II. Mustaqil ishlar va vazifalar 1. Talabalar o`z tushunchalarini daftarlariga qayd etadilar.
2.Macromedia Flash animatsiyalari va kliplari va shakl o’zgartirish, qatlamlar bilan ishlash, ovoz qo’yishni o`rganish, amalda bajarish.
III. Pedagogik texnologiyalarini qo‘llash Sinkveyn Sinkveyn – bu ma'lum qoidalarga asosan tuzilgan 5 ta satrdan iborat bo‘lgan she'rdir. 1 satr – mavzu nomi 2 satr – bu mavzuni ikkita sifat bilan aniqlash 3 satr – bumavzu doirasidagi faoliyatni ko‘rsatuvchi 3 ta fe'l 4 satr – muallifning mavzuga munosabatini bildiruvchi 4 ta so‘zdan iborat bo‘lgan jumla 5 satr – mavzu yakuni, ixtiyoriy so‘z bo‘laklarida ifodalangan birinchi so‘z sinonimi. Sinkveyn tuzish ijodiy tafakkurni rivojlantirish, o‘rganilayotgan mavzuga o‘z munosabatini bildirish, u yoki bu nuqtai nazar to‘g‘risida aniq tasavvur shakllanishiga imkon yaratadi. Nazorat uchun savollar 1. Macromedia Flash animatsiyalar qanday amalga oshiriladi?
2. Ovoz qo’yish qanday amalga oshiriladi?
3. Qatlamlar bilan ishlashni tushuntirib bering?
4. Shakl o’zgartirish qanday amalga oshiriladi?
Amaliy mashg’ulot №9 MAVZU: WEB SOFT COURSE LAB INSTRUMENTLARI ISHCHI PANELI BILAN TANISHISH Ishdan maqsad: Web Soft Course dasturini o`rganish, uning imkoniyatlari bilan tanish va ularda o`quv qo`llanmalarni yaratishni o`rganish
I. Nazariy qism: Hozirgi vaqtda mulytimediali elektron resurslar yaratish uchun juda ko’plab dasturiy ta’minotlar mavjud. Shulardan eng qulay hisoblanuvchi dasturiy ta’minot bu “CourseLab”dasturiy ta’minoti hisoblanadi. CourseLab-elektron o’quv kurslari tahrirlagichi . Boshlang’ich shartlar: CourseLab-bu kuchli va shu bilan birga foydalanishda oddiy bo’lgan, internet tarmog’ida, masofaviy ta’lim tizimida, kompakt-disk yoki boshqa har qanday tashuvchida foydalanishga mo’ljallangan interaktiv o’quv materiallari(elektron kurslar) ni yaratish vositasi (instrumenti)dir. CourseLabning xossalari: · WYSIWYG-doirasida o’quv materiallarini yaratish va tahrirlash, nima ko’rinsa , natijada shunga ega bo’linadi;
· O’quv materiali avtoridan HTML yoki qandaydir bir dasturlash tili bilishni talab qilmaydi;
· Ob’ektli yondoshish - amalda har qanday murakkab bo’lgan o’quv materiallarini bolalar kubiklaridek oson tuzishga imkon yaratadi;
· Stsenariylardan foydalanish murakkab ko’pob’ektli o’zaro bog’liqliklarni ancha soddalashtirish imkonini beradi;
· Mexanizm o’z ichiga test tuzishni ham oladi;
· Foydalanuvchi tomonidan yaratilgan ochiq kodli interfeys va shablonlar kutubxonasini oson kengaytirishga imkon beradi;
· Kursga Macromedia® G’lash®, Shockwave®, Java®, turli xil formatdagi videolardan iborat bo’lgan har qanday Rich-mediani kiritish imkoniyati borligi;
· Tovushni baravar birga olib borilishini kiritish va sinxronizatsiyalash oddiy mexanizmlari borligi;
· Microsoft® PowerPoint® formatidagi taqdimotli o’quv materialini import qilish imkoniyati;
· Harakatlarni tavsiflashning oddiy tili;
· Tahrirlagich tajribali foydalanuvchiga to’g’ridan-to’g’ri JavaScriptning qo’shimcha imkoniyatlaridan foydalanishni taqdim qiladi;
· Elektron o’quv kurslarini namoyish qilishda JavaScriptni mavjud bo’lishini talab qilmaydi.
Websoft CourseLab masofaviy ta’limda qanday o’rin egallaydi? Elektron o’quv kursi boshdan oxirigacha Websoft CourseLab tahrirlagichida ishlab chiqilishi mumkin. Tayyor o’quv kursi kursning tuzilmasi haqidagi ma’lumotlar saqlanadigan maxsus fayllar yaratish yordamida masofaviy ta’lim tizimiga import qilinishi mumkin.