Arifmetik-mantiqiy qurilmaning qo’shish va ko’paytirish amallari algoritmi
Mikrodasturning sxematik ko‘rinishi rasmda keltirilgan. Ushbu algoritm quyidagilardan tashkil topgan:
Birinchi qo‘shiluvchi Rg1- da joylashadi, uning ishorasi tahlildan o‘tadi, agar ishora manfiy bo‘lsa, operand Rg3-ga yuboriladi, agar musbat bo‘lsa, inversiyasiz Rg2 va Rg3-ga uzatiladi.
Ikkinchi qo‘shiluvchi ham Rg1-ga keladi va uning ishorasi tekshiriladi, agar ishora manfiy bo‘lsa operand inversiyadan o‘tadi aks holda Rg2-- dagi operandlar yig‘indisi hisoblanadi(summator).
Qo‘shilgandan keyin natija ishorasi tekshiriladi, agar natija manfiy bo‘lsa, u inversiyadan o‘tkaziladi, agar musbat bo‘lsa +1 qo‘shiladi.
Mashina razryad setkasi to‘lishi yuz bersa to‘lib toshish holati bajariladi, aks holda qo‘shish mikrodasturining oxirida boriladi.
Endi ko‘paytirish algoritmini ko‘rib o‘tamiz. Fiksirlangan vergulli ikkilik sonlarni ko‘paytirishni surilish va qo‘shishlar ketma – ketligi ko‘rinishida ifodalash mumkin.
Quyidagi algoritm eng qulay va ixchamroq hisoblanadi. Ko‘paytirish ko‘paytmaning kichik razryadlaridan boshlanadi, ular unga suriladi, qisman yig‘indilar summasi ham o‘ngga suriladi, kupaytuvchi joyida qoladi (rasm).
Boshida barcha registrlar 0 holatiga keltiriladi.
Ko‘payuvchi va ko‘paytuvchi tegishli registrlarda joylashadi, shuningdek qisman yig‘indalar alohida regisrlarga ajratiladi.
Kupaytuvining kichik razryadi tekshiriladi, agar u 1 bo‘lsa u holda qisman yig‘indiga ko‘payuvchi qo‘shiladi.
Qisman yig‘ilgan summa va ko‘paytma bir razryad o‘ngga siljiydi.
3 va 4 amallar n marta takrorlanadi.
Algoritmdan ko‘rinib turibdiki, bunday ketma-ketlikda amallarni bajarish qurilmaning vaqtini tejaydi.
5. Dasturlanuvchi mantiqiy qurilmalar
Turli vazifalar uchun mo‘ljallangan KIS yasashdagi universallik va kichik tannarx kabi afzalliklarga ega. Bu uncha katta bo‘lmagan hajmdagi apparaturalarni ishlab chiqarishda juda muhim sanaladi. Buning uchun IS ishlab chiqaruvchi kompaniyalar yagona, ya’ni universal majmuidan foydalanadilar. Talab etilgan algoritmni esa bevosita ishlab chiqaruvchiing o‘zi ichki apparaturani o‘zgartirib (dasturlash yordamida) hosil qiladi.
Tanlangan ish algoritmi uchun dasturlashga tayyor mantiqiy KIS sodda mantiqiy integral sxema (SMIS) deb atashadi
Ma’lumki, mantiqiy arifmetik formulani algebraik ifodalashda yoki diz’yunktiv, yoki kon’yunktiv normal shakl (DNSH va KNSH) qo‘llaniladi.
Kon’yunksiya bloki HAM mantiqiy elementlar matritsasidan, diz’yunksiya bloki esa – YOKI mantiqiy elementlari matritsasidan iborat bo‘lishi kerak. Ularni ketma-ket ulab va sozlab ixtiyoriy turdasi mantiqiy arifmetik formulani tashkil etish mumkin. Sozlash uchun tayyor bo‘lgan SMIS ko‘paytma va yig‘indi matritsalaridan tashqari kirish buferi matritsasiga ham ega bo‘ladi.
Xi kirish o‘zgaruvchilarining inversiyasi kirish buferining matritsalarida amalga oshiriladi.
Misol tariqasida, ortiqcha bog‘lanishlar olib tashlangach bu sxema qanday ko‘rinishga ega bo‘lishini ko‘rib chiqamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |