«Kompyuter tarmoqlari» fanidan yakuniy nazorat savollari


WDM texnalogiyasi qo’llanilish sohasi?



Download 0,63 Mb.
bet28/72
Sana02.02.2022
Hajmi0,63 Mb.
#425633
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   72
Bog'liq
«Kompyuter tarmoqlari» fanidan yakuniy nazorat savollari Kompyu

WDM texnalogiyasi qo’llanilish sohasi?

Aloqa tarmoqlariga bo’lgan talablarning kundan-kunga oshishi tufayli shu talablarni qondiruvchi yangi texnologiyalar yaratilmokda va amalda qo’llanilmoqda.
SDH/SONET ierarxiyasining uzatish tezliklarini ko’llagan holda optik tolali aloqa tarmoqlari rivojlana boshladi. Natijada kam kanalli uzatish tezliklaridan STM-1ga (tezligi 155 Mbit/s) undan keyin STM-4 (tezligi 622 Mbit/s) undan keyin esa STM-16 (tezligi 2.5 Gbit/s) ga o’tish amalga oshdi. Bunday jadal rivojlanishning zaruriyati Internet trafiklariga ya’ni uning xizmat turlariga bo’lgan qiziqish bilan ham bog’liqdir. Internet tarmoqlariga ulanuvchi kanallar xajmining oshishi o’z navbatida foydalanuvchilarga multimediyalardan foydalanish imkonini beradi. Bu esa tarmoqqa ulanuvchi operatorlarni sonini oshirishga majbur qiladi va natijada kanallar soni singari ularning uzatish tezliklari ham oshadi. Bunday tezliklardan foydalanish uchun STM-64, STM-256 texnologiyalari yaratildi. Lekin ma’lumotlarni uzatish xajmining yanada oshishi va o’tkazuvchanlik qobiliyatining mavjud bo’lgan optik tolalar orqali tez to’lishi yana muammolarni yuzaga keltirdi. Bunday muammolarni hal qilish uchun esa 3 variantdan foydalanishga to’g’ri keladi:
- yangi optik kabellarni yotqizish;
- vaqtli multipleksorlashga ega bo’lgan apparaturalardan foydalanish;
- WDM texnologiyalaridan foydalanish;
Birinchi variantda tarmoqdagi mavjud bo’lgan optik kabellarni o’rniga yangisini yotqizish iqtisodiy qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi.
Ikkinchi variantda esa, yotqizilgan optik kabellar orqali STM-64, STM-256 kabi texnologiyalarning yuqori tezlikli oqimlarini uzatish mumkin. Umuman bunday tezliklarda eng asosiy vazifani signalning aks qaytishi va polyarizatsion modali dispersiya amalga oshiradi. Dispersiyani sozlash uchun, manfiy qiymatga ega bo’lgan tolali optik kabelning bir bo’lagidan foydalaniladi. Shuningdek, uzatish tezligining oshishi bilan yorug’lik oqimining so’nishi oshadi va foto qabul qilgichning sezuvchanligini pasaytiradi ya’ni xatolikning paydo bo’lish chastotasi belgilangan chegaraga mos keladi, bu esa kirish signalining minimal quvvatini oshiradi. Qabul qilinadigan signalni etarli quvvat bilan ta’minlash uchun qo’shimcha ravishda kuchaytirgich va regeneratorlarni joylashtirishga to’g’ri keladi.
To’lqin uzunligi bo’yicha ajratilgan optik multipleksorlash (WDM Wavelength Division Multiplexing), optik zichlashtirish bo’yicha yangi texnologiyalardan hisoblanadi. Hozirgi paytda WDM, ma’lumotlarni uzatuvchi analog tizimlar uchun chastota bo’yicha multipleksorlash (FDM), kabi optik sinxron tizimlarda ham xuddi shunday vazifani o’taydi. Shu sababli WDM li tizimlar, chastota bo’yicha optik multipleksorlovchi (OFDM) tizimlar nomini oldi. Lekin bunday texnologiyalar bir-biridan keskin farq kiladi. FDM da bir yon chastota oralig’iga ega bo’lgan amplitudaviy modulyatsiyalash mexanizmi qo’llaniladi. OFDM modulyatsiya mexanizmida esa, tashuvchi chastotalar alohida manbalar (lazerlar)da ishlab chiqiladi. Bunday signallar bitta ko’p chastotali signalga multipleksorlar yordamida birlashtiriladi. Uning har bir tashkil topuvchisi (tashuvchisi) turli sinxron texnologiyalar qonuni bo’yicha shakllangan raqamli signallarning oqimlarini uzatishi mumkin. Masalan bitta tashuvchi ATM trafikni, boshqasi SDH ni, uchinchisi esa PDH ni uzatishi mumkin. Buning uchun tashuvchi uzatuvchi trafikka mos keluvchi raqamli signal bilan modulyatsiyalanadi.


  1. Download 0,63 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish