Kompyuter injiiringi



Download 1,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana14.04.2022
Hajmi1,19 Mb.
#552767
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
711 19 GURUH MUXTOROV MUHAMMADAZIZ mustaqil ish Kompyuterlni ishlashini

(uzun va qisqa ovozlar)
 
haqida. 
Kompyuter texnikasidan foydalanishda unda yuzaga keladigan ayrim 
nosozliklarni aniqlash metodikalari va ularni yo‘qotish usullariga doimo katta 
e‘tibor qaratiladi. Bu masalada shaxsiy kompyuter (ShK) nosozliklarini tashhis 
qilish va sozlash bo‘yicha axborotlarni umumlashtirib, o‘rganish katta ahamiyatga 
ega. 
Ma‘lumki, jamlovchi qismlari va detallarining har bir komponenti 
kompyuterning noto‘g‘ri yoki nuqsonli ishlashiga sabab bo‘lishi mumkin. Agar 
kompyuter umuman ishlamasa, ishlamayotgan buzilgan elementini ShK detallarini 
navbat bilan ishlashi aniq bo‘lgan detallarga almashtirib, osongina aniqlab olish 
mumkin. Agar shunday imkoniyat bo‘lmasa, tekshirmoqchi bo‘lgan barcha 
detallarini olib, do‘stingiz yoki qarindoshingiznikiga borishingiz mumkin. Ishlab 
turgan kompyuter orqali o‘z detallaringizni navbat bilan almashtirib ko‘rib, 
buzilgan detalni osongina topish mumkin. To‘xtab qoladigan komponentni topish 
ancha qiyinroq bo‘ladi. Shunday holatlarda kompyuter o‘zidan-o‘zi «to‘xtab 
qolishi», yuklanishi yoki ekrani moviy rangli bo‘lib qolishi mumkin. 
Umuman olganda, ShK muammolarini quyidagi: ishlab turgan kompyuter 
qotib qolishi, BSOD, o‘z-o‘zidan qayta yuklanishi va o‘z-o‘zidan o‘chib qolishi 
kabi guruhlarga ajratish mumkin. Quyida mana shu nosozliklarni aniqlash va qaysi 
dasturlar bilan ularni «davolash» kerakligini to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni ma‘lum 
qilaman. 
ShK qotib qolishi. Agar ShK tez-tez qotib qoladigan bo‘lsa, unda bu 
holatning asosiy sababi quyidagilar: kompyuterning qizib ketishi, sifatsiz quvvat 
manbai, bir yoki bir necha komponentlarining notekis ishlashi, dasturiy 
ta‘minotdagi (operatsion tizim, drayverlar, qo‘shimchalarda) xato yuz bergan 
bo‘lishi mumkin. 
Tizimning qaysi bir komponenti qizib ketayotganligini aniqlash uchun 
monitoring dasturlari(Yuqoridagi dasturlardan) biridan foydalanish kerak bo‘ladi. 
Shundan keyin ShK eng ko‘p qotib qoladigan sharoitlarni hosil qilish kerak. 
Monitoringni kuzatib borib, kompyuterda nima qizib ketayotganligini aniqlang va 
qo‘shimcha sovitish manbai kiritish to‘g‘risida o‘ylang. Agar hammasi joyida 
bo‘lsa ham, muammo bartaraf etilmayotgan bo‘lsa, quvvat manbai blokiga e‘tibor 
qarating. Birinchi navbatda, quvvat manbai bloki bilan korpusni arzon narxda sotib 
olganlar shunday qilishlari kerak. Arzon bahoda sotib olgan bo‘lsangiz, ishlab 
chiqaruvchilarning bloklarini ko‘rasiz. Bundan tashqari, uy sharoitlarida blokni test 
sinovlaridan o‘tkazish metodikasini ham o‘rganib qo‘ygan ma‘quldir. 
O‘rnatilgan dasturiy ta‘minotdagi nuqson ham kompyuterning tez-tez qotib 
qolishi sabablaridan biri hisoblanadi. Agar kompyuter qaysidir dastur (masalan, 
tizim drayverlari, qo‘shimcha tizim xizmatlari va boshqalar) o‘rnatilgandan so‘ng 
qotib qoladigan bo‘lib qolsa, unda avvaliga uni o‘chirib tashlab sinab ko‘rish 
kerak. Juda bo‘lmaganida tizimni qayta o‘rnatish zarur bo‘ladi. Bundan tashqari, 
barcha shleyflar yaxshi ulanganligini, xotira plankalarini, kengaytirish platalarini 
tekshirib chiqish kerak. Ular mahkam va tekis ulangan bo‘lishi kerak. Ba‘zida 



sistemani oxirgi vintigacha yechib tashlash va puxta o‘ylab, yaxshilab qayta 
yig‘ish ham yordam beradi. Juda og‘ir holatlarda unchalik zarur bo‘lmagan barcha 
komponentlarni — tovush kartalari, optik disklar, tyunerlarni atrof qo‘shimcha 
qurilmalarini o‘chirib qo‘yish ham juda foydali bo‘ladi. Agar shunday holatda ShK 
yaxshi ishlasa, unda «devayslarni» navbat bilan o‘z joyiga qaytarib, qotib qolishga 
sababchi aybdorni topish mumkin. 
Moviy ekran muammosi. Monitor moviy ekrani ko‘pincha bir yoki bir necha 
qurilmalar ishida nosozliklar bo‘lganida hamda dasturiy ta‘minotda muammolar 
bo‘lganida paydo bo‘ladi. Kompyuter qotib qolishidan BSOD‘ning farqi ShK 
ishlamay qolganida moviy fonda oq rangli matn ko‘rinishida ogohlantirishga 
ulguradi. Ba‘zida ekranda umuman o‘qib bo‘lmaydigan «yozuvsimon shakllarni» 
ko‘rish mumkin. Agar o‘chib qolish sabablari to‘g‘risidagi axborotni o‘qib 
ulgursangiz BSOD bergan axborot qaysi qurilmaga taalluqli ekanligini aniqlashga 
urinib ko‘ring. Agar aniqlay olmasangiz, Internetdagi temirlar to‘g‘risidagi saytlar 
forumiga yordam bilan murojaat eting. 
Shundan keyin BSOD tomonidan shikoyat qilingan qurilmani almashtirish 
yoki test sinovidan o‘tkazish bilan ayb qayerda ekanligini aniqlashga harakat 
qiling. Agar moviy ekran paydo bo‘lib, tezda yo‘q bo‘lsa va ShK qayta yuklana 
boshlasa, operativ xotira va quvvat blokini tekshiring. Operativ xotirani boshqa 
kompyuterda tekshirib ko‘rish mumkin. Ba‘zida kontaktlarni oddiy qalam bilan 
tozalab keyin spirt bilan artish ham yordam beradi. 
O‘z-o‘zidan qayta yuklanish. Agar ShK o‘z-o‘zidan qayta yuklanadigan 
bo‘lsa (ayniqsa, ishga tushirilganida yoki murakkab qo‘shimchalar ishlash 
jarayonida), unda birinchi bo‘lib, quvvat blokini tekshirib ko‘rish zarur bo‘ladi. 
Buni oddiy tajriba usuli bilan — quvvat bloki test sinovi rejimida S&M dasturi 
ishga tushiriladi. O‘z-o‘zidan qayta yuklanishning yaxshi ma‘lum bo‘lgan va jonga 
tekkan ta‘minot blokidagi boshqa sabablardan biri biror-bir joyida kontaktlari 
yomonligi bo‘lishi mumkin. Barcha ulangan qismlarni tekshirib chiqing. Agar 
kompyuter oldindan hozir qayta yuklanish sodir bo‘lishi to‘g‘risida ogohlantirsa, 
bundan oldin hech qanday dasturni o‘rnatmagan bo‘lsangiz va qayta yuklanishni 
to‘xtata olmasangiz, unda bunga zararli Sasser dasturi yoki uning ko‘plab 
sharhlaridan biri sababchi bo‘lishi mumkin. Bunday holatda yangi antivirusni 
takror ishga solish kerak. 
ShKning o‘z-o‘zidan o‘chib qolishi. Kompyuterning o‘z-o‘zidan o‘chib 
qolishida markaziy protsessorning yoki quvvat blokining qizib ketishi eng birinchi 
sabablardan hisoblanadi. Zamonaviy ona platalar protsessor ma‘lum darajada qizib 
ketganida quvvat manbaidan o‘chiradi. O‘chirilishi kerak bo‘lgan ko‘rsatkichlar 
BIOS‘da o‘rnatiladi. Shunday muammoga duch kelganingizda birinchi navbatda, 
albatta protsessorni yetarlicha sovitilayotganligiga ishonch hosil qiling. Ba‘zi 
platalarda dasturiy monitoring, ko‘rsatkichlarni ba‘zan juda oshirib yuborib, ba‘zan 
juda pasaytirib yuborib, aniq ishlamaydi. Bunday holatlarda protsessor kuleri 
radiatoriga barmoqlarni tekkizib ko‘rib (ehtiyot bo‘ling — kuyib qolish mumkin!) 
haroratni aniqlash eng oddiy usul hisoblanadi. Agar barmoqni uzoq vaqt tekkazib 
turish mumkin bo‘lsa, demak, hammasi joyida. Agar uzoq vaqt tekkazib turish 
mumkin bo‘lmasa, kulerning yaxshi o‘rnatilganligini tekshirib ko‘rishga to‘g‘ri 



keladi. Agar kuler to‘g‘ri o‘rnatilgan, biroq uning quvvati yetmayotgan bo‘lsa 
(buni ishlab chiqaruvchi saytidan u qaysi protsessorlar uchun mo‘ljallanganligini 
topib aniq bilib olish mumkin), unda yanada kuchliroq sovutish tizimini o‘rnatish 
haqida o‘ylashga to‘g‘ri keladi. Ko‘pincha sistema bloki ichiga chang to‘planishi 
(bu holat yerda turadigan sistema bloklarida ko‘p uchraydi), ventilyatori to‘xtab 
qolishi yoki juda issiq yoz kunlari sababli qizib ketish muammosi paydo bo‘ladi. 
Quvvat manbai bloki qizib ketishi sababini aniqlash ham oson. Birinchi 
navbatda, ventilyatori ishlayotganligini tekshirib ko‘rish zarur. Agar ishlayotgan 
bo‘lsa, haydalayotgan havo harorati qanday? Iliq «shabada» xavf tug‘dirmaydi. 
Issiq havo esa ta‘minot bloki ortiqcha yuklama bilan ishlayotganligini bildiradi. 
Zamonaviy bloklarning ko‘pi qizib ketishdan himoyalanish tizimi bilan 
ta‘minlangan. Quvvat elementlari harorati 100C darajaga yetganida avtomatik 
tarzda o‘chiriladi. Agar shunday muammoga duch kelgan bo‘lsangiz, quvvat 
blokini almashtirishga to‘g‘ri keladi. 
ShK barqarorligini tekshirish uchun S&M eng oddiy dastur hisoblanadi. Xalq 
orasida unga «sado maza» deb nom berdilar. S&M yordamida protsessorni kuchli 
ishlatish va maksimal qizdirish mumkin bo‘ladi. Agar test sinovlari jarayonida 
protsessor qizib ketmasa, demak, sovutish masalasida muammolar yo‘q. Qiziqarli 
tomoni faqat bitta yadrosi qizishini tanlash mumkin. Protsessor yuklamasini 100 
foizdan kamga qo‘yilganida ish rejimi siklik davriy pulsatsiyaga aylanadi — 
protsessor va ta‘minot bloki quvvat tizimini tekshirish uchun haqiqiy «sado»ga 
aylanadi. «Quvvat bloki» qismi ham juda qiziqarli. Uni tekshirish paytida dastur 
faqat xotira bilan protsessorni emas, balki videokartani ham yuklaydi. 
Ventilyatorlar harorati, quvvati va aylanish tezligining shaxsiy monitoringini 
birlashtirish ham juda foydali bo‘ladi. 
Nosozlikni aniq ko‘rsatib beruvchi «mo‘jizakor dastur» hozircha mavjud 
emas. Biroq bu sohada najot yo‘li yo‘q degani emas. Barcha testlarni navbat bilan 
ishga solib kompyuter ishlashini kuzatamiz. Xotiraning o‘tkazish qobiliyatini test 
sinovi bilan tekshirish paytida uzilish sodir bo‘lsa birinchi navbatda aynan CZU ga 
e‘tiborni qaratish zarurligi aniq bo‘ladi.
Nosozlik sababini aniqlashda ShK ovoz raporti yordam berishi mumkin. 
Quyida nosozlikni «aniqlash» ga imkon beruvchi BIOS‘ning ovoz kodlari 
mazmuni keltirilgan.

Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish