tanlanadi. Axborotni parallel uzatishdagi muhim sharti, bu har bir bitni uzatishga mo'ljallangan Kabellar,uzunligi,bir,biriga deyarli teng bo'lishligidir. Aks holda, turli uzunlikdagi kabellardan o'tayotgan signallar o'rtasida qabul qilish qurilmasining kirishida vaqt bo'yicha siljish hosil bo'ladi. Buning natijasida tarmoq qisman buzilishi yoki butunlay ishdan chiqishi mumkin. Masalan, 100 Mbit/s axborot uzatish tezligida va bitni uzatish davri 10 ns bo'lganda vaqt bo'yicha siljish 5—10 ns.dan oshmasligi lozim. Bunday siljish kattaligi kabellarning uzunlikdagi Farqi:1-2 metr bo'lganda hosil bo'ladi. Kabel uzunligi 1000 metr bo'lganda esa, bu kattalik.0,1_0,2 % ni tashkil qiladi. Haqiqatan, ba'zi yuqori tezlikda ishlovchi mahalliy tarmoqlarda 2-4 talik kabel yordamida axborot parallel uzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |