a) Ishonchli voqea – ma’lum sharoitlar to’plamida albatta yuz beradigan voqea.
b) Mumkin bo’lmagan voqea – ma’lum bir matnda uchramaydigan birliklar
v) Tasodifiy voqea – ma’lum bir matnda ayrim hollarda uchraydigan til birliklari.
Statistik xususiyati o’rganilao’tgan konkret natijalar tanlanma deb yuritiladi. Tanlanmaning hajmi o’ki miqdorini ehtimollik nazariyasi uchun muhim ahamiyatga ega. Tanmalar soni har xil bo’lishi mumkin. Shu asosda ma’lum bir tilning muayyan uslubiga xos tipologig xususiyatlarni aniqlash mumkin. O’zbek tilida gap tuzish paytida so’z formalarining 65% foyizi sintaktik va aralash tildagi so’z o’zgartirish shakllari, qolgani 35% esa faqat analitik tildagi so’z o’zgartirish formalari tashkil qilishi aniqlangan. Shunga ko’ra hozirgi o’zbek adabiy tilida agglyutinativ ajratuvchi tilga xos xususiyatlar etakchi o’rin tutadi, degan xulosaga kelingan.
Ehtimollik nazariyasi asosida so’zlarning qo’llanish chastotasi, bo’g’inlar tarkibida harflarning kelish miqdori ham aniqlanadi. Masalan, tilshunos olim Z.Isomiddinov o’zbek tilida so’z boshida kelish jihatidan faol bo’lgan tovushlarni aniqlash maqsadida 67 ming leksemadan iborat “O’zbek tilining imlo lug’ati” (1976)ni tanlab, tilimizda so’z boshida keladigan tovush (harf) lar intensivligi quyidagicha ekanligini aniqlagan2:
Harf
Soni
Harf
Soni
Harf
Soni
Harf
Soni
T (1)
6326
Ch (10)
2342
O’ (19)
1246
Yo (28)
790
B (2)
5330
P (11)
2288
R (20)
1216
Ya (29)
782
K (3)
4392
I (12)
2240
U (21)
1174
Yu (30)
526
A (4)
4184
G (13)
1938
J (22)
1164
Ye (31)
462
S (5)
4156
Sh (14)
1926
V (23)
1028
Y (32)
448
H (6)
4092
H (15)
1644
F (24)
1024
Ts (33)
100
M (7)
3732
N (16)
1526
G’ (25)
1018
Ъ (-)
-
O (8)
2838
X (17)
1496
Z (26)
1003
Ь (-)
-
D (9)
2616
E (18)
1256
L (27)
890
Keltirilgan jadvaldan ma’lum bo’ladiki, “t” tovushli so’zlar barcha tahlil qilingan so’zlarning 10,0 foyizdan ko’prog’ini tashkil qiladi; undan keyingi o’rinlarni “b”, “k” va “a” tovushli so’zlar egallaydi. Ularning foyiz ko’rsatkichi quyidagicha: “b” – 12,5; “k” – 15,2; “a” – 16,0 kabilar. Bu jadvalning oxirgi o’rinlarini yo, ya, yu, ye va y harflari bilan boshlanuvchi so’zlar egallagan. Bunday tahlillarni yana davom ettirish mumkin.
Nazorat savollari:
1. “Matematik lingvistika“ atamasi va uning ikki ma’nosi.
2. Matematik lingvistika tilshunoslikning tarkibiy qismi sifatida.
3.L.Blumfildt, R.Yakobson, N.Xomskiy, N.Trubetskoylar formal grammatika yaratish nazariyasining asoschilari sifarida.
4. Ifodalanuvchi grammatika va aniqlovchi grammatikaning o’zaro munosabari.
5. Til birliklarini matematik tahlil qilish metodlari va ularning uch ko’rinishi: a) nazariy to’plamlik belgilarini aniqlash metodlari; b) transformatsion yoki algoritmlik belgilarini aniqlash metodlari; v) ehtimollik belgilarini aniqlash metodlari.
6. G.Kantor to’plamlar nazariyasining asoschisi sifatida.
7. Tilshunoslikdagi komponent tahlil metodi va uning to’plamlar nazariyasi bilan o’zaro munosabari.
8. To’olamlardagi binar munosabatlar va ularning uch xususiyati: a) refleksivlik xususiyati; b) simmetriklik xususiyati; v) tranzitivlik xususiyati.
9. Transformatsion yoki algoritmlik belgilarini aniqlash jihatdan til birliklarini tahlil qilish metodlari.
10. Tilni ehtimollik belgilariga ko’ra tahlil qilish metodlari. O’zbek tilida so’z boshida kelish jihatidan faol bo’lgan tovush (harf)larni aniqlash usullari.