«Kompyuter tizimlari» kafedrasi S. T. Kubayev, U. I. Murtazayeva kompyuter tizimlarini loyihalash va tashkil etish


Kompyuter xotirasining iyerarxik piramidasi



Download 4,8 Mb.
bet19/68
Sana23.04.2022
Hajmi4,8 Mb.
#576182
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   68
Bog'liq
2 5242208013711836164

Kompyuter xotirasining iyerarxik piramidasi
Texnik nuqtai nazarga ko’ra xohlagan elektron jamlovchi kompyuter xotirasi deb hisoblanadi. Ma’lumotlarning tez sur’atli jamlovchilari protsessor “qo’l ostida” bo’lgan ma’lumotlarni vaqtincha saqlash uchun qo’llaniladi. Agar sizning kompyuteringiz har bir ma’lumot uchun qattiq diskka murojaat qiladigan bo’lsa, kompyuter juda sekin faoliyat ko’rsatar edi. Shu sababli ma’lumotlarning bir qismi vaqtincha xotirada saqlanib, protsessor unga yuqori tezlik bilan murojaat qilish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Kompyuter xotirasining ma’lum ierarxiyasi mavjud. Har bir ma’lum turning o’rni uning protsessorda «uzoqlashganligini» ko’rsatadi. U yoki bu xotira protsessorga qancha «yaqin» bo’lsa, u shunchalik tez sur’at bilan ishlaydi. 1.8-rasmda kompyuter xizmatining iyerarxik piramidasi tasvirlangan edi, uni batafsil ko’rib chiqish talab etiladi.
Piramidaning cho’qqisida protsessor registri turadi. Undan keyish birinchi kesh-xotira (L1) va ikkinchi bosqich xotira (L2). Operativ xotira: jismoniy va virtualga bo’linadi.
Kesh va operativ xotira ma’lumotlarni vaqtincha saqlash uchun mo’ljallangan.
Bundan keyin ma’lumotlarni doimiy saqlashga mo’ljallangan:
PZU/BIOS; olib qo’yiladigan disklar; uzoqlashtirilgan jamlagichlar (lokal tarmoqda);
Qattiq disklar. Piramidaning pastki qismini ulanadigan qurilmalar tashkil qiladi: klaviatura; ulanadigan media qurilmalar; skaner/kamera/ mikrofon/video; uzoqlashgan manbalar; boshqa manbalar.
Protsessor xotiraning ierarxiyadagi o’rniga qarab unga murojaat qiladi. Ma’lumotlar qattiq diskdan yoki kiritish qurilmasidan (masalan, klaviaturadan) operativ xotiraga boradi. Protsessor ma’lumotlarni tezda topish uchun ma’lumotlar segmenti kesh-xotirada saqlaydi. Protsessor registrida maxsus ko’rsatmalar mavjud. Kesh-xotirani va protsessor registrini batafsil ko’rib chiqishga keyin qaytamiz.
Kompyuterlar komponentida operativ xotiraning roli.



2.2 – rasm. Operativ xotira

Kompyuter ishini «musiqachilar» bilan ish yuritadigan «orkestr» kabi tasavvur qilish . «Musiqachilar» rolida barcha dastur va apparat tarkib topuvchi, shu bilan birga muhim ko’rinmaydigan masalalarni hal qiluvchi markaziy protsessor, qattiq disk va operativ tarmoq bajaradi. Operativ xotirani oddiy qilib «xotira» deb ataydilar va u kompyuterning muhim tarkib topuvchilari hisoblanadi. Siz kompyuterni ishga tushirgandan to tarmoqdan uzilgunga qadar protsessor xotiraga uzluksiz murojaat qiladi. Keling xohlagan kompyuterning ishlashi tipik senariysini ko’rib chiqamiz.


Siz kompyuterni uladingiz. U o’z navbatida ma’lumotlarni doimiy xotira (ROM)ga zagruzka qilib o’zini -o’zi test qila boshlaydi (power-onself-test, POST) ishga tushirilishi bilan. Kompyuter o’z-o’zini tekshiradi test bilan va ishga mehnat qilishga qodir yoki qodir emasligini aniqlaydi. Bu bosqichning maqsadi tarmoqning barcha asosiy komponentlari aniq ishlashini tekshirishdir. O’z-o’zini test bilan tekshirish jarayonida xotiraning kontrolleri tez sur’at bilan o’qish/ yozish operatsiyasi yordamida xotiraning barcha yacheykalarini xatolar mavjud yoki mavjud emasligi bo’yicha tekshiriladi. Tekshirish jarayoni quyidagicha o’tadi: axborotlar bitda yoziladi xotirada ma’lum manzil bo’yicha, keyin u yerda hisoblanadi.
Kompyuter PZU kiritish - chiqarish tarmog’i bazasiga kiritadi, inglizcha nomlanishiga ko’ra BIOS ga. Bu «bios»da yig’uvchilar to’g’risida axborotlar bazasi, yuklash tartibida, xavfsizligi bo’yicha, avtomatik aniqlash qurilmasi (PlugandPlay) bo’yicha va boshqa ma’lumotlar mavjud.
Keyin operatsion tizimni navbati keladi. U kompyuterning operativ xotirasiga qattiq diskdan yuklanadi (hozirgi zamon kompyuterlarida aynan shunday, ammo boshqacha ham bo’lishi mumkin). Operatsion tizimning muhim komponentlari kompyuterning operatsion xotirasida u bilan ishlash vaqtida mavjud bo’ladi. Bu markaziy protsessorga operatsion tizimga zudlik bilan kirish imkonini beradi va butun kompyuterning ish unumdorligini va funksionalligini oshiradi.
Siz «Приложение» ni ochganda u operativ xotirada yoziladi. Bu turdagi xotira hajmi biz kutganimizdan katta bo’lsa ham, baribir qattiq disklar xotira hajmiga nisbatan oz. Operativ xotirani tejash maqsadida ba’zi ilovalar unda faqat juda muhim bo’lgan komponentlarni yozadi, qolganlarini esa qattiq diskdan zarur bo’lganda «yuklaydilar». Har bir ishlayotgan ilova fayli yuklanayotgan vaqtda operativ xotirada ham yoziladi.
Siz faylni saqlamoqchi bo’lsangiz va ilovani yopganingizda nima sodir bo’ladi? Fayl qattiq diskda yoziladi, ilova esa operativ xotiradan «itariladi». Ya’ni ilovaning o’zi va unga bog’liq bo’lgan fayllar operativ xotiradan yo’qotiladi. Bu bilan yangi axborotlar uchun o’rinni bo’shaydi: boshqa ilovalar va fayllar uchun. Agar o’zgartirilgan vaqtinchalik saqlanadigan joydan yo’qotishdan oldin fayl saqlanmagan bo’lsa barcha o’zgartirishlar yo’qotiladi.
Yuqorida aytilganlaradan shu aniq bo’ldiki, agar biron- bir fayl ochilayotgan yoki yuklanayotgan bo’lsa, u operativ xotirada joylashtiriladi, ya’ni vaqtinchalik ma’lumotlarni saqlash joyida. Markaziy protsessorga bu saqlanadigan joydan ma’lumotlarni olish osonroq. Protsessor operativ xotiradan uning o’ziga kerak bo’lgan hisoblash uchun zarur ma’lumotlarni talab qilib oladi. Ammo hozirgi zamon kompyuterlarida axborot almashinuvi markaziy protsessor va operativ xotira orasida sekundiga million marta amalga oshirilishi diqqatga sazovordir.



Download 4,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish