madaniy normalar boʻlishi mumkin. Submadaniyatlar milliy, demografik, professional, geografik
va boshqa asoslarda shakllanishi mumkin. Bundan tashqari yoshlar orasidagi submadaniyatlar
alohida ajratiladi.
Aniq ta'riflar turlicha bo'lishiga qaramay, Oksford ingliz lug'atida submadaniyat "katta madaniyat
doirasidagi madaniy guruh bo'lib, ko'pincha katta madaniyat bilan farq qiladigan e'tiqod yoki
qiziqishlarga ega" deb ta'riflanadi.
Submadaniyatni tanqid qilish xususiyati hukmron bo'lgan ijtimoiy me'yorga qarab salbiy deb
qabul qilinishi mumkin. Shaxsning submadaniyati modelini bosqichma-bosqich qabul qilishi
unga shu nuqtai nazardan o'sib boruvchi maqomni beradi, lekin ko'pincha, uni boshqa model
hukm suradigan joydan tashqaridagi, kengroq ijtimoiy sharoitdagi maqomidan mahrum qiladi.
Sotsiologlar Gari Alan Fayn va Sherril Klaynman 1979 yilda olib borilgan tadqiqotlar shuni
ko'rsatdiki, submadaniyat potentsial a'zoni guruhga xos bo'lgan artefaktlarni, xatti-harakatlarni,
me'yorlarni va qadriyatlarni qabul qilishga undash uchun xizmat qiluvchi guruhdir.
Ayrim oilalarda erkaklarning bola tarbiyasidagi ishtiroki kam vaqtni egallaydi. Shu sababli,
bugungi kunda ko‘cha bezori, deviant xulqi buzilgan bolalar paydo bo'lmoqda.
Ma’lumki, oila va qarindoshlik munosabatlari har qanday kishi hayotining zaruriy qismi
hisoblanadi. Oilaviy munosabatlar er va xotin, ota-onalar va bolalar, aka-ukalar va opa-singillar
o‘rtasidagi munosabatlar har jihatdan iliq va qoniqarli bo'lishi mumkin. Ammo bu munosabatlar
yoshlarni chuqur umidsizlik va gunohkorlik tuyg'ulariga yetaklovchi muammolar va ixtiloflar
bilan ham to'ladir. «Oilaviy hayotning «qorong'u tomonlari» televideniye va boshqa ommaviy
axborot vositalarida namoyish qilinadigan ayrim ko'rkam manzaralariga ziddir. Oilaning
buzilishiga va ajralishiga olib keladigan ziddiyatlami, janjallarni hisobga olgan holda, oilaviy
hayotning o'ziga tortmaydigan ko'pgina salbiy tomonlari ham mavjud. Ba’zari ruhiy kasalliklar
ham oilaviy munosabatlar xarakteriga ta’sir etadi. O'zining salbiy oqibatlariga ko'ra, oilaviy
hayotdagi agressivlik, ichkilikbozlik, giyohvandlik va boshqa illatlar og'ir holatlar hisoblanadi*
(30, 450). «Ayniqsa, ota-onalar ajralishining bolalarga o'tkazadigan salbiy ta’sirini baholash juda
qiyin. Ajralish oldidan ota-onalar o'rtasidagi tortishuvning qanchalik kuchli ekanligiga,
bolalaming yoshiga. ulaming qarindoshlari bor-yo'qligiga, farzandning ajralgan otaonaga bo'lgan
munosabatlariga, har ikki ota-onaning tez-tez ko‘- rishib turish imkoniyatining bor-yo'qligiga
ko'p narsa bog'liq. Bular va boshqa bir qator omillar bolaning ko'nikish jarayoniga ta’sir
ko'rsatadilar. Hatto oiladagi ruhiy-ma’naviy tanglikni bolalar tezda seza olish qobiliyatlariga
egadirlar. Ajralish holatlarining salbiy oqibatlari ular uchun nihoyatda og'ir kechadi.
Do'stlaringiz bilan baham: