Keyslar
Keys 1. A.Po‘latovning “Kompyuter lingvistikasi” qo‘llanmasida o‘zbek tilidagi fe’llarning 100 mingga yaqin grammatik shakllari borligi aytilgan. Uning shakllarini aniqlash maqsad qilib qo‘yildi. Aniqlash uchun qanday ishlarni amalga oshirish kerak.
Keysni bajarish bosqchilari va topshiriqlar:
1. Keysni bajarish bo‘yicha metodlarni belgilang. (guruhlarda)
2. Keyisni bajarish bo‘yicha muammolarni aniqlang. (individual holda)
Nazorat savollari
1. Axborot jarayonini modellashtirish muammolari.
2. Lingvistik avtomatlar, ularning tuzilishi va ishlash jarayoni.
3. O‘zbek lingvistik avtomati va uning yaratilish jarayoni.
4. Kompyuter tilshunosligida matnni avtomatik tahrir qilish uchun yaratilgan dasturning lingvistik asoslari.
5. Ma’lumotlar bazasi qanday yaratiladi?
6. Lingvistik kompyuter dasturlarini takomillashtirish yo‘llari.
Тест саволлари
1. “Inson – kompyuter - inson” muloqot sxemasi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat.
A) axborot beruvchi inson + axborot qabul qiluvchi kibernetik qurilma + axborot uzatuvchi kibernetik qurilma + axborot oluvchi inson
B) axborot qabul qiluvchi kibernetik qurilma + axborot beruvchi inson + axborot uzatuvchi kibernetik qurilma + axborot manbai bo‘lgan kibernetik qurilma
C) axborot uzatuvchi kibernetik qurilma + axborotni qayta ishlovchi kibernetik qurilma + axborot qabul qiluvchi kibernetik qurilma + axborot beruvchi inson
D) axborot beruvchi inson + axborot manbai bo‘lgan kibernetik qurilma + axborotni qayta ishlovchi kibernetik qurilma + axborot oluvchi inson
2. Belgilar haqidagi fan – semiotikaning asoschisi……
A) Aristotel
B) Ch.Pirs
C) V. Leybnits
D) N.Trubetskoy
3. Lingvistik belgi (so‘z, so‘z birikmasi, gap) oz tarkibiga ko‘ra quyidagi to‘rt komponentdan iborat:
A) nom, denotat, designat, konnotat.
B) nom, denotat, substitut, designat.
C) substitut, nom, korrelyat, denotat.
D) korrelyat, nom, designat, konnotat.
4. Matematik til belgisi faqat quyidagi ikki komponentdan iborat bo‘ladi:
A) nom, denotat.
B) nom, designat.
C) designat, denotat.
D) nom, konnotat.
5. Til elementlari matematik metod yordamida o‘rganilganda miqdoriy belgilar quyidagicha uchga ajratiladi:
A) transformatsion, distributiv va ehtimollik belgilari.
B) nazariy to‘plamlik, transformatsion va ehtimollik belgilari
C) nazariy to‘plamlik, distributiv va transformatsion belgilari
D) ehtimollik, deskreptiv va nazariy to‘plamlik belgilari
6. “Til mohiyatan lisoniy modellar haqidagi ta’limotdir”, - degan fikr muallifini aniqlang:
A) H.Ne’marov
B) O.Bozorov
C) R.Rasulov
D) A.Nurmonov
Do'stlaringiz bilan baham: |