Kompyuter tarmoqalri fanidan o’qitish materiallar to’plami
Urganch shaxar Kompyuter texnologiyalari texnikumi
109
OSI TARMOG'INING MODELI
«Open Systems Interconnection Basic Reference Model — Ochiq
tizimlarning o‘zarobog‘lanish etalon modeli deb nomlangan model dastlabki
ko’rininshida hujjat bo’lib ro‘yxatdan o‘tkazilan. 1978-yilda u OSI /ISO (GOST R
ISO/МЭК 7498-1-99) tarmoq protokollari stekining tarmoq modeli hisoblandi.
Modelning maqsadi har bir pog‘onada hozirda mavjud yoki mavjud
bo‘lmagan har xil texnologiyalar ishlashiga qaratilgan. Shu sababli tarmoqda
yangi texnologiyalar «bir-biriga bog‘langan» pog‘onalarni to‘liq qayta ish-
lamasligi mumkin. OSI modelining arxitektorlar guruhi Buyuk Britaniya,
Fransiya va AQSHning kompyuter-telekom sanoati vakillaridan iborat edi.
Ularning yordamida qisqa muddatda ochiq tizimlarning to‘liq ishlashiga
erishildi. Qaysidir vaqtgacha OSI to‘g‘ri bo‘lib ko‘rindi. Butun yer yuzi bo‘ylab
minglab texnika siyosatchilari va muhandislari OSI standartlarini yaratish
bo‘yicha katta hissalarini qo‘shdilar va u kimga kerak bo‘lsa, barcha uni qo‘llab-
quvvatladi. Bular kompyuter va telekommunikatsiya kompaniyalari, xalqaro
standartlarni ishlab-chiqaruvchi qo‘mitalar va davlatning milliy boshqarmalari
edi. 1980-yillarning o‘rtalarida shubhasiz yutuq OSI standartlarini qabul
qilishdan boshqa yo‘l yo‘qligini ko‘rsatdi.
O‘tgan asr 90-yillarning oxirlariga kelib, OSI loyihasi unutila boshlandi.
Nima sababdan? Sababi arzon va moslashuvchan bo‘lgan va kam
ta’riflangan alternativ Transmission Control Protocol / Internet Protocol
(TCP/IP) borligi bo‘ldi. OSI loyihasi darz ketganda (bu rasman 1996-yilda
bo‘lgan) Internetning asosiy g‘oyachilaridan biri Eynar Stefferrud (Einar
Stefferud) «OSI is a beautiful dream, and TCP/IP is living it», ya’ni «OSI modeli
qanday chiroyli orzu, TCP/IP esa barchasidan yashovchandir» degan edi.
1960-yilda raqamli texnikaning tarixi boshlanadi. O‘sha paytlar
kompyuter aloqasining raqamli tizimi kuchli boshlang‘ich holatda edi va
hukumatning ilmiy-tadqiqot dasturlari minglab mutaxassislarning intensiv,
keng miqyosdagi tadqiqotining predmeti hisoblanar edi. Ularning ichida
istiqbolli loyihalardan biri hammaga ma’lum «paketli kommutatsiya» edi. Bu
konsepsiyaning muallifi — RAND kompaniyasining a’zosi Pol Beran edi, lekin
bu mavzuda, parallel ravishda, Angliyada milliy fizika laboratoriyasi olimi
Donald Devis ham ish olib borayotgan edi. Paketlar kommutatsiyasidan
110
Kompyuter tarmoqalri fanidan o’qitish materiallar to’plami
Urganch shaxar Kompyuter texnologiyalari texnikumi
kanallar kommutatsiyasining farqini ta’riflab o‘tirmaymiz. Elektr aloqa,
telegrafdan boshlab yuz yillik tarixiga hamma o‘rgangan kanallar
kommutatsiyasiga qaraganda, paketlar kommutatsiyasi ishonchli va samarali
ishlashiga Beran va Devislar ishonar edilar.
DARPA-istiqbolli tadqiqotlar va mudofaa loyihalari agentligining
homiyligi evaziga tadqiqotchilar birinchi bo‘lib, amaliy natijaga erishdilar va
ARPANET deb nomlangan birinchi paketli kommutatsiya tarmog‘ini yaratdilar.
1969-yilda Kaliforniya shtati hududlarida bir shahardan boshqasiga bir nechta
harflarni uzatish mumkin edi. Ko‘plab tashkilotlar birinchi navbatda, gigant
IBM kompaniyasi, telefon monopoliyachisi AT&T kompaniyasi Yevropa
telefonchilari bilan birgalikda bu g‘oyani ma’qulladilar va ularda paketli
kommutatsiya tarmog‘i doirasida shaxsiy manfaatga qaratilgan rejalar paydo
bo‘ldi. Hozirgi kunda ham to‘liq moslashgan raqamli ma’lumot uzatish
tarmoqlarida AT&T kompaniyasi tarmoqda investitsiyalarni va daromadlarni
himoyalash maqsadida, baytlarni uzatish huquqini monopoliyalashtirish
bo‘yicha fikr va g‘oyalarga ega. Shunday qilib, katta o‘yinning natijasi
buyurtmachilar bilan IBM va telefon monopoliyachilari «kanal
kommutatsiyasi» sxemasini texnik va tashkiliy jarayonlarini imitatsiya qiluvchi
«virtual kanal»ni ichiga joylashuvchi «paketlar kommutatsiyasi» g‘oyasini ilgari
surdilar.
Bu g‘oya atrofida ko‘plab tajribali mutaxassislar shug‘ullandilar.
Ularning fikriga ko‘ra, bu yagona variant edi, biroq hali ishlab
chiqilmagan elektrik va boshqa fizik interfeyslar bo‘yicha savollar tug‘ila
boshladi. Bu yo‘nalishda standartlarni yaratish Xalqaro tarmoqlar (INWG-)
bo‘yicha ishchi guruh tashkil topishi bilan 1972-yildan boshlandi. Bu guruhning
birinchi raisi Vint Serf edi. Bu guruhning boshqa vakillari Aleks Makkenzi
AQSH, Donald Devis va Rodjer Skantlebyuri Buyuk Britaniya, Lui Puzen va
Xubert Simmerman (Hubert Zimmermann) Fransiyadan edilar. INWGning
maqsadi Lui Puzen ishlab chiqqan «deytagramm-stayl» paketli
kommutatsiyasini rivojlantirish bo‘ldi. Deytagramm bog‘lanishning ahamiyati,
bunda aloqa o‘rnatilishida uzatuvchi va qabul qiluvchi o‘rtasida to‘g‘ridan-
to‘g‘ri aloqa yo‘q. Ma’lumotlar oddiy paketlar ko‘rinishda ketma-ket uzatiladi
va aniq bir paketni yetkazib berishda hech qanday kafolat yo‘q. Agar paket
yo‘qolsa, faqat yo‘qolgan paket qayta yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |