Transport pog‘onasi (Transport Layer). Transport pog‘onasi-ning asosiy vazifasi paketlarni xatosiz, dastlabki ketma-ketlikda, yo‘qotishlarsiz va ikkilanishlarsiz kafolat bilan yetkazib berishdir. Ushbu pog‘onada ma'lumotlar qayta taxlanadi: uzunlari bir necha paketlarga ajratiladi, qisqa paketlar esa birlashtiriladi.
Seans pog‘onasi (Session Layer) xar xil komp'yuterlardagi ikki qo‘llanish dasturlari orasida seans deb ataluvchi bog‘lanishni o‘rnatish, foydalanish va yakunlash imkonini beradi. Ushbu pog‘onada tarmoqdagi ikki qo‘llanish dasturlar aloqasi uchun zarur bo‘lgan nomlarni tanib olish va himoya vazifalari bajariladi, o‘zaro bog‘lanish jarayonlar o‘rtasida dialogni boshqarishni ta'minlaydi, ya'ni tomonlardan qaysi biri qachon va qancha vaqt uzatish bajarishini boshqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |