TALABALAR BILIMINI BAHOLASH MEZONLARI
Ushbu fan bo‘yicha talabalar bilimini JORIY NAZORAT (JN) mezonlari
Har bir JNdan saralash bali 5,5, umumiy saralash 22
№
|
Ajratil-gan ball
|
Baholash mezoni
|
1.
|
8,6-10 ball
|
Mashg‘ulotga to‘liq qatnashish; topshiriqlarni to‘la va sifatli bajarish; mustaqil ishini ham to‘la bajarish; berilgan savollarga batafsil javob berish; berilgan test topshiriqlarini 86-100 foizda bajara olsa; tahlillarni yuqori saviyada amalga oshirish; fikrni ilmiy-nazariy adabiyotlar yordamida asoslash; qo‘yilgan masala yuzasidan mustaqil mushohada yuritish; tizimli yondashish, uzviylikka amal qilish; imloviy, punktuatsion va uslubiy xatolarga yo‘l qo‘ymaslik; og‘zaki bayonda ravonlik, adabiy uslub meyorlariga to‘la amal qilish; nazariy jihatdan xulosalash.
|
2.
|
7-8,5 ball
|
Mashg‘ulotga qatnashish; topshiriqlarni to‘g‘ri bajarish; mustaqil ishi mavzusini mohiyati ochish; mashqlarni bajash; taqdim etilgan savollar mazmunini anglash; berilgan test topshiriqlarini 71-85 foizda bajarsa; mavjud ilmiy adabiyotlardan kelib chiqib, savollarga javob yozish; mustaqil fikr yuritish; matnni tahlil qilish; tizimli yondashish; ba’zi imloviy xatolarning mavjudligi; og‘zaki bayonda adabiy uslub meyorlariga amal qilish; xulosalarni bayon qilish.
|
3.
|
5,5-7 ball
|
Mashg‘ulotga qatnashish; topshiriqlarini qisman bajarish; mustaqil ishini qisman bajarish; savollar va berilgan mavzuning mohiyatini tushunish; berilgan matnni qisman tahlil qilish; bildirilayotgan mulohazalarni nazariy jihatdan asoslash; qo‘yilgan vazifalar yuzasidan mustaqil fikr yuritish; berilgan test topshiriqlarini 55-70 foizda bajarsa; javoblarda qisman tizimli yondashuv va uzviylikning mavjudligi; ayrim imloviy, uslubiy, punktuatsion xatolarga yo‘l qo‘yish; og‘zaki bayonda ravonlikning buzilganligi; muayyan xulosalarni qayd etish.
|
4.
|
1-5,4 ball
|
Mashg‘ulotga qatnashish, topshiriqlarini juda kam bajarish; mustaqil ishi ham yo‘l-yo‘lakay bajarish yoki bajarmaslik; mashqlarni bajara olmaslik; qo‘yilgan masala haqida tasavvurning mavjudligi; savollarga javob yozish hamda referat mavzusini yoritishda ilmiy-nazariy qoidalarga rioya qilmaslik; berilgan matnni tahlil qila olmaslik; berilgan test topshiriqlarini 10-50 foizda bajarsa; fikrning nazariy adabiyotlar yordamida yetarlicha asoslanmaganligi; tizimli yondashuv va uzviylik tamoyillariga amal qilinmaganligi; ishda imloviy, uslubiy, punktuatsion xatolarga yo‘l qo‘yish; og‘zaki bayonda ravonlikning yo‘qligi; xulosalarda yondashuvning yuzaki ekanligi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |