Kompyuter tizimlari arxitekturasi fanidan



Download 1,75 Mb.
bet35/54
Sana14.01.2023
Hajmi1,75 Mb.
#899466
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   54
Bog'liq
KOMPYUTER TIZIMLARI ARXITEKTURASI

Mavzu(nomi): Ona plata haqida.
Reja:
1. Ona plata qurilmasi
2. Ona plata xususiyatlari

«Tizim platasi» deb nomlayotgan qurilmamiz o‘sha siz bilgan «ona plata» yoki «materinskaya plata» dir. Qurilmaga nisbatan «ona» iborasini ishlatish biroz noqulay bo‘lgani uchun biz uni «tizim platasi» deb nomladik. Inglizchada bu qurilma «Motherboard» yoki «Mainboard» deb ataladi. Tizim bloki ochib ko‘rilsa, uning yon devoriga vertikal ravishda mahkamlab qo‘yilgan kattaroq elektron sxemaga ko‘zingiz tushadi. Mana shu «tizim platasi» hisoblanadi. Tizim platasi aynan nima ish bajaradi, qanday vazifalari bor, bularni bilish uchun avval tizim bloki (keys)ning ichida qanday qurilmalar borligini va ular nima ish qilishini qisqacha aytib o‘tamiz. 1) Ozuqa bloki («blok pitaniya»). Ma’lumki, kompyuterning barcha qurilmalari elektr energiyasi hisobiga ishlaydi. Lekin, elektr manbalaridan olinadigan elektr energiyasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri kompyuter qurilmalariga ulab bo‘lmaydi. Buning uchun avval elektr toki va kuchlanishini biroz pasaytirish, uni qayta ishlash kerak bo‘ladi. Ozuqa bloki aynan shu ishni amalga oshiradi. Agar u ishdan chiqsa, kompyuterning birorta qurilmasi ishlay olmaydi. Shuning uchun kompyuter yig‘dirayotganimizda quvvati kattaroq bo‘lgan ozuqa bloki olish kerak bo‘ladi. 2) Tezkor xotira (RAM, DDR). Jurnalimizda bu haqda batafsil ma’lumot berib o‘tgan edik, shunday bo‘lsa ham yana bir marta aytib o‘tamiz. Kompyuterning ishlashi jarayonida foydalanuvchi uchun zarur bo‘lgan ba’zi ma’lumotlarni vaqtinchalik saqlab turish kerak bo‘ladi. Mana shu vazifani tezkor xotira amalga oshiradi. Tezkor xotira ham, boshqa qurilmalar singari, elektron sxema ko‘rinishida tayyorlangan. 3) Doimiy xotira (Hard disk, HDD). Foydalanuvchiga tegishli bo‘lgan barcha audio, video, matnli yoki dasturiy ma’lumotlarni saqlab turish uchun kerak bo‘lgan qattiq metall yoki keramik disk. Doimiy xotiraga ma’lumotlar o‘zidan-o‘zi tushib qolmaydi. Unga fleshkalardan, CD yoki DVD disklardan, blutusdan, Internet tarmog‘idan ma’lumotlarni yozish mumkin. Va aksincha, doimiy xotiradagi ma’lumotlarni turli ko‘rinishlarda chiqarish qurilmalariga uzatish mumkin: printerga, monitorga, audio dinamikka va hokazo. 4) Protsessor (CPU). Kompyuterga foydalanuvchi tomonidan berilgan buyruqlarni qayta ishlab, bajarish, kompyuter ichida raqamli ma’lumotlarni qayta ishlash kabi vazifalarni aynan protsessor bajaradi. Protsessor hamma qurilmalar bilan «aloqada bo‘lib turadi». Kompyuterning ishlash tezligi aynan protsessorning takt chastotasiga bog‘liq bo‘ladi. 5) Videokarta (VGA). Videokarta monitorga uzatilishi kerak bo‘lgan qo‘zg‘almas yoki harakatli, ikki o‘lchamli (2D) yoki uch o‘lchamli (3D) rang-tasvirlarning hisob-kitobini qiladi. Videokarta haqidagi maqolamizda aytib o‘tganimizdek, u kompyuterning asosiy protsessoriga va tezkor xotirasiga haqiqiy yordamchi vazifasini o‘taydi. 6) Modem. Agar kompyuterdan Internetga mavjud telefon tarmog‘i yoki liniyalari orqali ulanmoqchi bo‘lsak, bizning kompyuter va tashqi tarmoq o‘rtasidagi bo‘glanish va moslashish jarayonlarini aynan modem bajaradi. 7) DVD (CD) ROM. DVD disklardan ma’lumotlarni doimiy xotiraga olish uchun bu disklarni DVD disk yurituvchiga qo‘yish lozim. U lazer nuri yordamida diskka «o‘yib» yozilgan raqamli ma’lumotlarni kompyuterga «o‘qib, tushuntirib beradi». 8) BIOS. Bu doimiy xotira qurilmasi bo‘lib, unga kompyuter «ishlab keta olishi» uchun yetarli bo‘lgan dastlabki ma’lumotlar, sana, vaqt yozib qo‘yilgan bo‘ladi. Kompyuterni o‘chirib, qayta yoqqanimizda ham sana, vaqt saqlanib turadi. Buning uchun tangaga o‘xshash yordamchi batareyka o‘rnatilgan.
Mavzu(nomi): Ona plata qurilmasi


Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish