Axborot texnologiyalari
Axborot texnoligiyalarining takomillashishsi jamiyatni axborotlashtirishda muhim omil hisoblanadi. “Axborot texnologiyalari” iborasidagi “texnologiya” so`zi lotincha “thexnos” – san’at, hunar, soha va “logos” – fan degan ma’noni bildiradi. Ya’ni texnologiya – biror vazifani bajaraishda uning turli xil usullari ko`rinishini bildiradi.
Axborot texnologiyalari axborotni yig`ish, saqlash, uzatish, qayta ishlash usul va vositalari majmuidir. Axborot texnologiyasining vujudga kelishi va rivojlanishini belgilovchi ichki va tashqi omillar mavjud bo`lib, ularni quyidagicha tavsiflash mumkin:
Ichki omillar – bu axborotlarning paydo bo`lishi (yaratilishi), turlari, xossalari, axborotlar bilan turli amallarni bajarish, ularni jamlash, uzatish, saqlash va h.k.
Tashqi omillar – bu axborot texnologiyasining texnik – uskunaviy vositalari orqali axborotlar bilan turli vazifalarni amalga oshirishni bildiradi. Kundalik turmushda turli ko`rinishdagi axborotlar masalan, matnli, grafikli, jadvalli, ovozli, rasmli, video va boshqa axborotlar bilan ishlashga to`g`ri keladi. Har bir turdagi axborot bilan ishlash uchun har xil texnik xarakteristikalarga ega bo`lgan axborot qutrilmalari kerak bo`ladi. Hozirgi kunda ta’lim sohasida o`qitishning avtomatlashtirishga katta e’tibor berilmoqda. Chunki zamonaviy o`qitish texnologiyalaridan dars jarayonida foydalanish katta ijobiy natijalar beradi. O`qitishni avtomatlashtirish (axborotlashtirish) yoki axborot texnologiyalaridan foydalanish dasturiga quyidagilarni kiritish mumkin:
ta’lim tizimining barcha pog`onalarida axborotlashtirishning yetakchi bo`g`inligini ta’minlaydi;
barcha sohalar bo`yicha bilim berishda axborotlashtirishni rivojlantirishni layihalash va yaratish (monitoring), resurs markaz tizimi;
axborotlashtirish sohalarida me’yoriy bazalarni yaratish (koordinatsiyalar, metodlar, ilmiy – metodik birlashmalar va h.k)
texnik ta’minotni – kompyuterlar, axborot texnologiyasining boshqa qurilmalari (fotoapparatdan to mikroskopgacha), ularga xizmat ko`rsatish uchun kerakli materiallarni yaratish;
telekommunikatsiya (havo orqali, yerning sun’iy yo`ldoshlari va boshqa aloqa kanallari) tarmoqlari;
ta’minot resurslari (dasturiy ta’minot, internetdagi axborotlar majmui, ma’lumotnomalar va h.k).
Axborot texnologiyasi modellari muayyan amallarni ongli va rejali amalga oshirishda o`zlashtiriladi. Bu jarayon quyidagilarni o`z ichiga oladi:
kompyuter, shuningdek, printer, modem, mikrofon va ovoz eshittirish qurilmasi, skaner, raqamli videokamera, multimediya proektori, chizish plansheti, musiqali klaviatura kabilar hamda ularning dasturiy ta’minoti;
uskunaviy dasturiy ta’minot;
virtual matn konstruktorlari, multiplikatsiyalar, musiqalar, fizik modellar, geografik xaritalar, ekran protsessorlari va h.k.;
axborotlar majmui – ma’lumotnomalar, entsiklopediyalar, virtual muzeylar va h.k.;
texnik ko`nikmalar trenajyorlari (tugmachalar majmuidan tugmachalarga qaramasdan ma’lumot kiritish, dasturiy vositalarni dastlabki o`zgartirish va h.k.).
Hozirgi kunda ta’lim sohasida o`qitishni avtomatlashtirishga katta e’tibor berilmoqda. Chunki zamonaviy o`qitish texnologiyalaridan dars jarayonida foydalanish katta ijobiy natijalar beradi. O`qitishni avtomatlashtirish yoki axborot texnologiyalaridan foydalanish dasturiga quyidagilarni kiritish mumkin:
ta’lim tizimining barcha pog`onalarida axborotlashtirishning yetakchi bo`g`inligini ta’minlash;
barcha sohalar bo`yicha bilim berishda axborotlashtirishni rivojlantirishni loyihalash va yaratish (monitoring), resurs markaz tizimi;
axborotlashtirish sohalarida me’yoriy bazalarni yaratish;
texnik ta’minotni – kompyuterlar, axborot texnologiyasining boshqa qurilmalari, ularga xizmat ko`rsatish uchun kerakli materiallarni yaratish;
telekommunikatsiya tarmoqlari;
ta’minot resurslari (dasturiy ta’minot, internetdagi axborotlar majmui, ma’lumotnomalar va h.z).
Multimediya vositalari. Multimediya – zamonaviy kompyuter texnologiyalari vositasida matn, tasvir, grafik, animatsiya, jadval, audio, video effektlarni o`zida mujassamlashtirgan ma’lumotlarni foydalanuvchilarga yetkazib berish texnologiyasidir. Hozirgi zamon talabi hisoblangan masofadan o`qitishda multimediya vositalaridan keng foydalaniladi. Talabalarni oliy o`quv yurtlarida multimediyali vositalaridan foydalanib o`qitishning afzalliklari quyidagilardir:
talaba materialni chuqur va mukammal o`rganadi;
ta’limni istalgan vaqtda o`z vaqtiga qarab olishi mumkin. Bunda talabaning vaqti tejaladi;
bunday bilimlar xotirada uzoq vaqt saqlanib qoladi;
talab o`zi xoxlagan oliy o`quv yurtining ta’lim tizimi bilan tashishi mumkin.
Multimediyaning xususiyatlari:
axborotning xilma – xil turlarini, ya’ni an’anaviy turlaridan (matn, jadval, chizmalar va h.k.) tortib to orginal (nutq, musiqa, videofilmlar, televizion kadrlar, animatsion suratlar va h.k.) turlarigacha bitta dasturiy mahsulotda mujassamlashtiradi;
bunday axborotlarni foydalanuvchiga yetkazib berishda turli zamonaviy elektron qurilmalardan (mikrofon, audio va video tizimlar, kompakt – disklar, televidenya, videomagnitofon, videoproektor, elektron musiqa asboblari va h.k.) keng foydalaniladi;
bunday ma’lumotlarni kompyuterda tahrir qilish, qayta ishlash imkonini beradi;
“Inson - kompyuter” muloqati yangi darajada, ya’ni yanada ko`rgazmaliroq va qulayroq ko`rinishda olib boradi.
Multimediyali o`qitish ayniqsa ta’lim berish tizimida qo`llash juda katta ahamiyat kasb etib, uning yordamida o`rganilayotgan soha tinglovchilarga yanada tushinarliroq bo`ladi. Shuning uchun hozirgi vaqtda bizning Respublikamiz ta’lim tizimida ham keng ko`lamda foydalanilmoqda. Bunday o`qitishning masofadan o`qitish uslubi tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Masofadan o`qitish uslubida o`qitish quyidagi texnologiyalarni o`z ichiga oladi.
Audiokonferentsiyalar;
Videokonferentsiyalar;
Ish stolidagi videokonferentsiyalar;
Elektron konferentsiyalar (E-Mail, On-line services);
Ovoz kommunikatsiyalari (Voice mail);
Ikki tomonlama sputnik aloqa;
Virtual borliq;
Virtual ko`rgazma;
Bosma materiallar;
Audiokasetalar;
Videokasetalar;
Bir tomonlama sputnik aloqalar;
Television va radio ko`rsatuvlari va eshittiruvlari;
Disketa va CD ROM, DVD lar.
Do'stlaringiz bilan baham: |