТ;
─ bank axborot tizimlari va boshqalar.
Umumiy maqsadli АДТ ─ soha mutaxassisi bo’lgan foydalanuvchi axborot texnologiyasini qo’llaganda uning ishiga yordam beruvchi ko’plab dasturlarni o’z ichiga oladi. Bular:
─ kompyuterlarda ma’lumotlar bazasini tashkil etish va saqlashni ta’minlovchi ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (МББТ);
─ matnli hujjatlarni avtomatik ravishda bichimlashtiruvchi, ularni tegishli holatda rasmiylashtiruvchi va chop etuvchi matn muxarrirlari;
─ grafik muxarrirlar;
─ hisoblashlar uchun qulay muhitni ta’minlovchi elektron jadvallar;
taqdimot qilish vositalari, ayni tasvirlar hosil qilish, ularni ekranda namoyish etish, slaydlar, animatsiya, filmlar tayyorlashga mo’ljallangan maxsus dasturlar.
Ofis АДТ idora faoliyatini tashkiliy boshqarishni ta’minlovchi dasturlarni o’z ichiga oladi. Ularga quyidagilar kiradi:
rejalovchi yoki organayzerlar, ya’ni ish vaqtini rejalashtiruvchi, uchrashuvlar bayonnomalarini, jadvallarni tuzuvchi, telefon va yozuv kitoblarini olib boruvchi dasturlar;
tarjimon dasturlar, ya’ni berilgan boshlang’ich matnni ko’rsatilgan tilga tarjima qilishga mo’ljallangan dasturlar;
─ skaner yordamida o’qilgan axborotni tanib oluvchi va matnli ifodaga binoan o’zgartiruvchi dasturiy vositalar;
─ tarmoqdagi uzoq masofada joylashgan abonent bilan foydalanuvchi orasidagi o’zaro muloqotni tashkil etuvchi kommunikatsion dasturlar.
Kichik nashriyot tizimlari “kompyuterli nashriyot faoliyati” axborot texnologiyasini ta’minlaydi, matnni bichim solish va tahrirlash, avtomatik ravishda betlarga ajratish, xat boshlarini yaratish, rangli grafikani matn orasiga qo’yish va hokazolarni bajaradi.
Multimedia dasturiy vositalari dasturiy mahsulotlarning nisbatan yangi sinfi hisoblanadi. U ma’lumotlarni qayta ishlash muhitining o’zgarishi, lazerli disklarning paydo bo’lishi, ma’lumotlarning tarmoqli texnalogiyasining rivojlanishi natijasida shakllandi.
Sun’iy intellekt tizimlari. Bu sohadagi izlanishlarni to’rt yo’nalishga bo’lish mumkin:
─ ijodiy jarayonlarni imitatsiya qiluvchi tizimlar.Ushbu yo’nalish kompyuterda o’yinlarni (shaxmat, shashka va h.k) avtomatik tarjima qilishni va boshqalarni amalga oshiradigan dasturiy ta’minotni yaratish bilan shug’ullanadi.
─ Bilimlarga asoslangan intelektual tizimlar .
yaratilishi hisoblanadi. Shu tufayli sun’iy intellekt tizimlarini ma’lum va kichik sohalarning eksperti sifatida tan olinishi va qo’llanishi mumkin.
─ EHM larning yangi arxitekturasini yaratish.
Bu yo’nalish sun’iy tafakkur mashinalari (beshinchi avlod EHM lari)ni yaratish muammolarini o’rganadi.
─ Intelektual robotlar.
Kompyuter axborotni qayta ishlashi uchun unga ishini qanday va qay tartibda bajarishini aniq va ravshan ko’rsatish lozim bo’ladi.Bu kabi “tushuntirish” dastur ko’rinishida amalgam oshirilib,u axborotni qayta ishlash uchun zarur bo’lgan barcha amallarni keraklicha to’liq va ravshan ko’rsatadi.
Kompyuterning dasturiy ta’minoti- bu kompyuterda ishlatiladigan dasturlar majmuasidir.
Dasturli ta’minot kompyuterni boshqarishdan tashqari axborotni to’plash,qayta ishlash, saqlash va uzatish bilan bog’liq barcha amal- larning bajarilishini ta’minlaydi.
Zamonaviy kompyuterning dasturli ta’minoti ancha katta hajmli va turli-tuman bo’lgani sababli,uning asosiy qismi tezkor xotirada saqlanadi.
Operatsion sistemaning asosiy vazifasi kompyuter ishlashini boshqarish,shu jumladan amaliy va sistemali boshqarish dasturlarini bajarishni o’z ichiga oladi.U kompyuterning tezkor xotirasida joylashgan bo’ladi.Operatsion sistemalar kompyuter xiliga bog’liq bo’lib,bir turdagi kompyuterning operatsion sistemasi boshqa turdagi kompyuterlarga mos kelmasligi mumkin.Sistemali boshqarish dasturlari kompyuterning turli holatlarda ishlashini ta’minlaydi.Bu dasturlarning assiylari tezkor xotirada,qolganlari tashqi xotirada joylashgan bo’ladi.Sistemali dasturlarga “Yo’lboshlagich” (Проводник) ni misol qilib olish mumkin.Bundan tashqari dasturlarni sistemali ravishda ishini boshqaradigan “Total Commander” (Total Komander) dasturi foydalanuvhchilarga keng imkoniyatlar yaratgan.
Amaliy dasturlar axborotni qayta ishlashda qo’llaniladi.Ular opertsion sistema va sistemali dasturlarga qaraganda ko’proq joyni egallaydi.Amaliy dasturlar odatda tashqi xotirada saqlanadi.Bu dasturlar ijrochi buyurtmasiga ko’ra dasturchilar tomonidan tayyorlanadi.Hozirgi vaqtda insonga dastur tuzishga yordam beruvchi bir necha dasturlash tillari mavjud.Dasturlash tillari,qo’llanishi bo’yicha,asosan ikki xil,ya’ni ma’lumturdagi kompyuterga mo’ljallangan yoki ma’lum bir toifadagi masalani hal qilishga mo’ljallangan bo’ladi.Hozirda keng tarqalgan dasturlash tillariga quyidagilar misol bo’ladi:
ALGOL (Algoritmic Language-“Algoritmik til”)-turli sohadagi masalalarni hal etishda qo’llaniladi;
FORTRAN (Formula Translator-“Formula tarjimoni” ) – asosan ilmiy masalalarni hal etishga mo’ljallangan;
COBOL (Common Business Oriented Language- “Iqtisodiy masalalarni hal etishga qaratilgan til”)-asosan iqtisodiy masalalarni hal etishga mo’ljallangan;
BASIC ( Beginners All-purpose Symbolie Instruction Code-boshlovchilar uchun mo’ljallangan ko’p maqsadli,belgili ko’rsatmalar tili)- turli xil masalalarni hal qilishda qo’llaniladi;
PASCAL (Blez Paskal sharafiga qo’yilgan)-turli xil masalalarni yechishga mo’ljallangan.
Dasturiy taʼminot yoki SOFTWARE bu Komputerda maʼlum bir turdagi vazifani bajarish uchun ishlab chiqilgan vositadir. Aynan shu dasturiy taminotgina Komputer — „quruq temir“ degan atamani yoʻqqa chiqargan. Dasturiy vositalar Komputer tomonidan qoʻllaniladigan barcha dasturlar toʻplamidir. Ingiliz tilida bu atama SOFTWARE yaʼni „soft“-yumshoq, „ware“-"mahsulot" degan maʼnoni bildiradi. Dasturiy taʼmonot 3 guruhga boʻlinadi: 1-Sistema dasturlari (unga turli yordamchi vazifalarni bajaruvchi dasturlar kiradi: Task Manager (Windows OSda mavjut)), 2-Amaliy (unga foydalanuvchiga aniq bir foydalanish sohasida maʼlumotlarga ishlov berish va qayta ishlashni amalga oshiruvchi dasturlar, masalan : Microsoft Office, Adobe CC), 3-Uskunaviy dasturlar (bular dasturlash uchun ishlatiladigan dasturlar)
Bu operatsion sistemaning nomi «Darcha» so`zining inglizcha aytilishi bo`lib, kompyuter ishini har tomonlama boshqarish uchun xizmat qiladi. Lekin bir qancha operatsion sistemalar ishlab chiqilgani va xayotga tatbiq etilganiga qaramay faqatgina ushbu operatsion sistema keng tarqaldi va katta muvaffaqiyatga erishdi. Nega bunday bo`lgani xaqida nimalar deya olasiz? Ushbu operatsion sistemaning qanday xususiyatlari mavjudki u juda xam ommabop va qulay? Bu savollarga javob topishda Siz uni MS DOS imkoniyatlari bilan solishtirishingiz mumkin. Bu muammoni xal qilib bo`lganingizdan so`ng quyidagi ma’lumotlar
bilan tanishishingiz mumkin bo`ladi. WINDOWS muhiti foydalanuvchi uchun qulay bo`lgan ko`pgina imkoniyatlarga ega bo`lgan programmadir. U MS DOS imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi. WINDOWS muhitida ishlash natijasida foydalanuvchi ko`pgina qulayliklarga ega bo`ladi. Bunda fayl va kataloglarning nusxasini olish, ko`chirish, qayta nomlash, o`chirish va hokazo amallar tezda va yaqqol bajariladi. Shu bilan birga bir paytning o`zida bir necha katalog bilan ishlash imkoniyatiga ega. Bu programma bir paytning o`zida bir necha masalalarni yechish, ixtiyoriy printer va displey bilan MS DOS programmalari bilan ishlash qobiliyatiga ega.

Download 97,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish