Kompyuter tizimlarini loyihalash va tashkil etish



Download 4,8 Mb.
bet40/68
Sana13.06.2022
Hajmi4,8 Mb.
#662855
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   68
Bog'liq
«Kompyuter tizimlari» kafedrasi S T Kubayev, U I Murtazayeva

Moviy ekran muammosi. Monitor moviy ekrani ko'pincha bir yoki bir necha qurilmalar ishida nosozliklar bo'lganida hamda dasturiy ta'minotda muammolar bo'lganida paydo bo'ladi. Kompyuter qotib qolishidan BIOSning farqi Shk ishlamay qolganida moviy fonda oq rangli matn ko'rinishida ogohlantirishga ulguradi. Ba'zida ekranda umuman o'qib bo'lmaydigan "yozuvsimon shakllarni" ko'rish mumkin. Agar o'chib qolish sabablari to'g'risidagi axborotni o'qib ulgursangiz BIOS bergan axborot qaysi qurilmaga taalluqli ekanligini aniqlashga urinib ko'ring. Agar aniqlay olmasangiz, Internetdagi temirlar to'g'risidagi saytlar forumiga yordam bilan murojaat eting.
Shundan keyin, BIOS tomonidan shikoyat qilingan qurilmani almashtirish yoki test sinovidan o'tkazish bilan ayb qayerda ekanligini aniqlashga harakat qiling. Agar moviy ekran paydo bo'lib, tezda yo'q bo'lsa va Shk qayta yuklana boshlasa, operativ xotira va quvvat blokini tekshiring. Operativ xotirani boshqa kompyuterda tekshirib ko'rish mumkin. Ba'zida kontaktlarni oddiy qalam bilan tozalab keyin spirt bilan artish ham yordam beradi.
O'z-o'zidan qayta yuklanish. Agar ShK o'z-o'zidan qayta yuklanadigan bo'lsa (ayniqsa, ishga tushirilganida yoki murakkab qo'shimchalar ishlash jarayonida), unda birinchi bo'lib, quvvat blokini tekshirib ko'rish zarur bo'ladi. Buni oddiy tajriba usuli bilan - quvvat bloki test sinovi rejimida S&M dasturi ishga tushiriladi. O'z-o'zidan qayta yuklanishning yaxshi ma'lum bo'lgan va jonga tekkan ta'minot blokidagi boshqa sabablardan biri biror-bir joyida kontaktlari yomonligi bo'lishi mumkin. Barcha ulangan qismlarni tekshirib chiqing. Agar kompyuter oldindan hozir qayta yuklanish sodir bo'lishi to'g'risida ogohlantirsa, bundan oldin hech qanday dasturni o'rnatmagan bo'lsangiz va qayta yuklanishni to'xtata olmasangiz, unda bunga zararli Sasser dasturi yoki uning ko'plab sharhlaridan biri sababchi bo'lishi mumkin. Bunday holatda yangi antivirusni takror ishga solish kerak.
ShKning o'z-o'zidan o'chib qolishi. Kompyuterning o'z-o'zidan o'chib qolishida markaziy protsessorning yoki quvvat blokining qizib ketishi eng birinchi sabablardan hisoblanadi. Zamonaviy ona platalar protsessor ma'lum darajada qizib ketganida quvvat manbaidan o'chiradi. O'chirilishi kerak bo'lgan ko'rsatkichlar BIOSda o'rnatiladi. Shunday muammoga duch kelganingizda birinchi navbatda, albatta protsessorni yetarlicha sovitilayotganligiga ishonch hosil qiling. Ba'zi platalarda dasturiy monitoring, ko'rsatkichlarni ba'zan juda oshirib yuborib, ba'zan juda pasaytirib yuborib, aniq ishlamaydi. Bunday holatlarda protsessor kuleri radiatoriga barmoqlarni tekkizib ko'rib (ehtiyot bo'ling - kuyib qolish mumkin!) haroratni aniqlash eng oddiy usul hisoblanadi. Agar barmoqni uzoq vaqt tekkazib turish mumkin bo'lsa, demak, hammasi joyida. Agar uzoq vaqt tekkazib turish mumkin bo'lmasa, kulerning yaxshi o'rnatilganligini tekshirib ko'rishga to'g'ri keladi. Agar kuler to'g'ri o'rnatilgan, biroq uning quvvati yetmayotgan bo'lsa (buni ishlab chiqaruvchi saytidan u qaysi protsessorlar uchun mo'ljallanganligini topib aniq bilib olish mumkin), unda yanada kuchliroq sovutish tizimini o'rnatish haqida o'ylashga to'g'ri keladi. Ko'pincha tizim bloki ichiga chang to'planishi (bu holat yerda turadigan tizim bloklarida ko'p uchraydi), ventilyatori to'xtab qolishi yoki juda issiq yoz kunlari sababli qizib ketish muammosi paydo bo'ladi.
Quvvat manbai bloki qizib ketishi sababini aniqlash ham oson. Birinchi navbatda, ventilyatori ishlayotganligini tekshirib ko'rish zarur. Agar ishlayotgan bo'lsa, haydalayotgan havo harorati qanday? Iliq "shabada" xavf tug'dirmaydi. Issiq havo esa ta'minot bloki ortiqcha yuklama bilan ishlayotganligini bildiradi. Zamonaviy bloklarning ko'pi qizib ketishdan himoyalanish tizimi bilan ta'minlangan. Quvvat elementlari harorati 1000C darajaga yetganida avtomatik tarzda o'chiriladi. Agar shunday muammoga duch kelgan bo'lsangiz, quvvat blokini almashtirishga to'g'ri keladi.
ShK barqarorligini tekshirish uchun S&M eng oddiy dastur hisoblanadi. Xalq orasida unga "sadomaza" deb nom berdilar. S&M yordamida protsessorni kuchli ishlatish va maksimal qizdirish mumkin bo'ladi. Agar test sinovlari jarayonida protsessor qizib ketmasa, demak, sovutish masalasida muammolar yo'q. Qiziqarli tomoni faqat bitta yadrosi qizishini tanlash mumkin. Protsessor yuklamasini 100 foizdan kamga qo'yilganida ish rejimi siklik davriy pulsatsiyaga aylanadi - protsessor va ta'minot bloki quvvat tizimini tekshirish uchun haqiqiy "sado"ga aylanadi. "Quvvat bloki" qismi ham juda qiziqarli. Uni tekshirish paytida dastur faqat xotira bilan protsessorni emas, balki videokartani ham yuklaydi. Ventilyatorlar harorati, quvvati va aylanish tezligining shaxsiy monitoringini birlashtirish ham juda foydali bo'ladi.
Universal dasturlar haqida bir necha fikr bu nosozlikni aniq ko'rsatib beruvchi "mo'jizakor dastur" hozircha mavjud emasligidir. Biroq bu sohada najot yo'li yo'q degani emas. Barcha testlarni navbat bilan ishga solib, kompyuter ishlashini kuzatamiz. Xotiraning o'tkazish qobiliyatini test sinovi bilan tekshirish paytida uzilish sodir bo'lsa birinchi navbatda aynan OZUga e'tiborni qaratish zarurligi aniq bo'ladi. Testlardan tashqari Sandra ShK konfiguratsiyasini yaxshiroq aniqlashga imkon beradi. Agar yordam izlab forumlarga murojaat etishga qaror qilgan bo'lsangiz bunday optsiya juda foydali bo'ladi - bunday holatda albatta o'z tizimingiz tarkibini batafsil ko'rsatish va muammoning o'zini va uning namoyon bo'lishi xususiyatini iloji boricha aniqroq ta'riflash kerak bo'ladi.
Nosozlik sababini aniqlashda ShK ovoz raporti yordam berishi mumkin. Quyida nosozlikni "aniqlash"ga imkon beruvchi BIOSning ovoz kodlari mazmuni keltirilgan.
Asosiy xatolar:
1 ta qisqa. Test jarayoni yaxshi o'tdi.
2 ta qisqa. Operativ xotira ishlashini tekshiring.
3 ta qisqa. OZU birinchi 64 Kbaytida xato. Operativ xotirani boshqa ShKda tekshiring yoki almashtiring.
4 ta qisqa. Tizim taymerida xato. Bu yerda gap ona plata to'g'risida boradi - uning sozligiga ishonch hosil qiling yoki almashtiring.
5 ta qisqa. Protsessorda xato. CPU dagi muammolardan tashqari bu yerda ona platada ham nosozliklar bo'lishi mumkin.
6 ta qisqa. Klaviatura kontrollerida xato. PS/2 porti va klaviaturaning o'zi sozligiga ishonch hosil qiling.
7 ta qisqa. Himoyalangan rejimdagi xato.
8 ta qisqa. Videobuferga yozish - o'qishni tekshirishda xato. Videokartani tekshiring.
9 ta qisqa. ROM BIOS kontrol yig'indisida xato. BIOS mikrosxemasida nosozlik bo'lishi mumkin.
10 ta qisqa. CMOS o'qish-yozishini tekshirishda xato. Ona platani tekshiring.
11 ta qisqa. Kesh-xotirasi xatosi. Protsessorda muammolar mavjud. Uni boshqa ShK da tekshiring. Agar u yaxshi ishlasa unda ona platada muammolar bor.
Uzluksiz qisqa signallar. Kompyuter protsessori ishlaganida qizib ketadi va uning chastotasi BIOS vositalari bilan majburiy pasaytirilgan. Bu yerda sifatli sovutish to'g'risida tashvishlanish kerak. Bular:
1 uzun, 1 qisqa. ona platadagi nosozlik.
1 uzun, 2 qisqa. Videokarta ishlamayapti yoki uning kabellari uzilgan.
1 uzun, 3 qisqa. Monitor ulanmagan (kiritilgan VGA bilan ona platalar uchun).
1 uzun, bir necha qisqa. videokarta xatosi (qisqa signallar soni video BIOS'si versiyasiga bog'liq bo'ladi).
Doimiy takrorlanadigan uzun. OZU xotirasi fatal xatosi.
Uzluksiz signal. Quvvat manbai bloki nosozligi.
BIOS signallari. AWARD BIOS signallari. Signallar yo'q. Quvvat manbai bloki nosoz yoki ona plataga ulanmagan.
Uzluksiz signal. Quvvat manbai bloki ishlamayapti.
1 ta qisqa. Xatolar aniqlanmadi.
2 ta qisqa. Arzimas xatolar aniqlandi. Monitor ekranida CMOS Setup Utility dasturiga kirish va vaziyatni tuzatish taklifi paydo bo'ladi. Qattiq disk va ona plata raz’yomlarida shleyflar mustahkam ulanganligini tekshiring.
3 ta uzun - klaviatura kontrollerida xato. Kompyuterni qayta yuklang.
1 ta uzun, 1 ta qisqa - operativ xotirada muammolar bor.
1 uzun, 2 qisqa. Videokartada muammolar bor - eng ko'p uchraydigan nosozlik. Platani chiqarib olish va qayta qo'yish tavsiya etiladi. Bundan tashqari, monitor ulanishini tekshirib ko'ring.
1 uzun, 3 qisqa. Klaviaturani initsia-lizatsiya qilishda xato yuzaga keldi. Ishonchli ulanganligini tekshirib ko'ring. Agar hammasi joyida bo'lsa, klaviaturani almashtirib ko'ring.
1 uzun, 9 qisqa. Doimiy xotira mikrosxemasidan axborotlarni o'qishda xato yuzaga keldi. Kompyuterni qayta yuklang yoki mikrosxemdagi ma'lumotlarni aniqlang.
1 ta uzun takrorlanadigan. Xotira modullari noto'g'ri o'rnatilgan.
1 ta qisqa takrorlanadigan. Quvvat manbai blokida muammolar mavjud.
Windows operatsion tizimi ishlashini tezlashtirish uchun, yuzaga kelgan muammoni yechish kerak bo’ladi. Dastlab, muammo nimada ekanligini bilib olish lozim. Demak, operatsion tizim ishlashini tezlashtirish uchun, quyidagilarni bajarish lozim.
1. Kompyuter elementlari elektr toki yordamida ishlaydi, bu elementlarning harorati haddan tashqari oshib ketishiga yo’l qo’ymaslik kerak. Bu elementlarga protsessor, vinchester, ko’priklar kiradi. Kompyuter ichini ochib, kullerlarni ishlashini va radiatorlarni joylashuviga ahamiyat bering. Haroratni bilish muhim hisoblanganligi uchun, haroratni biladigan maxsus utilitalar ishlab chiqilgan: EverestHWMonitor. Mening o’ylashimcha protsessor harorati maksimum 50 gradusdan oshmasligi lozim. Haroratning oshishi, elementlarning noto’g’ri ishlashiga olib keladi.
2. Har xil dasturlarning o’rnatilishi natijasida reyestrda fayllar ko’payib boradi, bu dasturlarning o’chirilishi reyestrni tozalamaydi. Reyestrni tozalash uchun maxsus utilitalar mavjud: TuneUp, Ccleaner, EasyClenaer. Shu utilitalar orqali reyestrni tozalang.
3. Kompyuterga ulangan operativ xotiraning yetishmasligi, bu bir necha dasturlarning bir vaqtda ishlashi natijasida yuzaga keladi. Shuning uchun, mavjud operativ xotirani hisobga olgan holda dastur va o’yinlarni o’rnating. Operativ xotiraning qancha qismi ishlayotganini  CTRL+SHIFT+ESC orqali «Диспетчер Задач Windows» oynasini chaqirgan holda, “Быстродействие” vkladkasidan ko’rishingiz mumkin (maksimum 85% bo’lsin).


Download 4,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish