Kompyuter va uning qurilmalari. Dasturiy ta’minot



Download 17,68 Kb.
Sana18.04.2022
Hajmi17,68 Kb.
#560330
Bog'liq
4-mavzu Kompyuter va uning qurilmalari


Kompyuter va uning qurilmalari. Dasturiy ta’minot

Kompyuterlar, odatda bir necha bloklardan iborat bo’ladi va ularning tarkibiga quyidagi uch blok: 1) sistema bloki; 2) monitor; 3) klaviatura va sichqon kiradi.


Ulardan asosiysi sistema bloki (yoki sistemali blok) bo’lib, unga o’rnatilgan uskanalar birgalikda kompyuterni tashkil etadi va uning ichiga qaysi rusumga tegishli uskunalar o’rnatilganiga qarab kompyuter rusumlar (masalan, Pentium III yoki Pentium IV va hokazo) ga ajralatiladi. Boshqa qurilmalarning barchasi sistema blokiga ulanadi.
Kompyuter qanchalik kuchli bo’lmasin, unda qanchalik ko’p ma’lumot saqlanmasin, ma’lumotlarni foydalanuvchi uchun qulay ko’rinishda ko’rsatib berilmasa, bunday kompyuter dengiz tubidagi hazinaga o’xshab qoladi va undan hech qanday naf bo’lmaydi. Ma’lumotlarni tasvirlab berish uchun monitor xizmat qiladi.
Тashqi ko’rinishi va ishlash prinsipiga ko’ra, monitor oddiy televizorga o’xshab ketadi, undan farqli ravishda teleko’rsatuvlarni qabul qiluvchi radiokanali bo’lmaydi. Тelevizorga videomagnitofon ulash mumkin bo’lganidek, monitorga kompyuter ulanadi. Kompyuter monitoridagi tasvir televizor ekranidagi tasvirdan ancha sifatli bo’lib, monitor bilan bir necha soat ishlash ham foydalanuvchini toliqtirmaydi.
Monitor ekranidagi tasvirlar piksel (nuqta) lar to’plamidan iborat bo’lib, bu nuqtalarni tez almashtirilganda (sekundiga 50 marta va undan ko’proq) inson ko’zi tomonidan jonli harakat ko’rinishida qabul qilinadi. Monitor ekranida tasvir 640Х480 (640 ta satrning har birida 480 tadan nuqta), 800Х600, 1024Х768, 1280Х1024 kabi zichlikda bo’lishi mumkin. Ulardan dastlabkisi deyarli ishlatilmaydi va ba’zi bir «qadimgi», 5-10 yil oldin ishlab chiqilgan dasturlarda saqlanib qolgan.

Kompyuter - bu turli hajmdagi, har xil ko’rinishdagi axborotlarni tezlik bilan ishlab berishni ta’minlovchi universal avtomatik qurilmadir.

Noutbuk va netbuklar.
Noutbuk – mobil ixcham shaxsiy kompyuter. Uning asosiy qismi va monitori birlashgan holda bo’ladi. Bunday kompyuterlarning ko’pchiligi deyarli standart klaviaturaga, kompyuter grafikasi vositalariga ega. Bunday kompyuterlar unchalik katta bo’lmagan qattiq disklar yoki optik disklar bilan ishlaydi.
Netbuk - Internetdan foydalanish va ofis dasturlari bilan ishlash uchun mo’ljallangan kichik noutbukdir. Netbuklar ixcham o’lchamlari, kichik vazni, kam energiya iste’moli va nisbatan arzon narxlari bilan ajralib turadi.

Sichqoncha, klaviatura, monitor va ularning vazifalari.
Sichqoncha (ingl. mouse – sichqon) ma’lumot kiritish qurilmasi bo’lib, biror tekislik bo’ylab harakatlantirilganda tagidagi lazer nuri harakat haqidagi ma’lumotni kompyuterga uzatadi va ekrandagi ko’rsatkich (kursor) mos yo’nalishlarda harakatlanadi. Sichqonchaning tugmalari yordamida kompyuterga biror buyruq berish, undagi dasturlar va jarayonlarni ishga tushirish hamda hujjatlarni ochish mumkin.
Klaviatura (ingl. keyboard) muayyan qurilmani boshqarish yoki axborotni kiritish uchun mo’ljallangan tugmalar (klavishalar) to’plamidan iborat bo’lgan qurilma yoki ekrandagi tasvir. Тexnik va mexanik qurilmalarni (kalkulyator, kompyuter, telefon, kassa apparati) boshqarish uchun alifbo-raqamli klaviaturalar qo’llaniladi. Klaviaturalardagi har bir tugmaga bir yoki bir necha belgi biriktiriladi. Тugma birikmalari klaviaturadan bajariladigan amallarning sonini ko’paytirishga imkon beradi.
Monitor kompyuterning ish jarayonida vujudga keladigan axborotlarni ekranda yoritishga xizmat qiladigan qurilma. Monitor grafik yoki matn holatida ishlashi mumkin. Matn holatida belgi o’rinlari deyiluvchi alohida qismlarga, grafik holatida esa piksel nomli nuqtalarga bo’linadi. Monitordagi piksellarning umumiy miqdori hamda ranglar soni monitorning imkon darajasini (kengligini) belgilaydi.

Videoproyektor va ekran. Proyektorlar va ekranlar ma’lumotlarni yirik o’lchamda tasvirlash uchun ishlatiladigan qurilmalardir. Unda tasvir o’lchami ekranda yirik holatda aks ettiriladi. Bu qurilmalar kompyuter bilan birgalikda foydalanishga mo’ljallangan bo’lib, ko’proq katta auditoriyalarda va zallarda hamda turli majlislarda prezintatsiya va videoroliklarni namoyish qilish uchun ishlatiladi.
Videoproyektor kompyuter va shunga o’xshash namoyish vositalarining alohida qo’shimcha monitori hisoblanib, tasvirlarni yirik hajmda tasvirlash uchun mo’ljallangan.
Dasturiy ta’minot 3 ga bo’linadi:
Sistemali, uskunaviy, amaliy
Download 17,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish