Risklarni boshqarish - Risk kiberxavfsizlikka oid bo’lgan tushunchalardan biri bo’lib, u haqidagi dastlabki tushunchalar birinchi bobda keltirib o’tilgan edi. Ushbu bo’limda risk tushunchasi va uni boshqarish bo’yicha batafsil ma’lumotlar beriladi.
- Risk bu – belgilangan sharoitlarda tahdidning manbalarga potensial zarar yetkazilishini kutish. Bundan tashqari, riskni quyidagicha tushunish mumkin:
- - Risk bu – ichki yoki tashqi majburiyatlar natijasida tahdid yoki hodisalarni yuzaga kelishi, yo’qotilishi yoki boshqa salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan voqyea.
- - Risk bu – manbaga zarar keltiradigan ichki yoki tashqi zaiflik ta’sirida tahdid bo’lishi ehtimoli.
- - Risk bu – voqyea sodir bo’lishi ehtimoli va ushbu hodisaning axborot texnologiyalari aktivlariga ta’siri.
Do'stlaringiz bilan baham: |