Referat ustida ishlash bo’yicha yo’riqnoma Referat ustida ishlash bo’yicha yo’riqnoma
1. Mavzuning tanlanishi Kafedra taklif qiladigan referatlar mavzulari namunaviy bo’ladi.
Sizning o’zingizning qiziqishlaringiz va mayllaringizga mos keladigan mavzuni tanlashga mustaqil yondashishingiz maqsadga muvofiq. Siz o’z qiziqishlaringiz doirasi asosida tanlangan muammoga amal qilib va uni asoslash bilan kafedra tavsiya qilgan mavzular ro’yxatiga kirmagan referat mavzuini taklif qilishingiz ham mumkin. Bunday vaziyatda taklif qilayotgan referat mavzuingizni ilmiy rahbaringiz bilan albatta kelishib olishingiz kerak bo’ladi.