AnvirTaskmanager dasturi foydalanuvchilarga kompyuter xavfsizligini optimallashtirish, sozlash
va oshirish uchun keng imkoniyatlarni taqdim etadi. Uning tarkibida tizimda amalga oshirilayotgan
jarayonlarni kuzatishga va kerak bo’lganda ularni boshqarishga yordam beradigan juda ko’p foydali
vositalar mavjud. Xo’sh, AnVir Task Manager nima uchun shunchalik mashhurlikka erishdi? Amaldagi
xizmztlar, tarmoq ulanishlarini kuzatib borish va ularning ishi to’g’risida to’liq ma’lumot berish orqali.
Foydalanuvchi RAM, protsessor va qattiq diskdagi yuklarni, shuningdek ularning hozirgi haroratini ko’rish
mumkin. Bundan tashqari ushbu dastur tarmoqlar to’g’risidagi ma’lumotlarni, qabul qilingan va
uzatiladigan trafik hajmini, tezlikni va h.k larni aks ettiradi.