Kompyuter tarmoq. P. Qalxanov


E  – mail dir.  E –



Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/72
Sana01.01.2022
Hajmi1,32 Mb.
#301923
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72
Bog'liq
kompyuter tarmoqlari

– mail dir. 



E –

 mail  elektron 

xatlar  tizimidir.  Tarmoqdagi  munozaralarni  ta`minlash  borasida  yangiliklar  guruhi  deb 

nomlanuvchi global holda tarqalgan tizim belgilangan. Ana shu tizimlardan eng mashxuri Usenet  

yangiliklar  guruhidir.    Internet  xizmati  yiroqlashtirilgan  komp`yuter  tarmog`i  bilan  bog`lanish 

hamda  uning  resurslaridan  foydalanish  imkonini  beradigan  tizim  bu  –  Telnet  dir.  Nihoyat 

internetda IRC (chat) tizimi bor.  Bu tugmalar yordamida jonli muloqotga kirishish mumkin. IRC 

–  bu  jonli  muloqotda  bo`lish  va  foydalanuvchiga    klaviatura  orqali  Internet  imkoniyatlaridan 

foydalanish imkonini beradi.  



 

        Internet  –  bu  Internet  texnologiyasi,  dastur  ta`minoti  va  qaydnomalari  asosida  tashkil 



etilgan, hamda ma`lumotlar bazasi va elektron xujjatlar bilan kollektiv ravishda ishlash imkonini 

beruvchi  korxona  yoki  kontsern  miqyosidagi  yagona  informatsion  muhitni  tashkil  etuvchi 

komp`yuter  tarmog`idir.  Internet  boshqa  komp`yuter  tarmoqlaridan  quyidagi  bilan  farqlanadi. 

Bir yoki bir nechta serverlardan tashkil etilgan tarmoq mijozi undagi elektron xujjat, ma`lumotlar 

bazasi va fayllardan foydalanish uchun, ularning qaysi serverda, qaysi direktoriyada qanday nom 

bilan saqlanganligini, ularga kirish usul va shartlarini bilishi zarur bo`ladi. Internetda esa bunday 

noqulayliklarni  oldi  olingan  bo`lib,  uning  foydalanuvchisi  bunday  ma`lumotlarni  bilishi  shart 

emas.  Bundan  tashqari,  Internet  tarmog`ida  mavjud  bo`lgan  barcha  elektron  xujjat  va 

ma`lumotlar  bazasini  giper  bog`lanishlar  yordamida  o`zaro  bog`lab  yagona  informatsion  muhit 

qurish,  unda  qulay  informatsion  qidiruv  tizimlarini  tashkil  etish  mumkin  bo`ladi.  Internet  o`z-

o`zini  shakllantiruvchi  va  boshqaruvchi  murakkb  tizim  bo`lib,  asosan  uchta  tarkibiy  qismdan 

tashkil topgandir: 

 

Texnik 



 

Dasturiy 



 

Informatsion          



        Internetning  texnik  tarkibiy  qismi  har  xil  turdagi  komp`yuterlar,  aloqa  kanallari(telefon, 

sputnik,  shisha  tolali  va  boshqa  turdagi  tarmoq  kanallari),  hamda  tarmoq  texnik  vositalari 

majmuidan  tashkil  topgandir.  Internetning  ushbu  texnik  vositalarining  barchasi  doimiy  va 

vaqtinchalik asosda faoliyat ko`rsatishi mumkin. Ulardan ixtiyoriy birining vaqtinchalik ishdan 

chiqishi Internet tarmog`ining umumiy faoliyatiga aslo ta`sir ko`rsatmaydi. 

        Internetning  dasturiy  ta`minoti  tarmoqqa  ulangan  xilma-xil  komp`yuterlar  va    tarmoq 

vositalarini  yagona  standart  asosida  muloqot  qilish,  ma`lumotlarni  ixtiyoriy  aloqa  kanali 

yordamida  uzatish  darajasida  qayta  ishlash,  axborotlarni  qidirib  topish  va  saqlash,  hamda 

tarmoqda  informatsion  xavfsizlikni  ta`minlash  kabi  muhim  vazifalarni  amalga  oshiruvchi 

dasturlar majmuidan iboratdir. 

        Internetning  informatsion  tarkibiy  qismi  Internet  tarmog`ida  mavjud  bo`lgan  turli  elektron 

xujjat,  grafik  rasm,  audio  yozuv,  video  tasvir  va  hokazo  ko`rinishdagi  axborotlar  majmuasidan 

tashkil topgandir. Ushbu tarkibiy qismning muhim xususiyatlaridan biri, u butun tarmoq bo`ylab 

taqsimlanishi  mumkin.  Masalan,  shaxsiy  komp`yuteringizda  o`qiyotgan  elektron  darsligingizni 

matni bir manbadan, rasmlari va tovushi ikkinchi manbadan, video tasvir va izoxlari esa uchinchi 

manbadan yig`ilishi mumkin. Shunday qilib, tarmoqdagi elektron xujjatni o`zaro moslashuvchan 

giper bog`lanishlar orqali bir necha manbalar majmuasi ko`rinishida tashkil etish mumkin ekan. 

Natijada  millionlab  o`zaro  bog`langan  elektron  xujjatlar  majmuasidan  tashkil  topgan 

informatsion  muhit  xosil  bo`ladi.  Bir  qarashda  inernetning  texnik  tarkibiy  qismi  blan 

informatsion tarkibi o`zaro o`xshashdek tuyuladi. Chunki ikkla xolda ham biz «birni ko`plikka» 

usulda  tashkil  etilgan  ob`ektlar  borligiga  duch  kelamiz.  Aslida  bunday  emas.  Texnik  nuqtai 

nazardan  internetda  mavjud  bo`lgan  ixtiyoriy  komp`yuter  ko`plab  komp`yuterlar  bilan 

bog`langan  bo`ladi.  Bunday  bog`lanish  «XARMSK»(    Net)  deb  ataladi.  Informatsion  nuqtai 

nazardan  internetda  e`lon  qilingan  har  bir  elektron  xujjat  tarmoqdagi  bir  nechta  xujjatlar  bilan 

o`zaro  bog`lanishda  bo`lishi  mumkin.  Bu  xoldagi  informatsion  bog`liqlik  «to`r»  (Web)  nomini 

olgan. Shunday qilib, «tarmoq»( Net) haqida so`z yuritilganda o`zaro bog`langan komp`yuterlar 

majmuasi  tushunilsa,  «to`r»  (Web)  haqida  so`z  yuritilganda  esa  yagona  informatsion  muhitni 

tashkil  etuvchi  elektron  xujjatlar  majmuasi  tushuniladi.  Amaliyotda  internetning  real,  fizik 

bog`lanishlar orqali tashkil topgan tarmog`idagi komp`yuterlar bilan virtual informatsion fazoni 

tashkil etuvchi elektron xujjatlari har xil manzillar yordamida ifodalanadi. 

        Internetda  axborot  almashish  standart  qoidalar  asosida  amalga  oshiriladi.  Internetdagi 

ma`lumotlarni uzatish qoidalari qaydnomalar deb ataladi. Internet tarmog`ining ishlash printsipi 

TCP/IP  (Transmission  Control  Protocol/Internet  Protocol  –  ma`lumotlarni  uzatish 

qaydnomasi/Internet qaydnomasi) dan foydalanishga  asoslangan. TCP/IP  qaydnomalari  Internet 

global  tarmog`ida  ham,  shuningdek  boshqa  ko`pgina  lokal  tarmoqlarda  ma`lumotlarni  uzatish 

uchun xizmat qiladi. Albatta, Internetdan foydalanuvchilarga  TCP/IP qaydnomalari haqida hech 




 

qanday  maxsus  bilim  talab  qilinmaydi,  biroq  umumiy  tavsifdagi,  echilishi  mumkin  bo`lgan 



muammolarni hal qilish uchun asosiy ishlash printsiplarini tushunish, xususan elektron pochtalar 

tizimini  joylashtirish  (sozlash)ni  bilish  kerak.  Shuningdek,  TCP/IP  qaydnomalari  Internetning 

boshqa bazali qaydnomalari FTP va TelNet qaydnomalari bilan uzviy bog`langan. 

        Ko`pchilik foydalanuvchilar TCP/IP ni bitta dastur deb o`ylashadi. Aksincha, u tarmoqning 

bir  vaqtning  o`zida  ma`lumot  uzatish  uchun  ishlab  chiqilgan,  o`zaro  bog`langan 

qaydnomalarning  butun  bir  dasturlar  oilasidir.  TCP/IP  tarmoqning  dasturlar  qismi  bo`lib,  

TCP/IP  oilasidagi  har  bitta  qism  ma`lum  bir  aniq  maqsadga  qaratilgan:  elektron  pochtalarni 

yuborish,  tizimga  olis  masofalardan  kirishni  ta`minlash,  fayllarni  manzillarga  jo`natish, 

xabarlarga yo`l ko`rsatish yoki tarmoqlardagi buzilishlarni talqin qilish.   

        TCP/IP  tarkibiga  kiruvchi  turli  servis  va  ularning  bajaradigan  vazifalariga  qarab  har  xil 

sinflarga bo`linadi. Quyida qaydnoma guruhlari va ularning vazifalari keltirilgan. 

        TCP  (Transmission  Control  Protocol)  –  qabul  qiluvchi  va  uzatuvchi  komp`yuterlarning 

mantiqiy bog`lanishiga asoslangan ma`lumotlarni uzatilishini qo`llab-quvvatlovchi qaydnoma. 

        UDP  (User  Datagram  Protocol)  –  mantiqiy  bog`lanishlar  o`rnatilmasdan,  ma`lumotlar 

uzatilishini  qo`llab-quvvatlaydi.  Bu  yuboruvchi  va  qabul  qiluvchi  komp`yuterlar  o`rtasida 

oldindan bog`lanish o`rnatilmasdan ma`lumotlarni yuborishni anglatadi. 

        IP (Internet Protocol) – ma`lumotlarni uzatishni ta`minlaydi. 

        RIP  (Routing Information Protocol) – manzilga xabarlarni etkazuvchi eng yaxshi yo`llarni 

tanlovchi qaydnomalardan biri. 

        OSPF (Open Shortes Path First) – yo`llarni aniqlovchi muqobil qaydnoma. 

        ARP (Adress Resolution Protocol) – tarmoqdagi komp`yuterning sonli manzilini aniqlaydi. 

        DNS  (Domain  Name  System)  –  tarmoqdagi  komp`yuterlarni  nomlari  bo`yicha  sonli 

manzilini aniqlaydi. 

        RARP  (Reverse  Adress  Resolution  Protocol)  –  tarmoqdagi  komp`yuterlarning  manzilini 

aniqlaydi, biroq  ARP ga teskari holatda. 

        Amaliy  servislar  –  bu  shunday  dasturlarki,  ulardan  foydalanuvchi  yoki  komp`yuter  har  xil 

xizmatlar uchun ruxsat oladi. 

        BootP  (Boot  Protocol)  –  serverning  boshlang`ich  ma`lumotlarini  o`qish  bilan  tarmoqdagi 

komp`yuterlarni ishga tushiradi. 

        FTP (File Transfer Protocol) – komp`yuter o`rtasida fayllarni bir-biriga uzatadi. 

        TelNet  (Telephone  Network-telefon  tarmog`i)  –  tizimga  uzoqdagi  terminal  ruxsatini 

ta`minlaydi,  ya`ni  bitta  komp`yuterdan  foydalanuvchi  boshqa  uzoqdagi  komp`yuter  bilan  xuddi 

qo`lidagi klaviaturada ishlayotgandek muloqot qiladi. U uzoqqa uzatish qaydnomasidir. 

        Shlyuzli  qaydnomalar  –  tarmoq  bo`ylab  uzatilayotgan  xabarlar  yo`llari  haqida  va 

tarmoqdagi  ma`lumotlar  holati,  shuningdek  lokal  tarmoqdagi  ma`lumotlarni  talqin  qilishga 

yordam beradi. 

        EGP  (Exterior  Gateway  Protocol)  –  yo`llari  ko`rsatilgan  ma`lumotlarni  tashqi  tarmoqqa 

uzatish uchun xizmat qiladi. 

        GGP  (Gateway  to  Gateway  Protoco)  –  yo`llari  ko`rsatilgan  ma`lumotlarni  uzatish  uchun 

xizmat qiladi. 

        IGP  (Interior  Gateway  Protocol)  –  yo`llari  ko`rsatilgan  ma`lumotlarni  ichki  tarmoqda 

uzatishga xizmat qiladi. 

        Quyidagi  qaydnomalar  yuqoridagi  kategoriyalarga  tegishla  emas,  ammo  tarmoqlarda 

ahamiyati kattadir. 

        NFS (Network File System) – lokal komp`yuterlarda mavjud bo`lgan katalog va fayllardan 

foydalanish imkonini beradi. 

        NIS  (Network  Information  Service)  –  parollarni  tekshiradi  va  tizimga  kirishni 

molellashtiradi. Tarmoqdagi bir nechta komp`yuterlar foydalanuvchilari haqidagi ma`lumotlarni 

ko`rsatadi. 

        RPC  (Remote  Procedure  Call)  –  o`chirilgan  amaliy  dasturlarni  bir-biri  bilan  sodda  va 

samarali holatda biriktiradi. 



 

        SMTP  (Simple  Mail  Transfer  Protocol)  –  elektron  pochtani  komp`yuterlarga  yuboruvchi 



qaydnoma. 

        SNMP  (Simple  Networc  Management  Protocol)  –  ma`muriy  qaydnoma  -  tarmoq  holati  va 

unga ulangan boshqa qurilmalarga ma`lumotlarni uzatadi. 

        Shunday qilib, servisning barcha turlari majmui  TCP/IP – kuchli va samarali qaydnomalar 

majmuini tashkil qiladi. 

 

 



        Tekshiruv savollari: 

1.

 



Internet nima? Uning kelib chiqish  tarixi. 

2.

 



Internetning asosiy tarkibiy qismlari. 

3.

 



Internetning asosiy resurslariga nimalar kiradi? 

4.

 



Internet qaydnomalari. TCP/IP qaydnomasi haqida tushuncha. 

5.

 



TCP/IP qaydnomasining guruhlari va ularning vazifalari. 


Download 1,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish