Kompyuter (ing computer —hisoblayman), ehm



Download 249,83 Kb.
bet3/3
Sana14.01.2020
Hajmi249,83 Kb.
#34033
1   2   3
Bog'liq
Документ kkkk


Internet-planshet
Internet-planshet (ingl. Internet tablet yoki Web tablet — Veb-planshet yoki Pad tablet — Pad-planshet (Bloknot planshet), yoki Web-pad — Veb-bloknot, yoki Surfpad — Veb-serfing-bloknot) — smartfonlar uchun foydalaniladigan klassdagi apparatli platformada qurilgan, ekrani diagonali odatda 5 duymdan to 11 duymgacha bo‘lgan planshetli kompyuterlar turiga kiruvchi mobil kompyuter.

Internet-planshetni boshqarish uchun sensorli ekrandan foydalaniladi, u bilan ishlash fizik klaviatura va sichqonchadan foydalanmasdan, barmoqlar yordamida amalga oshiriladi. Sensorli ekranda matnni kiritish umuman olganda, klaviaturada terish tezligidan qolishmaydi. Ko‘plab zamonaviy internet-planshetlar dasturlarni boshqarish uchun multitach-jestlardan foydalanishga imkon beradi.

Internet-planshetlar, odatda, Wi-Fi yoki 3G/4G-ulanish orqali internet tarmog‘iga doimiy ulangan bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuning uchun internet-planshetlardan veb-serfing (veb-saytlar va veb-sahifalarni ko‘zdan kechirish), veb-ilovalarni ishga tushirish va biror-bir veb-xizmatlar bilan aloqada bo‘lish uchun foydalanish qulay hisoblanadi. Internet-planshet ushbu holatda SHK yoki noutbukning o‘rnini to‘la bosa olmasligini hisobga olish kerak, chunki uning mobillikka yuqori talablar sababli (kam energiya sarflashi va kattaliklari) funksionalligi cheklangan.

Alohida xususiyatlari
Internet-planshetlarning alohida turlari 2000-yillar boshlaridayoq paydo bo‘la boshlagan, lekin kompyuterlarning ushbu toifasi Apple iPad planshetnigi taqdimoti va ishlab chiqarilishi boshlangandan so‘ng 2010-yilda keng tarqala boshladi. Ko‘pchilik analitiklar internet-planshetlarni kompyuter davridan keyingi qurilmalar qatoriga kiritadilar, ular odatiy shaxsiy kompyuterlarga qaraganda, oddiy va tushunarliroq va vaqt o‘tishi bilan shaxsiy kompyuterlarni IT-bozoridan siqib chiqarishi mumkin.

Apple iPad 2 internet-plansheti taqdimoti marosimida Stiv Djobs shunday degandi: «…Texnologiyalar gumanitar fanlardan ajralmasdir va bu fikr kompyuter davridan keyingi qurilmalar uchun har doimgidan ham to‘g‘ridir. Raqobatchilar shaxsiy kompyuterlar yangi modellarida mos muvozanatni topishga urinmoqdalar. Apple bu yo‘lni tanlamaydi — aslida, kelajak kompyuter davridan keyingi qurilmalarda, ular odatiy RS’lardan oddiyroq va tushunarliroqdir».

Kompyuterlar ushbu turkumlarining asosiy ajralib turuvchi xususiyatlari — bu IBM PC-kompyuterlari bilan apparatli mos kelmasligi va ularda o‘rnatilgan mobil operatsion tizimlarning odatda smartfonlarda foydalaniladigan turi ekanligi, ular quyidagilar:
• Apple iOS;
• Google Android;
• HP Open webOS;
• Intel/Nokia MeeGo;
• Intel/Samsung Tizen;
• Jolla (ingl.) Sailfish OS;
• Microsoft Windows RT;
• RIM BlackBerry Tablet OS (ingl.).

yoki quyidagi OS’ning servislar va veb-ilovalarga mo‘ljallanganligidan iborat:


• Google Chrome OS;
• Jolicloud.

O‘rnatilgan mobil OS foydalanuvchiga ish joyi kompyuterida mumkin bo‘lgan dasturiy ta’minot butun imkoniyatlaridan foydalanish imkonini bermaydi va mana shu funksionalligidagi cheklanishlari bilan internet-planshetlar elektron kitoblar bilan o‘xshashdir. Biroq baribir, internet-planshetlar elektron kitoblardagiga qaraganda, ko‘proq funksiyalarga ega va quyidagilar uchun foydalaniladi:


1) veb-serfing (veb-saytlar va veb-sahifalarni ko‘zdan kechirish);
2) veb-ilovalarni ishga tushirish;
3) biror-bir veb-xizmatlar bilan ishlash;
4) elektron kitoblarni o‘qish;
5) fotoalbomlarni tomosha qilish;
6) multimedia-fayllarni tomosha qilish (videoni ko‘rish, musiqa tinglash);
7) kompyuter o‘yinlari;
8) elektron pochta bilan ishlash;
9) darhol xabar almashish hamda VoIP va SIP-servislar (jumladan, videoaloqa) dasturlari yordamida aloqa qilish;
10) elektron hujjatlar va multimedia-fayllar kichik tahriri.





Dasturiy qismi
Internet-planshetlarda odatda smartfonlarda foydalaniladigan mobil operatsion tizimlar turlaridan foydalaniladi. Apple kompaniyasi o‘zining iPad internet-planshetida interfeysi multitach-jestlar yordamida sensorli ekranni qulay boshqarish uchun maxsus ishlab chiqilgan Apple iOS operatsion tizimidan foydalanadi.

Google Android mobil operatsion tizimidan (Linux OT versiyasiga asoslangan) foydalanishga ko‘plab misollar mavjud. Linux OT boshqa mobil versiyalari asosida internet-planshetlar uchun OT ishlanmalari mavjud — misol uchun, WeTab internet-planshetida MeeGo Mobil OT’dan foydalaniladi.

Interfeyslari sensorli ekran bilan qulay ishlash, xususan, multitach-boshqaruv bilan ishlash uchun maxsus qayta ishlab chiqilgan BSD, QNX OT turkumlari, yoki hatto Microsoft Windows CE for MID operatsion tizimidan foydalanishga misollar ham mavjud.

Google kompaniyasi internet-planshetlar uchun moslashtirilgan o‘zining Google Chrome OS operatsion tizimi maxsus variantini ishlab chiqmoqda.



Internet-planshetlari tarixi
Ro‘yxatda kompyuter texnikasi ushbu turining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatgan eng yorqin konsepsiyalar va internet-planshetlar modellari keltirilgan:
1968-yil
Stenli Kubrikning 2001-yildagi «Космичeская одиссeя» ilmiy-fantastik filmda planshetli kompyuterlarning birinchi ko‘rinishi.
1987-yil
Bilimlar navigatori — Apple kompaniyasi tomonidan 1987-yilda taqdim etilgan planshetli kompyuter ko‘rinishidagi elektron kotib konsepsiyasi.
1996-yil
1996-yilda DEC kompaniyasi «temirda» gavdalantirilgan DEC Lectrice — peroli kiritish bilan kompyuterini taqdim etdi (zamonaviy e-bookslar namunasi).
2000-yil
2000-yilda 3Com kompaniyasi veb-serfing uchun — 3Com Audrey (ingl.) planshetli qurilmasini ishlab chiqardi.
2005-yil
2005-yil 25-mayda Nokia kompaniyasi Nyu-Yorkda LinuxWorld Summit sammitida o‘zining birinchi— Nokia 770 Internet Tablet internet-planshetini namoyish qildi.
2007-yil
2007-yil 9-yanvarda MacWorld Expo konferensiyasida Apple kompaniyasi, o‘zining CEO’si Stiven Jobs tomonidan, birinchi bor, Apple iOS mobil OT’dan foydalanilgan iPhone cho‘ntak kompyuter/smartfoni taqdimotini o‘tkazdi.
2010-yil
2010-yil 27-yanvarida ko‘p jihatdan iPhone cho‘ntak kompyuter/smartfoni evolyutsiyasi hisoblangan va Apple iOS dagi kabi mobil OT’dan foydalanuvchi ekrani 9,7 duym kattalikka ega bo‘lgan Apple iPad internet-plansheti taqdim etildi.
2011-yil
2011-yil 6-yanvarida planshetlar uchun maxsus ishlab chiqilgan, Google Android 3.0 Honeycomb yangi operatsion tizimi bilan ishlovchi Motorola XOOM plansheti namoyish etildi. Unda Nvidia Tegra 2 platformasi va Gorilla glass juda qattiq shishadan foydalanilgan.

2011-yil 1-sentabrda planshetlar uchun maxsus ishlab chiqilgan, Google Android 3.2 Honeycomb operatsion tizimi bilan ishlaydigan Sony Tablet S plansheti namoyish etildi. Sony firmasi shakli bo‘yicha hech bir boshqasiga o‘xshamaydigan planshetni yaratdi. Unda Nvidia Tegra 2 platformasidan foydalanilgan, bundan tashqari, Sony firmasi sertifikatlashtirilgan PlayStation bilan planshetni yaratdi va lGoogle Android OT’ni o‘zining mahsulotlari uchun o‘zgartirdi.


Xulosa:

Xulosa o’rnida shuni aytish kerakki,hozirgi zamon texnologiyalari kun sayin rivojlanib bormoqda.Masofaviy texnologiyalardan foydalanish zamonaviy ta’limning imkoniyatlarini yanada kengaytirdi. Bugungi kunda Yer kurrasining istalgan joyidan turib, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) imkoniyatidan foydalangan holda ta’lim olish mumkin. Zero an’anaviy ta’lim o‘z mavqeini saqlab tursa ham, keyingi paytlarda masofaviy o‘qitish texnologiyalari kundan-kun ommaviylashib bormoqda.



Bugungi kunda mamlakatimizda yangi jahon axborot-ta’lim muhitiga integrallashishga yo‘naltirilgan ta’lim tizimi barpo etilmoqda. Bu ta’lim jarayonini tashkil etishda zamonaviy texnik imkoniyatlarga javob beradigan sezilarli o‘zgarishlar bilan kuzatilmoqda. Zamonaviy axborot texnologiyalarining ta’lim sohasiga kirib kelishi ta’lim usullari va o‘qitish jarayonini yangicha yondashuv asosida tashkil etish shakllarini sifatli ravishda qulaylashtirib, o‘zgartirish imkonini bermoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim tizimini modernizatsiyalashtirish jarayonining eng muhim qismidir. 

Xulosa qilib aytganda, ta’lim jarayoni tashkil etilganda, texnik vositalar mustaqil ahamiyatga ega bo‘ladi, texnik vositalar uning to‘la huquqli tarkibiy qismi bo‘lib qoladi. Texnik vositalardan foydalanish har bir o‘quvchiga individual yondashuvni ta’minlashi va turli darajadagi murakkablikka ega topshiriqlarni ishlab chiqish, individual qobiliyati hamda tayyorgarligiga qarab bir dars doirasida turli o‘quvchilarga taklif etishni ta’minlashi mumkin bo‘ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:

  • Xolmatov T., Taylaqov N., Informatika va hisoblash texnikasi T., 2001.

  • A.Sattorov,.”Informatika va axborot texnologiyalari” Toshkent.”O’qituvchi”.2002.

  • “Kompyuter bilan muloqotni o’rganamiz”.Sh.Narimov,M.Najmiddinov.Toshkent.”Moliya”.2002.

  • www.etuit.uz

  • www.ziyonet.uz

  • www.arxiv.uz

  • www.pedagog.uz


Download 249,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish