“kompyuter injiniring” fakulteti “Elektronika va sxemalar” fanidan



Download 390,82 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana22.12.2022
Hajmi390,82 Kb.
#894387
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
“Elektronika va sxemalar” Ma\'rufjonov Maqsudjon 691 21 2

 
Elektronika yangiliklar: 
Joriy yilning 27-yanvar kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan 
maktablarni rivojlantirish agentligi fizika fani boʻyicha yangi elektron darsligini taqdim etdi. 
Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida 
2021-yilda fizika va chet tillarini oʻrganishni ilm-fan yoʻnalishida ustuvor yoʻnalish etib belgilab berdilar. 
“Agar tarixga nazar tashlaydigan boʻlsak, dunyodagi deyarli barcha kashfiyot va texnologiyalarni 
yaratishda fizika fani fundamental asos boʻlganini koʻramiz. Haqiqatan ham, fizika qonuniyatlarini chuqur 
egallamasdan turib, mashinasozlik, elektrotexnika, IT, suv va energiyani tejaydigan texnologiyalar kabi bugun 
zamon talab qilayotgan sohalarda natijaga erishib boʻlmaydi”, - deb taʼkidlagan edi davlatimiz rahbari. 
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid fanlarni chuqurlashtirib 
oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktabining bir guruh oʻqituvchilari hamda Oʻzbekiston radiotexnika, elektronika 
va aloqa ilmiy-texnika jamiyati bilan hamkorlikda fizika fani boʻyicha yangi elektron darsligini yaratish ustida 
ish olib borilmoqda. 
Darslikni yaratishda Oʻzbekiston radiotexnika, elektronika va aloqa ilmiy-texnika jamiyati raisi oʻrinbosari, 
texnika fanlari doktori, professor Muhitdinov Muhsin Moʻminovich, hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi 
ixtisoslashtirilgan maktab oʻqituvchilari Norqobilov Farhod, Qutlimurodov Bekmurod, Mirgʻiyozov Mirjambil 
va Fayziyev Ibrohimlar ish olib borishmoqda. 
Elektron darslikning asosiy maqsadi oʻquvchilarning fizika faniga boʻlgan qiziqishini oshirish va oʻqitish 
samaradorligini oshirishga qaratilgan. Shuni taʼkidlash kerakki, yangi elektron darslik oʻquvchilarning bilim 
olishlari uchun qoʻshimcha manba sifatida xizmat qiladi. 


Ma’rufjonov.M 
Yangi loyiha odatiy oʻquv darslariga qatnasha olmaydigan nogironligi bor oʻquvchilar uchun uy sharoitida 
fizika fanini mustaqil oʻrganish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, mamlakatimizning chekka hududlarida 
ham fizika fanini samarali oʻqitish imkoniyati yaratiladi. 
Elektron darslik oʻquvchilarga maktab darsligida berilishi imkoni boʻlmagan maʼlumotlarni yetkazish 
mumkin. Abituriyentlar darslikdan oliy taʼlim muassasalarining kirish imtihoniga tayyorgarlik koʻrishlari uchun 
yordam beradi. Darslik elektron boʻlgani uchun uni muntazam yangilab va toʻldirib borish imkoniyati mavjud. 
Fizika boʻyicha elektron darslik maʼruza matni, video darslar, taqdimotlar, topshiriqlar, laboratoriya ishlari 
va testlardan iborat. 
Maʼruza matnlari qoʻshimcha maʼlumotlar, mavzuga oid rasmlar va animatsiyalar bilan boyitilgan. 
Oʻquvchilar topshiriqlar, test va laboratoriya ishlari yordamida nazariy bilimlarini mustahkamlaydilar. 
Elektron darslikdagi har bir mavzuni tushuntiruvchi video darslar, koʻp yillik bilim va tajribaga ega boʻlgan 
oʻqituvchilar tomonidan zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida oʻtilgan. Video darslarda alohida 
zamonaviy texnologiya va laboratoriya jihozlaridan foydalanilgan. 
Darslikda berilayotgan topshiriqlar oʻquvchilarni PISA xalqaro tadqiqotlar monitoringiga tayyorlashga 
yoʻnaltirilgan boʻlib, ushbu topshiriqlarni tuzishda PISA xalqaro baholash dasturi tomonida ochiq holatda 
berilgan test va masalalardan foydalanilgan. 
Fizika laboratoriya ishlari virtual shaklda berilgan. Laboratoriya ishlarini virtual shaklda berilishi 
oʻquvchilarni fizika fanidagi har bir mavzuni chuqur oʻrganish, mavzuda bayon qilingan jarayonlarni bevosita 
kuzatish imkonini beradi. Bundan tashqari, virtual laboratoriya ishlarini maktablarda qoʻllanilishi oʻquvchilarda 
zamonaviy texnologiyalardan foydalanish koʻnikmasini shakllantiradi. Virtual laboratoriya ishlari oʻquvchi 
uchun mutlaqo xavfsiz boʻlib, hech qanday zarar keltirmaydi, shuning uchun oʻqituvchi nazoratisiz oʻquvchilar 
mustaqil tajribalar oʻtkazishlari mumkin. 
Darslikdagi mavzular nafaqat fizika fani boʻyicha, balki fanlarning oʻzaro integrallashgan holda yoritilgan. 
Jumladan, 5-6 sinflarda fizika fanini tabiiy fanlar bilan oʻzaro bogʻlangan holda tushuntirilgan. 
Dastur interfeysi qulay koʻrinishga va zamonaviy dizaynga ega. Elektron darslikdan istalgan operatsion 
tizimda va qurilmada foydalanish mumkin. 
Yangi elektron darslik oʻquvchilar tomonidan fizika fanini chuqur oʻzlashtirishi uchun zamin yaratadi va 
fizika jarayonlarini toʻliq tasavvur qilish imkoniyatini beradi.
Hozirgi kunda fizika boʻyicha elektron darslikning 5-6-sinflar uchun maʼruza matni kitob koʻrinishida 
nashrdan chiqarilib Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid fanlarni 
chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktabida sinovdan oʻtmoqda. Sinov jarayonida darslik 
takomillashtiriladi. Sinov yakunlanganidan keyin elektron darslikni umumtaʼlim maktablarida ham joriy qilish 
mumkin boʻladi
.

Download 390,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish