O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZIMI NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG’ONA FILIALI “KOMPYUTER INJINERLIGI” FAKULTETI 710-21 GURUH TALABASI ABDULLAYEV SHUHRATJONning “FIZIKA” Fanidan R E F E R A T I MAVZU:TRANSFORMATOR TOPSHIRDI: ABDULLAYEV SHUHRATJON QABUL QILDI: P.MAVLONOV
Gazlarda elektr toki . Reja: 1. Gazlarda elektr toki.
2. Mustaqil va nomustaqil razryadlar.
3. Plazma haqida tushuncha.
1. Gaz razryadlari. Uncha yuqori bo`lmagan temperaturalarda gaz elektr tokini o`tkazmaydi. U o`tkazuvchan bo`lishi uchun molekulalarining biror qismi bo`linib, ionlar va erkin elektronlarga ajralishi kerak. Buning uchun esa gazga biror ionlashtiruvchi tasir ko`rsatilmog`i zarur. Ionizator tasirida atom yoki molekulalarning elektron qobig`idan bir yoki bir nechta elektronlarning uzilib chiqishi ro`y beradi. Bu esa gazda erkin elektronlar va musbat ionlar vujudga kelishiga olib keladi. Elektronlar ham o`z navbatida neytral atomlar yoki molekulalar bilan birikib manfiy zaryadlangan ionlarni vujudga keltiradi. Demak ionlashgan gazda erkin elektronlar, musbat va manfiy ionlar mavjud bo`ladi. Gazdan elektr tokining o`tishiga gaz razryadi deyiladi. Rekombinatsiya Gazda ionlashish jarayoni bilan birga, rekombinatsiya-ionlarning neytral atomlar yoki molekulalarga aylanish jarayoni ham ro`y beradi. Agar tashqi ionizatorning tasiri to`xtasa gazning o`tkazuvchanligi yomonlasha boradi. Ionizatorning quvvati o`zgarmaydigan bo`lsa, ionlashish va rekombinatsiya jarayonlari o`rtasida dinamik muvozanat vaziyati vujudga keladi. Bunda ionlashish natijasida vujudga keladigan zaryadlangan zarralar juftining o`rtacha soni, rekombinatsiya natijasida yoqoladiganlarining o`rtacha soniga teng bo`ladi. Nomustaqil razryad. Gazda tokning tashqi ionlashtiruvchi tasirida vujudga kelishiga nomustaqil gaz razryadi deyiladi. Bu jarayonni batafsilroq o`rganaylik. Aytaylik kondensator qoplamalari orasidagi bo`shliqqa ultrabinafsha nurlar tasir etayotgan bo`lsin Kondensator qoplamalari orasida ionlashuv jarayoni ro`y berib, qarama-qarshi zaryadlangan zarralar vujudga keladi. Agar kondensator qoplamalari orasidagi kuchlanish nolga teng bo`lsa, tok ham nolga teng bo`ladi, chunki hosil bo`lgan zaryad tashuvchilar betartib harakatda bo`ladi. Kondensator qoplamalari orasidagi kuchlanish orttirilgan sari ko`proq ionlar va elektronlar yo`naltirilgan harakatga keladi. Ular kondensator qoplamalariga etishishadi va tok kuchi ortib boradi. Kuchlanish qiymatiga erishganda hosil bo`lgan zaryadlarning barchasi qoplamalarga etib boradi va tok shu ionlashish darajasi uchun o`zining eng katta qiymatiga erishadi.
K uchlanishning qiymatgacha ortishi tok kuchini o`zgartira olmaydi. Agar ionlashtiruvchining tasiri to`xtatilsa, ionlarni vujudga keltiruvchi boshqa manba bo`lmaganligi uchun razryad ham to`xtaydi. Shuning uchun ham bunday razryadga nomustaqil razryad deyiladi. 2. Kuchlanishning yanada oshirilishida tok kuchi keskin ortadi. Tashqi ionizator olinganida ham razryad davom etadi. Demak endi, gazning elektr o`tkazuvchanligini taminlash uchun zarur bo`lgan ionlarni razryadning o`zi vujudga keltiradi. Tashqi ionizatorning tasiri tugagandan keyin ham davom etadigan razryadga mustaqil gaz razryadi deyiladi.