MOVE R1, 4 – bir adresli buyruq; ADD R1, R2 – ikki adresli buyruq.
Buyruqlarning xillari:
Ma’lumotlarni ko‘chirib yozish buyruqlari – LOAD, STORE, MOVE (1.3- jadval).
Ikkita operandalar ustida amallar bajarish buyruqlari - ADD, SUB, AND, OR
(1.4-jadval).
Bitta operanda ustida amallar bajarish buyruqlari - INC, DEC, NOT, RL.
Taqqoslash va shartli o‘tish buyruqlari - CMP.
Dastur osti dasturlarini (rus tilida – podprogramma) chaqirish buyruqlari -
CALL (1.5-jadval).
Sikllarni boshqarish buyruqlari.
Ma’lumotlarni kiritish-chiqarish buyruqlari – IN, OUT.
1.3-jadval. Pentium 4 protsessorining ko‘chirib yozish buyruqlari.
Adreslash. Boshqarish oqimi va uzilishlar. Ko‘pgina buyruqlar joylashgan o‘rinlari ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan operandalar bilan ishlaydi. Operandaning joylashgan o‘rnini ko‘rsatish adreslash deb ataladi. Adreslashning quyidagi xillari yoki rejimlari (1.6-rasm) mavjud:
Bevosita adreslash rejimi. 2.To‘g‘ridan-to‘g‘ri adreslash rejimi. 3.Registrlar yordamida adreslash rejimi.
4.Registrlar yordamida bilvosita adreslash rejimi. 5.Indeksli adreslash rejimi.
6.Nisbiy indeksli adreslash rejimi. 7.Stekli adreslash rejimi.
1.4-jadval. Pentium 4 protsessorining arifmetik buyruqlari.
1.5-jadval. Pentium 4 protsessorining boshqarishni uzatish buyruqlari.
1.6-jadval. Adreslash rejimlarini taqqoslash.
Dasturni ishlashi davomida undagi buyruqlarning bajarilish ketma-ketligi - boshqarish oqimi deb ataladi. O‘tishlar va dastur osti dasturlarini chaqirishlar bo‘lmasa, buyruqlar xotiraning ketma-ket yacheykalaridan chaqirib olinib bajariladilar. Quyidagi misolda Pentium 4 assemblerida I2+J2+K2 ifodani hisoblash dasturi keltirilgan. Undagi buyruqlar xotiraning ketma-ket yacheykalaridan chaqirib olinib bajariladi.
Ushbu misollarda esa shartli o‘tish va dastur osti dasturlarini chaqirish operatorlariga ega dasturlar keltirilgan.
Agar asosiy dasturni ishlashi davomida boshqa bir dastur, ya’ni dastur osti dasturi chaqiriladigan bo‘lsa – uzilish (rus tilida – prerыvanie) sodir bo‘ladi. Bunda asosiy dasturning buyruqlarini xotiradan ketma-ket chaqirish to‘xtatilib, yangi ishga tushirilgan dasturni – dastur osti dasturini (rus tilida – podprogramma) bajarish yo‘lga qo‘yiladi (1.17-rasm). Dastur osti dasturi ishlab bo‘lgandan so‘ng esa, asosiy
dasturga qaytiladi va avvalgi ketma-ketlik to‘xtatilgan joyidan boshlab bajarilishi yo‘lga quyiladi.
1.17-rasm. Asosiy dasturni ishlashi: a) uzilishlarsiz; b) uzilishlar bilan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:
https://kompy.info/ elektron sayti.
https://fayllar.org/ elektron sayti.
https://hozir.org/ elektron sayti.
http://algolist.ru/ elektron sayti.
http://torentfile.ru// elektron sayti.
Do'stlaringiz bilan baham: |