Elektron hisoblash mashinalar davri. - Elektromexanik mashinalar ham o'z navbatida, XX asr fan va texnikasi taraqqiyoti ehtiyojlarini qoniqtira olmay qoldi. Bu mashinalarda hisoblash jarayoni ko'p vaqt talab qilishi, ya'ni ishlash tezligi va amal aniqligining kichikligi sababli yanada tezroq hisoblaydigan yangi xil mashinalar yaratish zaruriyati tug'ildi. Shu boisdan ham hisoblash mashinalarida yuqoridagi talablarni amalga oshirishga zamin yaratuvchi elektron lampalardan foydalanish ustida jadallik bilan tadqiqot olib bora boshlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |