Klaviatura (ingl. keyboard) Kompyuterga turli shakldagi axborot kiritish yo’llaridan biri klaviaturada joylashgan tugma (klavish)lar ko’magida amalga oshiriladi. Aniq bir tugma yoki tugmalar birikmasining bosilishi aynan mos ikkilik kodining kiritilishiga olib keladi. Bunga sabab shriftlovchi nomli mikrosxema ma’lum tugma bosilishida hosil bo’luvchi signalni ikkilik kodiga aylantirib beradi. Standart klaviaturalarda 101 yoki 102 ta klavish bo’ladi. Oldingi turlarida 86 ta bo’lgan. Vazifasiga ko’ra klaviaturadagi klavishlar 6 guruhga bo’linadi. Ular 1) funksional 2) alifbo-raqamli 3) yo’nalishli 4) raqamlar paneli 5) maxsuslashtirilgan 6) modifikatorlar