Kompyuter tarmoqlarining rivojlanish evalyusiyasi. Reja



Download 0,63 Mb.
bet5/5
Sana30.01.2022
Hajmi0,63 Mb.
#419223
1   2   3   4   5
Bog'liq
Berdimurodov Javoxir 1-M

Chunki ular bu stackning bir nechta protokollari (misol uchun, mijozlar o'rtasida muloqot o'rnatish) uchun keng tarqalgan bo'lib foydalaniladigan adabiyot paketlari bilan asta-sekin global aloqa orqali haddan tashqari yuklangan. va serverlar).


Chunki ular bu stackning bir nechta protokollari (misol uchun, mijozlar o'rtasida muloqot o'rnatish) uchun keng tarqalgan bo'lib foydalaniladigan adabiyot paketlari bilan asta-sekin global aloqa orqali haddan tashqari yuklangan. va serverlar).
Bu haqiqat, va IPX / SPX suyakka Novell mulki hisoblanadi, va uni amalga oshirish uchun uzoq vaqt davomida uning litsenziya olish kerak, aslida, u faqat NetWare tarmoqlari tarqalishini chegaralaydi. Biroq, NetWare 4.0ni chiqarish vaqtida, Novell korporativ tarmoqlarda ishlashga moslashishga qaratilgan protokollariga katta o'zgarishlar kiritdi va davom etmoqda. ShHT UNIX, Sun Solaris, Microsoft Windows NT - Endi IPX / SPX to'p NetWare, balki bir necha boshqa mashhur tarmoq operatsion tizimlarida nafaqat amalga oshirilmoqda

Tarmoq - bu ikki yoki undan ortiq qurilmalarni bog'lanishidan hosil bo'ladigan aloqadir. Bunga misol qilib ixtiyoriy narsa olish mumkin. Masalan bir kompyuterdan boshqasiga ma'lumot uzatish yoki bir necha kishilik yoki jamoaviy o'yinlarni o'ynash imkoniyati mavjud. 2ta insonni telefon orqali suhbat qurishida ham asosi sifatida tarmoq yotadi. Qisqacha aytadigan bo'lsak, har qanday qurilmani boshqa qurilmalar bilan aloqa qilishida tarmoq tushunchasi yotadi.


1. Qurilma:
a) Oxirgi qurilmalar (kompyuter, telefon, printer, faks va h.k);

b) Oraliq qurilmalari (router, switch, hub va h.k);

2. Vosita (ulanish usuli):
a) mis (med) kabel:
1) simmetrik - parali kabellar;
2) koaksial;

b) Optik kabel:
1)bir modali – magistralda ishlatiladi;
2)ko'p modali – lokal tarmoqda ishlatiladi;

c) Simsiz aloqa (wi-fi, bluetooth va h.k);

3. Xizmat - Tarmoq taqdim etadigan xizmatlar (audio/video qo'ng'iroq, ma'lumot uzatish va h.k)


TARMOQ TURLARI

  1. PAN (Personal Area Network) – ko'pi bilan 8ta qatnashchilar mavjud bo'lishi mumkin va radius qamrovi 30 metrgacha.

  2. LAN (Local Area Network) – 10 tadan 100 gacha foydalanuvchilar mavjud bo'lishi mumkin va radius qamrovi 100 metrgacha.

  3. CAN (Campus Area Network) – o'ziga bir necha LAN tarmoqlarini birlashtiradi. Katta va ko'p segmentli LAN hosil qilinadi.

  4. MAN (Metropolitan Area Network) – shahar qamrovidagi tarmoq. 1000 metr masofani o'zida qamrab oladi va o'zida 1000 ta foydalanuvchilarni o'ziga birlashtiradi.

  5. WAN (Wide Area Network) – global kompyuter tarmog'i hisoblanadi. Million abonentlarni o'zida birlashtiradi (Internet).

OSI va TCP/IP
Tarmoqni ishlashi uchun esa bizga OSI modeli va TCP/IP protokollar steki zarur hisoblanadi. OSI (Open System Interconnection) modeli 7ta pog'onadan iborat va har bir pog'ona paket (ma'lumot uzatishning bir turi hisoblanadi) hosil qilishda o'z belgisini qo'yib boradi. Ya'ni bunda agar ma'lumot biror qurilmadan chiqib ketishdan oldin 7-pog'onadan boshlab pastki pog'onaga tushib borib paket ko'rinishiga keladi va uzatiladi. Ikkinchi kompyuter uni qabul qilib olgandan so'ng esa 1-pog'onadan boshlab yuqoriga qarab chiqib boradi va ma'lumot ko'rinishiga keladi. Bunda agar qaysidir pog'onada xatolik bo'lsa, paket qaytadan so'raladi yoki so'rov bekor qilinadi (bu tushunchalar nisbiy hisoblanib, ma'lumot almashinuv aynan aytilganidek amalga oshirilmaydi). OSI modelining 7ta pog'onasi:

OSI modeli etalon model bo'lib, bu faqat nazariy jihatdan mavjud. Hozirgi kunda bu model asosida TCP/IP stek protokollariga asoslangan holda tarmoq ishlaydi. TCP/IP ishlab chiqilishining yagona sababi OSI modelini soddalashtirish va qulay foydalanish hisoblanadi. TCP/IP stek protokollari tuzilishi:

Bundan tashqari bizda port tushunchasi mavjud bo'lib, Port bu – mantiqiy bog'lanish tuguni hisoblanib, bu portlar yordamida mantiqiy kerakli protokolga bog'lanish hosil qilinadi. Ixtiyoriy so'rov biron manzildagi aynan kerakli portga murojaat qilinadi va javob qaytarishda esa so'rov kelgan portga qayta jo'natiladi. TCP/IP da har bir protokol uchun port mavjud. Ularning umumiy soni 65535 ta. Portlar quyidagicha bo'ladi:

KOMPYUTER TARMOQLARI VA ULARDA ISHLASH ASOSLARI


Hozirgi kunda kompyuterlarni yagona tarmoqqa ulab, ular o 'rtasida ma'lumot almashishni tashkil etish mumkin, Xo'sh, tarmoqning o'zi nima? Uning qanday turlari bor? Inter­net, intranet, elektron aloqa kabi tushunchalar nimani anglatishi, ularning texnik, dasturiy, axborotli ta'minotini nimalar tashkil qilishi, ularning yaratilishi va ishlashi, ahamiyatini anglash hamda bevosita ishlay olish ko 'nikmalariga ega bo'lish hozirgi jamiyatning har bir a'zosi uchun muhimdir. Ushbu bobda mazkur tushunchalar haqida atroflicha flkr yuritiladi,
Kompyuterdan turli masalalarni hal qilishda foydalanish mumkin. Axborot almashish uchun magnit va kompakt disklardan foydalanish yoki boshqa kompyuterlar bilan umumiy tarmoqqa ulanish kerak bo'ladi.
Kompyuter (ing . computer - hisoblayman), EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) - oldindan berilgan dastur (programma) boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama.
Kompyuterlarning o'zaro axborot almashish imkoniyatlarini beruvchi qurilmalar majmuyiga kompyuter tarmoqlari deyiladi.
Tarmoqning asosiy imkoniyatlari tarmoqqa ulangan kompyu­terlar va axborot ashyolariga bog'liq

Axborot ashyolari deganda arxiv, kutubxona, fondlar, ma'lumotlar ombori va boshqa axborot tizimlaridagi hujjatlar yig'indisi tushuniladi.


Tarmoqdagi kompyuterlarda saqlanayotgan axborot ashyolariga ushbu tarmoqqa ulangan boshqa kompyuterlar yordamida kirish mumkin. Kompyuterlarni tarmoqqa ulash usullari ko'rsatilgan.
Kompyuterlar soniga qarab, tarmoqlar lokal, mintaqaviy va global tarmoqlarga bo'linadi.

Lokal tarmoqlar bir binoda yoki bir-biriga yaqin binolarda joylashgan kompyuterlarda o'zaro axborot almashish imkonini beruvchi tarmoq hisoblanadi.


Bunday tarmoqlarda axborot almashinish aloqa kabellari (ba'zan telefon tizimi yoki radiokanal) orqali amalga oshiriladi. Bunda foydalanuvchilar tarmoqqa ulangan kompyuterlardagi ma'lumotlarni birgalikda qayta ishlash va ma'lumotlarni ayirboshlash va dastur, chop etish qurilmasi, modem va boshqa qurilmalardan birgalikda Ibydalanish imkoniyatiga ega bo'lishadi.
Dastur - 1) biron-bir faoliyat, ishning mazmuni va rejasi; 2) siyosiy partiyalar, tashkilotlar, alohida arboblar faoliyatining asosiy qoidalari va maqsadlari bayoni; 3) oʻquv fani mazmunining qisqacha izohi; 4) teatr, konsertlar va b.
Shuning uchun, bittadan ko'p kompyuterga ega bo'lgan firmalar o'z kompyuterlarini lokal tarmoqqa birlashtiradi.
Lokal tarmoqda kompyuterlar orasidagi masofa yaqin bo'lganligi bois, telefon kanallaridan foydalanmasdan axborotni uzatish tezligini oshirish mumkin.
Lokal tarmoqda axborotni uzatish uchun axborotni marshrutlash va seleksiyalash lozim bo'ladi.

Marshrutlash bu — kerakli manzilga axborot blokini uzatish yo'lini aniqlash jarayonidir.

Seleksiyalash — tegishli manziJdagi axborotni saralash demakdir.
Lokal tarmoqlar axborotni marshrutlash va seleksiyalash usuli bo'yicha ikki sinfga ajratiladi.
Lokal tarmoqlar seleksiyalash orqali axborotni bir abonent tizimidan boshqa tizimga uzatishni ta'minlaydi.
Ishchi tizimlar katta miqdordagi ma'lumotni saqlash, izlash, murakkab hisoblashlar, modellashtirish, dasturiy ta'minotni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Ma'muriyat tizimlari tarmoqni boshqaradi. Kommunikatsion tizimlar abonent tizimlar orasida axborotlarni uzatish uchun marshrutlash va bog'lanishlarni kommutatsiya qilish vazifasini bajaradi.

Mintaqaviy tarmoq— biror tuman, viloyat yoki respublika miqyosidagi kompyuterlarni o'zida mujassamlashtirgan tarmoq.


Viloyat - maʼmuriy-hududiy birlik. Oʻrta asrlardan maʼlum. Sharqning ayrim mamlakatlari (Afgʻoniston, Turkiya va boshqa), shuningdek Oʻrta Osiyo xonliklari viloyatlarga boʻlingan. 1924-yil shoʻrolar oʻtkazgan milliy-davlat chegaralanishi arafasida Turkiston ASSR 6 V.
Respublika (lot. respublica, res - ish va publicus - ijtimoiy, umumxalq) - davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar.
Bunday tarmoda bir nechta markazlashgan (ya'ni lokal tarmoqlarni birlashtiruvchi) juda quwatli serverlar mavjud bo'ladi va bunday serverlar o'rtasidagi axborot aloqa kabeli, optik tolali yoki sun'iy yo'ldosh radioaloqa kanallari yordamida uzatiladi.
Intranet— bu internet texnologiyasi, dastur ta'minoti va bayonnomalari asosida tashkil etilgan, ma'lumotlar ombori va elektron jadvallar bilan jamoa bo'lib ishlash imkonini beruvchi korxona yoki tashkilot miqyosidagi yangi axborot muhitini tash­kil etuvchi kompyuter tarmog'idir.
Intranet boshqa kompyuter tarmoqlaridan quyidagi jihati bilan farqlanadi: bir yoki bir nechta serverdan tashkil topgan tarmoq mijozi undagi ma'lumotlardan foydalanish uchun ularning qaysi serverda, qaysi katalogda, qanday nom bilan saqlanayotganligini, ularga kirish usul va shartlarini bilishi zarur bo'ladi.
Internetda esa bunday noqulayliklarning oldi olingan bo'lib, uning foydalanuvchisi bunday ma'lumotlarni bilishi shart emas. Bundan tashqari, internet tarmog'ida mavjud bo'lgan barcha elek­tron hujjatlar va ma'lumotlar omborini giperbog'lanishlar yor­damida o'zaro bog'lab, yagona axborot muhiti qurish, unda qulay axborot qidiruv tizimlarini tashkil etish mumkin bo'ladi.
Tarmoqlarning texnik vositalari
Kompyuter tarmoqlari (qisqacha tarmoqlar) server (yoki xizmatchi kompyuter), konsentrator (HUB), axborot uzatish kabellari va modemdan tashkil topadi. Har bir qurilmaning xususiyatini qisqacha yoritib o'tamiz.

Server — tarmoq ishini ta'minlovchi maxsus kompyuter.


Server disklarida kompyuterlarni birgalikda ishlash imkonini
beruvchi dasturlar, ma'lumotlar omborlari va boshqalar saqlanadi.
Bundan tashqari, serverlar modemli va faksli aloqalarni, ma'lumot­
larni bosmaga chiqarish ishlarini amalga oshiradi. Serverda joylashgan
dasturlardan foydalanish doirasi umumiy masalaning qo'yilishiga ko'ra
cheklangan bo'lishi mumkin.

Konsentrator (HUB)—tarmoqda kompyuterlarni o'zaro axborot almashinuvini ta'minlovchi maxsus qurilma. Ular 8, 12, 16 ta kompyuterni o'zaro bog'lashi mumkin.
Axborotni uzatish kabellari tar­moqda axborotni bir kompyuterdan boshqasiga uzatish uchun xizmat qiladi (odatda, koaksial kabel ishla­tiladi).
Modem «modulator» va «demodulator» so'zlari birikmasidan hosil bo'lgan. Bu qurilma yordamida axborotlar uzatuvchi kompyuterda raqamli ko'rinishdan analog ko'rinishiga aylantiriladi, shuningdek, qabul qiluvchi kompyuterda analog ko'rinishidan raqamli ko'rinishga aylantiriladi. Boshqacha aytganda, modemning vazifasi kompyuterda «0» va «1» ko'rinishida tasvirlangan ma'lumotni ikki asosiy chastotali telefon signallariga va aksincha, telefon signalini «0» va «1» yordamida kodlangan axborot ko'rini­shiga o'tkazib berishdan iborat. Modemning asosiy xarakteristikasi bodlarda o'lchanadigan ma'lumotlarni uzatish tezligidan iborat. Zamonaviy modemlarning tezligi 2400, 9600, 14400, 19200, 22880 va 33600 boddan iborat. Elektron aloqalar uchun ushbu modemlarning ixtiyoriysidan foydalanish mumkin.
Kompyuterlar tarmoqda ishlashi uchun serverga kerakli operatsion tizim o'rnatilishi kerak. Bunday operatsion tizimlar ikki turga bo'linadi. Masalan, Windows for Workdows 95, Windows — 1 Workstation operatsion tizimi serversiz tarmoqlarni tashkil etish imkoniga ega bo'lgan operatsion tizimlar hisoblanadi. Bunday tarmoqdagi kompyuterlar teng huquqli hisoblanadi. Ikkinchi turdagi operatsion tizimlarda tarmoqni hosil qilish uchun maxsus kompyuter — server ajratiladi. Ularga Novell Net Ware NT Server va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin. Bunday operatsion tizim kompyuter ishini ishonchli va samarali qilib amalga oshiradi.
Internet haqida tushuncha
Internet— bu minglab lokal va mintaqaviy kompyuter tarmoqla-rini bir butun qilib birlashtiruvchi butun dunyo kompyuter tarmog'ir
Internetning paydo bo'lish tarixiga qisqacha to'xtalib o'tayliky 1969-yilda AQSH Mudofaa vazirligining istiqbolli tadqiqotlar agentligi (Advenced Research Projects Agency, ARPA)ga mamlakatdagi barcha harbiy (ilmiy tadqiqot va o'quv) muassasalardagi kompyuterlarni birlashtiruvchi yagona tarmoq yaratish topshirilgan edi. Bu tarmoq (ARPA Net) harbiy mutaxassislarga axborot almashishga yordam ko'rsatishga mo'ljallangan edi."
Uni yaratishda foydalanuvchilarning tizimga kirish imkoniyati, boshqa kompyuterlardagi dasturlarni ishlatish (ulardan foyda­lanish), fayl va xabarlarni elektron aloqa orqali uzatish va boshqalar nazarda tutilgan. Eng asosiysi, tizimni ishlab chiqaruvchilar oldiga ishonchli, ayrim kompyuter yoki aloqa kanallari ishdan chiqqanda ham o'z ish qobiliyatini saqlab qoluvchi, «o'ta chidamli» tarmoq­ni yaratish masalasi qo'yilgan edi.
ARPA Net tarmog'ining rivojlanishi bilan turli tarmoqlarni o'zaro bog'lash, ya'ni yagona tarmoq yaratish muammosi yuzaga keladi. - Bunday standart 1974-yildayaratildi. 1983-yilda esa AQSH Mudofaa vazirligining ARPA Net shoxobchalaridagi barcha mashinalarida ishlab chiqilgan standartlardan foydalanish haqida buyruq chiqarildi. Bu standartlarni ishlatish uchun esa o'sha paytlarda keng tarqalgan operatsion tizim UNIX operatsion tizimi ishlatildi.
1986-yilga kelib, AQSH Milliy fanlar fondi (National Science Foundation — NSF) tomonidan o'zining oltita superkompyuterli markazini birlashtirish uchun tayanch tarmoq yaratildi. Bu tarmoq juda quwatli va yuqori sifatli qurilmalar va AQSH Mudo­faa vazirligi tomonidan belgilangan standartlarga asoslangan edi.
Vazir (arab. - yuk koʻtaruvchi) - oʻrta asrlarda Yaqin va Oʻrta Sharq davlatlarida, shu jumladan Oʻrta Osiyo xonliklarida hukumat idorasi yoki kengashi (devon) boshligʻi. V. lar vaziri aʼzam rahbarligida davlatni idora etish vazifalari bilan shugʻullangan. V.
1992-yil NSF kompaniyasi ana shu tayanch tarmoqni boshqari-shiga kelishib olindi. Ana shu vaqtdan boshlab internet nafaqat davlat (o'quv va ilmiy) muassasalarida, shuningdek, tijorat maqsadlarida ham ishlatila boshlandir Internet asta-sekin AQSH chegaralaridan chiqib boshqa mamlakatlarga, dastlab Yevropa, ke-yinchalik Osiyo, Afrikaga ham tarqaldi.
Afrika - kattaligi va aholi soni boʻyicha dunyoning ikkinchi qitʼasi.




Yevropa (yun. Yeigore, osuriy tilida „ereb“ - gʻarb) - qitʼa, Yevrosiyo materigining gʻarbiy qismi. Maydoni 10507 ming km2; 730 ming km2 ni orollar tashkil etadi. Qitʼa Shimoliy yarim sharda joylashgan, Osiyo bilan chegarasi shartli ravishda Ural togʻlarining sharqiy etagi, Emba daryosi, Kaspiy dengizi, Kumamanich botigʻi orqali va Don daryosining quyilish joyidan oʻtkazilgan.

Internet o'z-o'zini shakllantiruvchi va boshqaruvchi murakkab tizim bo'lib, asosan uchta — texnik, dasturiy, axborotli tar-kibiy qismlardan tashkil topgan.
Internetning texnik tarkibiy qismi turli rusumdagi kompyuter, aloqa kanallari, tarmoq texnik vositalari majmuyidan tashkil topgan. Ularning barchasi doimiy va vaqtinchalik asosda faoliyat ko'rsatishi mumkin. Ulardan ixtiyoriy birining ishdan chiqishi tarmoqning umumiy faoliyatiga ta'sir etmaydi.
Internetning dasturiy ta'minoti tarmoqqa ulangan kompyuter va tarmoq vositalarini yagona standart asosida muloqot qilish, ma'lumotlarni ixtiyoriy aloqa kanali yordamida uzatish darajasida qayta ishlash, axborotlarni qidirib topish va saqlash hamda tarmoqda axborot xavfsizligini ta'minlash kabi muhim vazifalarni amalga oshiruvchi dasturlar majmuyidan iborat.
Internetning axborotli qismi internet tarmog'ida mavjud bo'lgan turli elektron hujjat, grafik, rasm, audioyozuv, videotasvir va h.k. lar ko'rinishidagi axborotlar majmuyidan tashkil topganxiJlar butun tarmoq bo'ylab taqsimlanishi mumkin. Masalan, siz kompyuteringizda o'qiyotgan elektron darslikning matni bir manbadan, undagi rasmlar va tovush ikkinchi manbadan, videotasvir va izohlar uchinchi manbadan yig'ilishi mumkin. Shunday qilib, tarmoqdagi elektron hujjatni o'zaro moslashuvchan «giperbog'lanishlar» orqali bir necha manbalar majmuyi ko'rini-shida tashkil etish mumkin. Natijada millionlab o'zaro bog'langan elektron hujjatlar majmuyidan tashkil topgan axborot muhiti hosil bo'ladi.
Internet tarmog'ining mohiyatini tushunish uchun uning mantiqiy tuzilishini tushunish kerak. Ushbu mantiq bilan tanishib chiqamiz.
Ma'lumki, avtomobildan foydalanganda transport turlari uchun belgilangan qonun-qoidalarga rioya qilish shart. Xuddi shunday internet xizmatidan foydalanuvchilar uchun ham hammaga bir xil bo'lgan kompyuterda ma'lumotlarni uzatish tartibini belgilovchi yagona qoidalar majmuyi belgilangan.
Ikki kompyuter orasida ma'lumotlarni uzatish tartibi va formatini belgilovchi qoidalar majmuyi bayonnoma (protokol) deb ataladi.
Masalan, http, ftp va boshqalar bayonnomaga misol bo'la oladi. Tarmoqda ishlash uchun berilgan bayonnomaga, mos holda, ma'­lumotlarni uzatish imkonini beradigan maxsus dastur ta'minotiga ega bo'lishi kerak. Bunday dasturlar bayonnomalarni amalga oshirish deyiladi. Ular operatsion tizimda joylashtirilgan bo'lishi yoki alohida amaliy dasturlar paketi sifatida yaratilishi mumkin. Hozirgi zamon operatsion tizimlarining barchasi internetda ishlashni ta'minlovchi asosiy bayonnomalarga ega.
Kompyuter tarmog’i (Computer NetWork, net–tarmoq va work–ish) – bu kompyuterlar o’rtasida axborotlar almashinuvi tizimidir.Yoki boshqacha qilib aytsak: Kompyuter tarmog`i – bu ikkita yoki undan ko‘proq kompyuterlarning va boshqa qurilmalarning bir biriga kabellar bilan ulanishidan hosil bo‘ladigan tarmoqdir.

Kompyuter (hisoblash) tarmog'i– aloqa kanallari yordamida ma`lumotlarni tarmoqlangan qayta ishlashning yagona tizimiga ulangan kompyuterlar va terminallar to'plami bo'lib, u ko'p mashinali birlashmaning eng yuqori shaklidir.Kompyuter tarmog'i "tarmoq abonenti", "stansiya" va "fizik uzatish muhiti" kabi tarkibiy qismlardan tashkil topgan bo’ladi.

Tarmoq abonenti tarmoqda axborotni yuzaga keltiruvchi yoki uni istemol qiluvchi ob`ektdir.

Stansiya– axborot uzatish va qabul qilish bilan bog’liq vazifalarni bajaruvchi ob`ektdir. Alohida kompyuterlar, kompyuter majmualari, terminallar, sanoat robotlari, programmaviy boshqaruvli dastgohlar va shu kabilar tarmoq abonentlari bo'lishlari mumkin va xar bir abonent stansiyaga ulanadi.Abonent va stansiya birgalikda "abonent tizimi“ deb ataladi. Abonentlarning o'zaro aloqasini tashkil etish uchun fizik uzatish muhiti mavjud bo'lishi kerak.

Fizik uzatish muhiti– elektr, radio yoki boshqa signallar yordamida amalga oshiriladigan aloqa kanali va ma`lumotlarni uzatish, qabul qilish qurilmalaridir. Fizik uzatish muhiti negizida abonent tizimlari o'rtasida axborot uzatishni ta`minlovchi kommunikasion tarmoq tashkil etiladi. Bunday yondashuv har qanday komppyuter tarmog'ini abonent tizimlari va kommunikasion tarmok yig'indisi sifatida ko'rish imkonini beradi.
Kompyuter tarmoqlari quyidagi belgilari bo’yicha klassifikatsiyalanadi:

  • Geografik (xududiy) joylashuvi bo’yicha;


  • Ishlab chiqarish bo’limlarining miqyosi bo’yicha;


  • Boshqarish usuli bo’yicha;


  • Axborotni uzatish tezligi bo’yicha;


  • Aloqa (ulanish) topologiyasi tuzilishi bo’yicha.


Abonent tizimlarining xududiy joylashuviga qarab kompyuter tarmoqlarini uchta asosiy turkumga ajratish mumkin:




  • Lokal tarmoqlar- (LAN– Local Area Network);


  • Mintaqaviy tarmoqlar- ( MAN–Metropolitan Area Network);


  • Global tarmoqlar- (WAN– Wide Area Network);


  • Lokal kompyuter tarmog'i uncha katta bo'lmagan xudud chegarasida joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Masalan, korxonalar, tashkilotlar, firmalar, banklar, ofislar miqyosidagi komppyuterlarni o'zaro birlashtiruvchi tarmoqlar lokal kompyuter tarmog'i turkumiga kiradi. Hozirgi vaqtda lokal hisoblash tarmoqlari abonentlarining xududiy joylashuvi bo'yicha qat`iy cheklashlar yo‘q.


  • Mintaqaviy kompyuter tarmog'i bir-biridan ancha uzoq masofada joylashgan komppyuterlarni va lokal kompyuter tarmoqlarini o'zaro bog'laydi. U katta shaxar, iqtisodiy mintaqa va alohida mamlakat doirasidagi abonentlarni o'z ichiga olishi mumkin. Odatda, mintaqaviy hisoblash tarmog'i abonentlari o'rtasida masofa o'nlab, yuzlab kilometrni etadi.


  • Global kompyuter tarmoqlari turli mamlakatlar yoki kit`alarda joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Mazkur tarmoq abonentlar o'rtasidagi aloqa telefon, radio aloqa va kosmos aloqa tizimi negizida amalga oshiriladi.


Tarmoq miqyosi (o’ljami)



  • Bo’limlar tamog’i (сети отделов);


  • Kampuslar tarmog’i (сети кампусов);


  • Tashkilot, kompaniya tarmoqlari (корпоративные сети).



Mahalliy tarmoqlar (Mahalliy tarmoq - LAN) ular Internet-provayderlarga murojaat qilgunlariga qadar yopiq infratuzilmaga ega bo'lishlari kerak. "Mahalliy tarmoq" atamasi kichik ofis tarmog'ini ham, bir necha gektar maydonni egallagan yirik zavod tarmog'ini ham anglatishi mumkin. Tashkilotlar, korxonalar, firmalarga nisbatan atama ishlatiladi. korporativ tarmoq - alohida tashkilotning mahalliy tarmog'i (yuridik shax qaysi hududni egallashidan qat'iy nazar.
Korporativ tarmoqlar yopiq tarmoqlardir, ularga faqat cheklangan foydalanuvchilar doirasi (masalan, kompaniya xodimlari) kirishlari mumkin. Global tarmoqlar har qanday foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatishga qaratilgan

Global tarmoq (Keng tarmoq - Wan) katta geografik mintaqalarni qamrab oladi va ko'plab mahalliy tarmoqlardan iborat. Har bir inson bir necha ming tarmoq va kompyuterlardan iborat global tarmoq bilan tanish, bu Internetdir

Kompyuter tarmog'i - bu aloqa kanallari orqali yagona tizimga ulangan kompyuter va tarmoq uskunalarining kombinatsiyasi. Kompyuter tarmog'ini yaratish uchun bizga quyidagi tarkibiy qismlar kerak bo'ladi.


  • tarmoqqa ulanish qobiliyatiga ega kompyuterlar (masalan, har bir zamonaviy kompyuterda mavjud bo'lgan tarmoq kartasi);


  • uzatish vositasi yoki aloqa kanallari (kabel, yo'ldosh, telefon, optik tolali va radio kanallari);


  • tarmoq uskunalari (masalan, kommutator yoki yo'riqnoma);


  • tarmoq dasturi (odatda kiritilgan operatdion tizim yoki tarmoq uskunalari bilan birga keladi).



Routerlar sizga bir nechta tarmoq bilan ulanishda yordam beradi. Bu sizga bitta internet aloqasini bir nechta qurilmalar bilan baham ko'rishga imkon beradi va pulni tejaydi. Ushbu tarmoq komponenti dispetcher vazifasini bajaradi, bu sizga tarmoq orqali yuborilgan ma'lumotlarni tahlil qilishga imkon beradi. U avtomatik ravishda ma'lumotlarni uzatish va uni o'z yo'lida yuborish uchun eng yaxshi marshrutni tanlaydi.
Kalitlar kompyuterlar, printerlar va boshqa qo'shimcha qurilmalarni tarmoqqa ulaydigan tekshirgich sifatida ishlaydi.
Bu sizning tarmog'ingizdagi qurilmalarning boshqa tarmoqlar singari bir-birlari bilan aloqa qilishlariga imkon beradi. Bu sizga resurslarni baham ko'rishga va har qanday tashkilot xarajatlarini kamaytirishga yordam beradi.
Serverlar - umumiy dasturlar, fayllar va tarmoq operatsion tizimini o'z ichiga olgan kompyuterlar. Serverlar tarmoqning barcha foydalanuvchilariga tarmoq resurslaridan foydalanish imkoniyatini beradi.
Mijozlar - bu tarmoqqa kiradigan va foydalanadigan hamda tarmoq resurslaridan foydalanadigan kompyuter qurilmalari. Shuningdek, ular tarmoq foydalanuvchilari, chunki ular serverdan so'rov yuborishi va qabul qilishi mumkin.
Uzatish vositasi - bu tarmoqdagi kompyuterlarni o'zaro bog'lash uchun ishlatiladigan kabel, o'ralgan sim va optik tolali kabel.
Kirish nuqtalari qurilmalarga simsiz tarmoqqa simsiz ulanish imkonini beradi. Simsiz tarmoq sizga yangi qurilmalarni olib kelishga imkon beradi va mobil foydalanuvchilarga moslashuvchan yordam beradi.
Umumiy ma'lumotlar - bu ma'lumotlar fayllari, printerga kirish dasturlari va elektron pochta kabi mijozlar o'rtasida bo'linadigan ma'lumotlar.
Tarmoq interfeysi kartasi kompyuter bilan tarmoq o'rtasida ma'lumotlarni yuboradi, qabul qiladi va ma'lumotlar oqimini boshqaradi.
Shaxsiy kompyuterlarga fayllarga kirish, mahalliy printerda chop etish va kompyuterda joylashgan bir yoki bir nechta disk va CD disklardan foydalanishda yordam beradigan mahalliy operatsion tizim.
Tarmoq operatsion tizimi bu kompyuterlar va serverlarda ishlaydigan dastur. Bu kompyuterlarga tarmoq orqali aloqa o'rnatishga imkon beradi.
Protokol - bu ikkita sub'ektga tarmoq orqali aloqa o'rnatishga imkon beradigan belgilangan qoidalar to'plami. Buning uchun ishlatiladigan ba'zi standart protokollar IP, TCP, UDP, FTP va boshqalar.
Hub - bu tarmoq ulanishini bir nechta kompyuterlarga ajratuvchi qurilma. U tarqatish markazida ishlaydi, shuning uchun kompyuter har qanday ma'lumotni kompyuterdan yoki tarmoqdan so'raganda, u kabel orqali so'rovni markazga yuboradi. Markaz so'rovni qabul qiladi va uni butun tarmoqqa uzatadi.
Mahalliy tarmoq (LAN) kabeli Ethernet yoki ma'lumot kabeli deb ham ataladi. U qurilmani Internetga ulash uchun ishlatiladi.
OSI Open Systems Interconnection degan ma'noni anglatadi. Bu aloqa standartlarini belgilashga imkon beruvchi mos yozuvlar modeli

Xulosa:


Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, tarmoq tushunchasi juda chuqur hisoblanadi, uni to'liq o'rganib chiqish uchun esa undagi har bir elementni o'rganish lozim. Bugungi mavzuda men iloji boricha qisqa lekin tushunarli bo'lishiga harakat qildim. Bu tushunchalar asosiylaridan bir nechtasi hisoblanadi holos.Kompyuter tarmog'i - bu o'zaro bog'liq bo'lgan ikki yoki undan ortiq kompyuter tizimlari guruhi. Kompyuter tarmoqlari ma'lumotlarni yuborish va qabul qilish uchun bir nechta kompyuterlar bilan birgalikda ulanishga yordam beradi. Kommutatorlar kompyuterlar, printerlar va boshqa qo'shimcha qurilmalarni birlashtiruvchi tekshiruvchi sifatida ishlaydi. Routerlar sizga bir nechta tarmoq bilan ulanishda yordam beradi. Bu sizga bitta Internet aloqasini baham ko'rishga imkon beradi va pulni tejaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar :

    1. http://fayllar.org

    2. http://www.wikipediya.org

    3. http://www.kompy.info

    4. http://hozir.org

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish