-videoadapter (uning yordamida odatda displey ulanadi);
- ketma - ket port SOM1 (uning yordamida sichqon ulanadi);
-ketma - ket port COM2 (uning yordamida odatda modem ulanadi).
Ketma-ketlik portlarida (COM1, COM2) – ma’lumotlar ketma-ket uzatiladi bitdan bit (112 Kbit/s). Apparat tarmoq blokining orqasiga chiqarilgan 25-kontaktli va 9-kontaktli raz’yomlar yordamida realizatsiya etiladi.
Maksimal uzoqlikka uzatish bir necha o’n metrni tashkil qiladi.
Yuqori ishlab chiqarish kuchini talab qilmaydigan qurilmalar (sichkon, modem) ulanadi.
K etma - ket port USB - yangi avlod ketma-ket porti (ishlab chiqarishi yuqori 12 Mbit/s). ShKni o’rnatish vaqtida uzib qo’yishni talab qilmaydi. Ketma-ket 127 qurilmani ulash mumkin.
Parallel port (LPT) (uning yordamida odatda printer ulanadi). Uning yordamida odatda 8 parallel uzatgich bo’yicha 8 bit bir vaktning o’zida uzatiladi. Apparatno tarmoq blokining orqasiga chiqarilgan raz’yomlar yordamida va printerni ulash uchun qo’llaniladi. Maksimal uzoqlashish odatda 3 m dan uzok bo’lmasligi kerak. Ma’lumotlarni uzatish yuqori tezligi (5Mbayt/s).
Klaviatura va sichqoncha kontrollerlari - Port PS/2 – sichqon va klaviaturani ulash uchun (sichqon – yashil, klaviatura – binafsha). Boshqa qurilmalar ulanmaydi.
Boshqa periferik qurilmalarni o’rnatish kompyuterga qo’shimcha adapterlar (platalar) o’rnatishni talab qiladi. Kompyuter qurilmalarini magistralga ulash jismoniy bosqichda kontroller yordamida amalga oshiriladi, dastur tomondan drayverlar bilan taminlanadi.
Ketma-ket portidan bir vaqtning o’zida 1 bit ma’lumotlar bir tomonga, protsessordan ma’lumotlar periferik qurilmalarga turli o’tkazgichlar yordamida uzatiladi. Ma’lumotlarni uzatish maksimal uzoqligi bir necha o’n metrni tashkil qiladi, tezligi esa 115 200 bit/sek. Qurilma bu portga standart RS-232 raz’yom orqali ulanadi.
Parallel portdan bir tomonga bir vaqtning o’zida 8 bit ma’lumotlar uzatilishi mumkin. Bu portga qurilmalar Centronics raz’yomi yordamida ulanadi. Maksimal uzoqlashish qabul qiluvchi qurilmada 3m dan uzoq bo’lmasligi kerak.
Lokal shinalar Zamonaviy hisoblash tizimlari quyidagilar bilan tavsiflanadi:
-Mikroprotsessorlar (masalan, Pentium MP qiymatlarni 64 razryadli qiymatlar shinasi bo’yicha 528 Mbayt/s tezlik bilan berishi mumkin) va bazi bir tashqi qurilmalar (masalan, yuqori sifatli raqamli to’liq еkranli videoni tasvirlash uchun 22 Mbayt/s o’tkazish qobiliyati kerak bo’ladi) tezkorligining juda ham o’sib ketishi bilan.
- Ko’p sonli interfeys amallarining bajarilishini talab еtuvchi (masalan, Windows da grafikani qayta ishlash dasturlari, multimedia) dasturlarning paydo bo’lishi bilan.
Bu sharoitlarda, bir vaqtning o’zida bir nechta qurilmalarga xizmat ko’rsatuvchi kengaytirish shinasining o’tkazish qobiliyati foydalanuvchilarning qulay ishlashi uchun yetarli bo’lmay qoldi. Interfeyslarni ishlab chiqaruvchilar lokal shinalarni yaratish yo’lidan bordilar, bu shinalar bevosita MP ning shinasiga ulanib, ular MPning taktli chastotasida (lekin uning ichki ishchi chastotasida еmas) ishlaydi va MPga nisbatan ba’zi tashqi tezkor qurilmalar: asosiy va tashqi xotira, videotizimlar va b. qurilmalar bilan aloqani ta’minlaydi.
Hozir universal lokal shinalarning 2 ta asosiy standarti mavjud: VLB va PCI.
- VLB (Vesa Local Bus) shinasi 1992 yilda videojihozlar standartlari assotsoiatsiyasi (VESA - Video Equipment Standards Assotiation) tomonidan ishlab chiqilgan va shuning uchun ko’pincha VESA shinasi deb atashadi.
VLB shinasi, mohiyati jihatidan, videoadapter va qisman vinchester, multimedia platalari, tarmoqli adapter bilan aloqa qilish uchun MP ni ichki shinasining kengaytmasidir. Shina razryadliligi 32 bit, shinaning 64-razryadli varianti ham bor. VLB bo’yicha qiymatlarni uzatishning haqiqiy tezligi 80 Mbayt/s (nazariy еrishiladigani 132 Mbayt/s).