Kompyuter injiniringi (at-servis) yo‘nalishi 613-18 guruh talabasi Muhammadsiddiqov Akmaljonning “Farg‘ona shahar “Fortuna bizness” kredit tashkiloti uchun bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha telegram botini tayyorlash” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga



Download 1,24 Mb.
bet2/22
Sana21.07.2022
Hajmi1,24 Mb.
#832319
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Yangi

KIRISH


Jadal rivojlanib borayotgan texnologiyalar davrida raqamli texnologiyalarni rivojlantirish xar bir davlat uchun juda muhim va dolzarb muammolardan biri bo‘lib kelmoqda. Buning asosiy sabablaridan biri vaqtdan unumli foydalanishdir hamda samaradorlikni oshirishdir.
Ishga joylashmoqchi bo‘lib yurgan fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish uchun arizalarni online tarzda ko‘rib chiqish, hamda ularni tez fursatda ijobiy hal etish dolzarb hisoblanadi.
Mamlakatimizda “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasiga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarini raqamlashtirish, davlat axborot tizimlari va elektron xizmatlarni joriy etish, shuningdek, raqamli texnologiyalardan keng foydalanishni ta’minlash bo‘yicha xalq ta’limi, davlat xizmatlari, sud, moliya va bank tizimida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatning rivojlanish holatini samarali reyting baholash tizimi hamda uni amalga oshirishning idoralararo mexanizmining yo‘qligi iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarni raqamli transformatsiyasi hozirgi holatini chuqur tahlil qilishga to‘sqinlik qilmoqda. Raqamlashtirishni ta’minlashga va raqamli iqtisodiyotga o‘tishga to‘sqinlik qilayotgan qator hal qilinmagan muammo va kamchiliklar saqlanib qolinmoqda.[1]
Xususan, davlat axborot tizimlarini rivojlantirishning yagona prinsiplari ishlab chiqilmagan, ushbu sohadagi tadbirlar esa o‘zaro va boshqa axborot tizimlari bilan uzviy bog‘lanmagan holda amalga oshirilmoqda.
“Elektron hukumat” tizimi infratuzilmasi lozim darajada rivojlanmayapti, bu davlat xizmatlarini ko‘rsatishda va idoralararo elektron hamkorlik qilishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llashga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda.
“Elektron hukumat” tizimini joriy etishda ta’sirchan muvofiqlashtiruv va yagona texnologik yondashuvning mavjud emasligi resurslarning nooqilona foydalanilishiga olib kelmoqda hamda tadbirlarning samaradorligini pasaytirmoqda.
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, “Elektron hukumat” tizimining joriy etilishini ta’minlash, aholi, biznes va davlat o‘rtasida samarali o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun qo‘shimcha shart-sharoit yaratish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq:
“Elektron hukumat” tizimini joriy etish raqamli iqtisodiyotning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi elektron hukumat sohasidagi hamda davlat boshqaruvida axborot tizimlarini joriy etishda vakolatli organ hisoblanadi, ushbu sohada yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish hamda davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish uchun mas’ul hisoblanadi.
Vazirlikning elektron hukumat sohasida, shuningdek, davlat boshqaruvida axborot tizimlarini joriy etish bo‘yicha o‘z vakolati doirasida qabul qilgan qarorlari ijrosini ta’minlash respublikaning barcha vazirliklari, idoralari va tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi;
Davlat boshqaruvida axborot tizimlari, resurslari va boshqa dasturiy mahsulotlarini yaratish va joriy etish bo‘yicha loyihalar, shuningdek, bunday loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Vazirlikda ekspertizadan o‘tkazilishi shart.
Hozirgi kunda “Elektron hukumat” tizimi doirasida amalga oshirilayotgan idoralararo va idoraviy axborot tizimlari, ma’lumotlar bazalari, dasturiy mahsulotlarni yaratish va joriy etish loyihalarining hamda axborot-kommunikatsiya sohasidagi boshqa loyihalarning amalga oshirilishi va moliyalashtirilishini to‘xtatib qo‘yiladi.
Hammamizga ma’lumki hozirgi kunda axborot texnologiyalarning yangilanishi, tarmoq texnologiyalarini rivojlanishi barcha sohalar singari o‘qitish sohasida ham katta o‘zgarishlarga olib kelmoqda. Ma’lumotlarni uzatish tizimi asosida o‘qitishni tashkil etishga turli yondashuvlar mavjud. Bunday yondashuvlar o‘qitishning turli ko‘rinishlarida va ayniqsa masofaviy o‘qitish tizimida o‘z aksini topmoqda. Uning turli dasturiy vositalar, uslubiyat va normativlar hozirgi kunda ushbu tizimning tez sur’atlarda rivojlanishini ta’minlayapti. Butun dunyo kompyuter tarmog‘i tizimiga asoslangan turli kompyuterli mul’timedia texnologiyalarini va ilg‘or o‘qitish texnologiyalarini umumlashtiruvchi yangicha o‘qitish virtual muassasalarni zamonaviy informatsion jamiyatda axborot va bilimlarning epitaksimal o‘sishi masalasi yechimi sari olib boruvchi yo‘l sifatida qarash o‘rinli.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan yillaridan boshlab mamlakatimizda axborotlashtirish va ta’limda axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash muammolariga hukumatimiz tomonidan alohida e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev so‘zlari bilan aytganda “Oldimizda turgan keng ko‘lamli vazifalarni bajarish uchun kadrlar bilan ishlashning butun tizimini takomillashtirishga doir bir qator ishlarni albatta amalga oshirishimiz kerak”.
Ta’limni kompyuterlashtirish bilan bog‘liq muammolarni tadqiq qilishda ko‘plab yutuqlarga erishilganligini qayd qilgan holda bu sohada yechimini kutayotgan masalalari ko‘p ekanligini ham ta’kidlash joiz. Chunonchi, ta’limni kompyuterlashtirishga bir necha yil oldin kirishilgan va qator ishlar qilingan bo‘lsa-da, ko‘pchilik uchun bu ta’limni tashkil qilishning yangi, noan’anaviy shakli sifatida taassurot qoldirib kelmoqda. Albatta, kompyuter ta’lim sifati va samaradorligini sezilarli darajada oshirish imkoniyatiga ega, buning uchun sifatli pedagogik dasturlar va mukammal uslubiyotdan foydalanish lozim. Ta’lim jarayonida foydalanishga mo‘ljallangan ko‘plab elektron o‘quv materiallari yaratilganki, unga elektron darslik, elektron o‘quv qo‘llanma, o‘rgatuvchi dastur vositalari kabilarni misol qilib ko‘rsatish mumkin.
Zamonaviy dasturiy vositalarni o‘rganishda o‘rgatuvchi dasturlardan foydalanish talabalarda o‘zlashtirish ko‘rsatkichini ko‘tarilishiga olib keladi. Olimlarning o‘tkazgan tajribalarining taxlillariga ko‘ra ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish, ya’ni talaba ko‘rib, eshitib va bajarib ko‘rish natijasida o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 90% ga ortgani aniqlangan. Demak, o‘quv jarayoniga AKTni qo‘llash yuqori samara beradi, bu esa tanlangan mavzuni dolzarbligini bildiradi.
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini tahminlash uchun muhim poydevor bo‘ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.
Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili, bugungi kunda jahon bozori konhyunkturasi keskin o‘zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal surhatlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishni taqozo etmoqda.
Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida:
Prezidentimizning 2017 yil 7 fevraldagi “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” qabul qilinishi, mazkur dasturlar doirasida Respublika ta’lim muassasalarida axborot texnologiyalarini ta’lim jarayonida qo‘llashni yangi usul va vositalar yordamida tashkil etish, masofadan turib o‘qitish va kompyuterlashtirilgan anjumanlar o‘tkazishga erishish, elektron darsliklar yaratish va ularni o‘quv-tarbiya jarayonida qo‘llashga qaratilgan tadbirlar, ta’limni isloh qilish bo‘yicha nufuzli loyihalar, ilmiy tadqiqotlar olib borishni taqoza etadi[2].
Harakatlar strategiyasida ta’lim va fan sohasini rivojlantirishga e’tibor qaratilib, uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish umumiy o‘rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori bo‘lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o‘rganish ta’kidlanmoqda.
Ushbu bitiruv malakaviy ishda “Farg‘ona shahar “Fortuna bizness” kredit tashkiloti uchun bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha telegram botini tayyorlash” botini yaratish orqali muassasa ish faoliyatini ma’lum bir qismini avtomatlashtirishdan iborat maqsad va vazifalar bajarilgan.

Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish