a) Ishonchli voqea – ma’lum sharoitlar to‘plamida albatta yuz beradigan voqea.
b) Mumkin bo‘lmagan voqea – ma’lum bir matnda uchramaydigan birliklar
v) Tasodifiy voqea – ma’lum bir matnda ayrim hollarda uchraydigan til birliklari.
Statistik xususiyati o‘rganilao‘tgan konkret natijalar tanlanma deb yuritiladi. Tanlanmaning hajmi o‘ki miqdorini ehtimollik nazariyasi uchun muhim ahamiyatga ega. Tanmalar soni har xil bo‘lishi mumkin. Shu asosda ma’lum bir tilning muayyan uslubiga xos tipologig xususiyatlarni aniqlash mumkin. O‘zbek tilida gap tuzish paytida so‘z formalarining 65% foyizi sintaktik va aralash tildagi so‘z o‘zgartirish shakllari, qolgani 35% esa faqat analitik tildagi so‘z o‘zgartirish formalari tashkil qilishi aniqlangan. Shunga ko‘ra hozirgi o‘zbek adabiy tilida agglyutinativ ajratuvchi tilga xos xususiyatlar etakchi o‘rin tutadi, degan xulosaga kelingan.
Ehtimollik nazariyasi asosida so‘zlarning qo‘llanish chastotasi, bo‘g‘inlar tarkibida harflarning kelish miqdori ham aniqlanadi. Masalan, tilshunos olim Z.Isomiddinov o‘zbek tilida so‘z boshida kelish jihatidan faol bo‘lgan tovushlarni aniqlash maqsadida 67 ming leksemadan iborat “O‘zbek tilining imlo lug‘ati” (1976)ni tanlab, tilimizda so‘z boshida keladigan tovush (harf) lar intensivligi quyidagicha ekanligini aniqlagan2:
Harf
|
Soni
|
Harf
|
Soni
|
Harf
|
Soni
|
Harf
|
Soni
|
T (1)
|
6326
|
Ch (10)
|
2342
|
O‘ (19)
|
1246
|
Yo (28)
|
790
|
B (2)
|
5330
|
P (11)
|
2288
|
R (20)
|
1216
|
Ya (29)
|
782
|
K (3)
|
4392
|
I (12)
|
2240
|
U (21)
|
1174
|
Yu (30)
|
526
|
A (4)
|
4184
|
G (13)
|
1938
|
J (22)
|
1164
|
Ye (31)
|
462
|
S (5)
|
4156
|
Sh (14)
|
1926
|
V (23)
|
1028
|
Y (32)
|
448
|
H (6)
|
4092
|
H (15)
|
1644
|
F (24)
|
1024
|
Ts (33)
|
100
|
M (7)
|
3732
|
N (16)
|
1526
|
G‘ (25)
|
1018
|
Ъ (-)
|
-
|
O (8)
|
2838
|
X (17)
|
1496
|
Z (26)
|
1003
|
Ь (-)
|
-
|
D (9)
|
2616
|
E (18)
|
1256
|
L (27)
|
890
|
|
|
Keltirilgan jadvaldan ma’lum bo‘ladiki, “t” tovushli so‘zlar barcha tahlil qilingan so‘zlarning 10,0 foyizdan ko‘prog‘ini tashkil qiladi; undan keyingi o‘rinlarni “b”, “k” va “a” tovushli so‘zlar egallaydi. Ularning foyiz ko‘rsatkichi quyidagicha: “b” – 12,5; “k” – 15,2; “a” – 16,0 kabilar. Bu jadvalning oxirgi o‘rinlarini yo, ya, yu, ye va y harflari bilan boshlanuvchi so‘zlar egallagan. Bunday tahlillarni yana davom ettirish mumkin.
Adabiyotlar:
1. Fayzullayev O. Matematika va falsafa yoxud matematika falsafiy nuqtai nazardan qanday fan? // “Ma’rifat” gazetasi, 2005-yil 26-fevral.
2. Эшқобил Шукур. Она тилимиз “ҳужайралари” ёхуд cўз математикаси // “Ўзбекистон адабиёти ва санъати”, 2006 йил 24 февраль, 8 (3837)-сон.
3. Нурмонов А., Йўлдошев Б. Тилшунослик ва табиий фанлар. – Тошкент, 2001. – Б. 56-70.
4. Нурмонов А. Структур тилшунослик: илдизлари ва йўналишлари.–Андижон, 2006. – Б. 120-133.
5. Исомиддинов З. Ўзбек тилида товушлар интенсивлиги // Тил ва адабиёт таълими, 2005. № 1. - Б. 88-91.
6. Отақўзиев Д. Тилшунослик ва математиканинг алоқаси ҳақида // Ўзбек филологиясининг долзарб масалалари (республика илмий-назарий анжумани материаллари). – Наманган, 2006. – B. 349-252.
7. Yo‘ldoshev B. Matematik va kompyuter lingvistikasi (uslubiy qo‘llanma). – Samarqand: SamDU nashri. 2007. – B. 31-32.
8. Muxamedova S. Kompyuter lingvistikasi (metodik qo‘llanma). – Toshkent: ToshDPU nashri, 2007. – B. 17-21.
Do'stlaringiz bilan baham: |