4.3. Flesh-xotira bilan ishlash: ma'lumot yozish, ochish, ko'chirish, o'chirish
Oxirgi yillarda oddiy disketa va kompakt disklar o'rniga ma'lumot saqlash va ko'chirish uchun yangi vosita - Flash xotiradan keng foydalanilib kelmoqda. Uning dastlabki hajmi 8 yoki 16 Mb ni tashkil etgan bo'lsa, hozirgi paytda 128 Mb, 256 Mb, 512 Mb, 1 Gb, 2 Gb, 4 Gb va 8 Gb hajmga ega bo'lgan turlari ishlab chiqarildi.
Flash-xotira bu energiya talab qilmaydigan, qayta yoziladigan yarim o'tkazgichli xotira. Flash-xotira quyidagi afzalliklarga ega:
- Energiya manbaiga bog'langan emas - ma'lumotni saqlash uchun energiya talab qilmaydi(faqat o'qish yoki yozishda ishlatiladi);
- qayta yozish - ma'lumotlarni o'chirib, qayta yozish mumkin;
- yarim o'tkazgich - mexanik harakatlanuvchi qismlari yo'q, integral mikrosxema asosida qurilgan.
- HDD, CD, DVD-larga nisbatan ishlayotgan paytida 10-20 marta kam elektr energiya iste'mol qiladi;
- olib yurish uchun juda qulay;
- hajmi yetarli darajada katta.
Flash-xotiradan foydalanish uchun kompyuterda USB porti mavjud bo'lishi kerak. Bundan tashqari USB bog'lamiga ulangan qurilmalarni to'g'ri aniqlaydigan operasion sistema ham bo'lishi kerak: Windows ME, Windows 2000, Windows XP.
Flash-xotirani ochish uchun quyidagilarni bajaring:
- Sistema blokining orqasida bo'sh USB portini toping va unga Flash-xotirani kiriting.
- Natijada Flash-xotira korpusida mavjud indikator yonadi va operasion sistema uni aniqlashni boshlaydi.
- Agar Flash-xotiraga ma'lumot yozilgan bo'lsa xuddi CD/DVD disklarni ochgandek, operasion sistema uning mazmunini aniqlashga kirishadi.
- Agar Flash-xotira ishlash tezligi USB 2.0 standartida bo'lib, u USB 1.1 standartidagi portga ulangan bo'lsa, Windows operasion sistemasi tegishli ma'lumotni chiqaradi:
- USB 1.1 standarti ma'lumot almashishning 12 Mbit/sek tezligini ta'minlaydi, USB 2.0 da esa bu ko'rsatkich 480 Mbit/sek teng bo'ladi, ya'ni 40 baravar katta.
Flash-xotiradan kompyuterga ma'lumot yozish uchun:
- kerakli fayl yoki katalogni tanlab, sichqonning o'ng tugmasini bosish kerak;
- hosil bo'lgan kontekst menyudan Kopirovat (Nusxa olish) farmoishini tanlash kerak;
- ma'lumot yozilishi kerak bo'lgan katalog yoki diskni ochib, sichqonning o'ng tugmasini bosish kerak;
- hosil bo'lgan kontekst menyudan Vstavit (Joylash) buyrug'ini tanlash kerak.
Kompyuterdan Flash-xotiraga ma'lumot yozish uchun:
- kerakli fayl yoki katalogni tanlab sichqonning o'ng tugmasini bosish kerak;
- hosil bo'lgan kontekst menyudan Otpravit (J?natish) buyrug'ini tanlash kerak;
- Menyudan S'emniy disk (Ajraladigan disk)ni tanlash kerak;
- Natijada ko'rsatilgan ma'lumot Flash-xotiraga yoziladi.
Flash-xotiradan foydalanish davomida unga USB bog'lami orqali 5 Volt elektr energiya uzatiladi. Uni ishlayotganligi yoki ishlamayotganligini undagi indikator bo'yicha tekshirish mumkin bo'ladi.
Agarda chiroq (indikator) yongan bo'lsa, demak Flash-xotira ishlayapti. Agarda Flash-xotiraga elektr ta'minot uzatilayotganida uni USB portidan chiqarsak, u ishdan chiqishi ehtimoli mavjud.
Flash-xotirani kompyuterdan bexavotir ajratib olish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
- Windows ish stolining o'ng pastki qismida indikatorga sichqon ko'rsatkichini olib kelib, chap tugmani qo'sh cherting.
- Natijada qurilmani xavfsiz chiqarish muloqot oynasi hosil bo'ladi:
- Mazkur oynada Otklyuchit (Ajratish) tugmasini bosib, yangi oynada qurilmani ko'rsatib, OK tugmasini bosish kerak.
- Bundan keyin Windows operasion sistemasi tegishli ma'lumot beradi:
- Buning natijasida Flash-xotiraga uzatilayotgan elektr energiya o'chiriladi va ungi xavfsiz USB portidan chiqarish mumkin.
Flash-xotira qurilmalarini bir nechta firmalar ishlab chiqaradilar. Ulardan keng tarqalganlari:
Kingston, PQI, LG, GenX, SanDisk, TwinMos va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |