Tarmoq qurilmalari Maxhalliy hisoblash tarmoq qurilmalari abonentlar о‘rtasidagi real aloqani ta’minlab beradilar. Tarmoqni loyihalashtirish bosqichida qurilmalarni tanlash juda katta ahamiyatga ega, chunki qurilmalarning narxi umumiy tarmoq narxining katta qismini tashkil etadi. Aloqa qurilmalarini о‘zgartirish esa, nafaqat qо‘shimcha mablag‘ni talab etadi, yana qiyin ish xajmini oshishiga ham sabab bо‘ladi. Mahalliy tarmoq qurilmalari va uskunalariga quyidagilar kiradi: axborot uzatish uchun kabellar; kabellarni ulash uchun razyemlar; moslovchi terminatorlar; tarmoq adapterlari; repiterlar; transiverlar; konsentratorlar; ko ‘priklar (mosti); yo ‘naltirgichlar (marshrutizatori);shlyuzlar. Tarmoq qurilmalarining birinchi uchtasi haqida yuqoridagi boblarda aytib о‘tildi. Hozir biz qurilmalarning qolganlarining vazifalari haqida tо‘xtalib о‘tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |