Kursor bilan ishlash buyruqlari
№
|
Klaviatura buyruqlari
|
Kursor qaerga siljiydi
|
1
|
Home
|
Qatorning boshiga
|
2
|
End
|
Qatorning oxiriga
|
3
|
Ctrl Home
|
Hujjatning boshiga
|
4
|
Ctrl End
|
Hujjatning oxiriga
|
5
|
Page Up
|
Bitta ekran yuqoriga
|
6
|
Page Down
|
Bitta ekran pastga
|
7
|
Ctrl Page Down
|
Bitta sahifa oldinga
|
8
|
Ctrl Page Up
|
Bitta sahifa keyinga
|
9
|
Ctrl CHapga ()
|
Bitta s¢z keyinga
|
10
|
Ctrl O’ngga ()
|
Bitta s¢z oldinga
|
11
|
Ctrl Pastga ()
|
Bitta abzats oldinga
|
12
|
Ctrl YUqoriga ()
|
Bitta abzats keyinga
|
3. Faylni saqlash va ishga tushirish
Agar foydalanuvchi Файл nomini ko’rsatmasdan Word dasturi bilan ishlashni boshlasa, kompyuter yangi matnli hujjatni «Документ 1», keyingilarini «Документ 2», «Документ 3» va hokazo nom bilan nomlashni tavsiya qiladi. Foydalanuvchi dastlab matnni kompyuter xotirasiga kiritishi, so’ngra esa uni kompyuter tavsiya qilgan yoki ixtiyoriy boshqa nom bilan saqlab qo’yishi mumkin.
Foydalanuvchi faylni ixtiyoriy boshqa nom bilan saqlashi uchun menyuning Файл bo’limidan Сохранить как... buyrug’ini tanlaydi va muloqot oynasining(5-rasm) «Имя файла» darchasiga faylning yangi nomi kiritiladi va Сохранить tugmachasi bosiladi.
5-rasm. Word dasturida matnni saqlash.
Файл bir marta nomlanadi. Diskda saqlangan faylga kiritilgan keyingi har bir o’zgarishni saqlash uchun menyuning Файл bo’limidan Сохранить buyrug’i yoki uskunalar majmuasidagi
belgida «sichqoncha» tugmachasi bosiladi.
Diskdagi faylni operativ xotiraga chaqirish uchun menyudagi Файл Открыть buyrug’i tanlanadi yoki uskunalar majmuasidagi belgida «sichqoncha» tugmachasi bosiladi. Faylni chaqirish uchun [Ctrl][F12] yoki [Ctrl][O] tugmachalar majmuasi ham ishlatilishi mumkin. Ekranda fayllar ro’yxati paydo bo’ladi(6-rasm).
Ko’rsatkich orqali kerakli fayl tanlanadi (bizning misolimizda 10 nomli fayl) va «sichqoncha» tugmachasi bosiladi. Fayl mazmuni ekranda paydo bo’ladi va foydalanuvchi matn ustida tahrirlash ishlarini bajarishi mumkin.
6-rasm.Word dasturida faylni xotiradan chaqirish.
Matnni sahifalarga ajratish
Matnni sahifalarga ajratish uchun menyuning Вставка bo’limidan Номера страниц buyrug’i tanlanadi va quyidagi darcha paydo bo’ladi(7-rasm).
7-rasm. Sahifa parametrlarini o’rnatish oynasi.
Bu darchada sahifalash parametrlari o’rnatiladi. Положение bo’limida sahifa nomerini varaqning yuqorisidan(Вверху страницы) yoki pastidan(Внизу страницы), Выравнивание bo’limida esa nomerni varaqning o’rtasidan(От центра), chap tomondan (слева), o’ng tomondan(справа) qo’yish kerakligi aniqlanadi.
5. Jadvallar tashkil etish
Jadval tashkil etish uchun menyudagi "Таблица" bo’limiga kirib, Добавить, so’ngra Таблица buyrug’i tanlanadi(7-rasm).
7-rasm. Jadval tashkil qilish buyruqlari.
Ekranda so’roq vazifasini bajargan holda satr va ustunlar sonini kiritishni talab qiluvchi oyna hosil bo’ladi (8-rasm).
8-rasm. Jadval tashkil etishda ustunlar va
satrlar sonini berish.
Kerakli ustun va satrlar soni kiritilib, [Enter] yoki [OK] tugmachalari bosiladi. Masalan, beshta satr va beshta ustundan iborat jadvalni hosil qilish uchun “Число строк” satrida 5 sonini, “Число столбцов” satrida 5 sonini kiritish lozim(8-rasm) va [OK] buyrug’i beriladi. Natijada ekranda quyidagi jadval hosil bo’ladi.
Jadval kerakli ma’lumot bilan to’ldiriladi. Masalan quyidagi jadval talabalar to’g’risidagi ma’lumotlar bilan to’ldirilgan.
Agar foydalanuvchi Wordda yozayotgan matnda xisoblanadigan jadval uchrasa, undagi sonli ma’lumotlar ustida Excel dasturini ishga tushirmasdan turli arifmetik amallarni bajarish mumkin. Buning uchun uskunalar majmuasidagi (Добавить таблицу Excel) tugmachasi bosiladi va ustun hamda satrlar soni belgilanadi. Ekranda Excel elektron jadvali paydo bo’ladi va u ma’lumotlar bilan to’ldiriladi hamda kerakli hisoblashlar bajariladi. Masalan, quyida talabalarning besh kunlik tergan paxtasini hisoblash jadvali keltirilgan.
Paxta, chigitli paxta - gʻoʻzaning tola va chigitdan iborat asosiy mahsuloti. Paxta tozalash korxonasida P.ga dastlabki ishlov berish jarayonida chigitdan, avval, toʻqimachilik sanoatining ehtiyoji uchun asosiy mah-sulot - tola (uz. 20 mm dan uzun)
Jadvaldagi barcha hisoblashlar bajarilgandan keyin undan tashqarida «sichqoncha» tugmachasi bosiladi va quyidagi jadval paydo bo’ladi.
Agar jadvalga o’zgartirishlar kiritilishi kerak bo’lsa, u holda «sichqoncha» tugmachasi jadval ustida ikki marta bosiladi.
Jadvalni o’chirish uchun menyudan ТаблицаУдалитТаблица buyruqlari ketma-ket tanlanadi. Kiritilgan jadvaldagi ortiqcha satrni olib tashlash uchun u satr tanlanadi va menyudagi Таблица bo’limiga kirib УдалитСтроки buyrug’i tanlanadi. Kiritilgan jadvaldagi ortiqcha ustunni olib tashlash uchun ustun tanlanadi va menyudagi Таблица bo’limiga kirib УдалитСтолбцыbuyrug’i tanlanadi. Kiritilgan jadvaldagi satr yoki ustunlar soni etmay qolganda ularning sonini ko’paytirish uchun menyudagi ТаблицаДобавить buyrug’idan keyin Столбцы слева, Столбцы справа, Строки выше, Строки ниже buyruqlaridan keraklisi tanlanadi.
6. Formulalar bilan ishlash
Kompyuter foydalanuvchisi matnli ma’lumotlar bilan ishlash vaqtida matematik, fizik va boshqa turdagi formulalarni yozishga to’g’ri keladi. Buning uchun menyuning Вставка bo’limiga kirib kerakli Символ bandi tanlanadi va “sichqoncha” tugmachasi bosiladi. Natijada ekranda 3-rasmdagi holat paydo bo’ladi. Matnda lozim joyga kursor keltiriladi va kerakli Символ ko’rsatkich orqali tanlanadi hamda Вставить tugmachasi bosiladi. Daraja va indekslarni yozish uchun uskunalar majmuasidagi belgilardan foydalaniladi.
Matematik va boshqa turdagi formula va munosabatlarni yozishda klaviaturada mavjud bo’lmagan Символlarni kiritishda uskunalar majmuasi qatoridagi belgidan foydalanish maqsadga muvofiq. Mazkur belgi ustiga ko’rsatkich keltirilib, “sichqoncha” chap tugmachasi bosiladi. Natijada 8-rasmdagiga o’xshash holat ekranda paydo bo’ladi. Kerakli matematik (fizik, kimyoviy va hokazo) formulalarni kiritish mumkin.
Kimyo, ximiya - moddalarning tuzilishi va oʻzgarishini oʻrganadigan fan. Kimyo boshqa fanlar qatori inson faoliyatining mahsuli sifatida vujudga kelib, tabiiy ehtiyojlarni qondirish, zaruriy mahsulotlar ishlab chiqarish, biridan ikkinchisini xrsil qilish va, nihoyat, turli hodisalar sirlarini bilish maqsadida roʻyobga chiqdi.
8-rasm. Matematik Символlarni WORDda yozish.
Matematik formulani yozishga misol:
Formulaga o’zgartirish kiritish uchun unda «sichqoncha tugmachasi ikki marta bosiladi.
Rasmlar va kartinkalar bilan ishlash
Foydalanuvchi matnga kompyuter xotirasida mavjud bo’lgan ixtiyoriy rasm yoki kartinkani hamda boshqa grafik muharrirlarda tayyorlangan rasmlarni qo’shishi mumkin.
Bu ish quyidagi tartibda bajariladi:
kursor rasm qo’yilishi kerak bo’lgan joyga keltiriladi;
menyuning Вставка bo’limidan Risunok buyrug’i tanlanadi. Ekranda quyidagi muloqat oynasi paydo bo’ladi(9-rasm).
9-rasm.
Undan kerakli kartinka yoki rasmli fayl tanlanadi va OK tugmachasi bosiladi. Masalan, quyida Из файла bo’limidan Aysberg nomli faylli rasm tanlangan va natijada ekranda quyidagi tasvir paydo bo’ladi(10-rasm).
10-rasm. Aysberg rasmi.
7. Faylni chop qilish
Word dasturining eng afzallik tomonlaridan biri tayyorlangan matnli xujjatni printerda chop qilishdan oldin matn kog’ozda qanday ko’rinishini bilish mumkin. Buning uchun menyuning Файл bo’limidan Предварительный Просмотр buyrug’ini tanlash yoki uskunalar majmuasidan belgida sichqoncha tugmachasi bosiladi. Предварительный Просмотр rejimida matnni tahrir qilish mumkin emas.
Matnli xujjatni printerda chop qilishni quyidagi usullardan biri bilan amalda oshirish mumkin.
1. Uskunalar majmuasidagi belgisida «sichqoncha» tugmachasini bosish bilan. Bu usul eng tez, lekin unchalik qulaylikga ega emas. CHunki, bu holda hujjat foydalanuvchi hohlamagan rejimda chop qilinishi mumkin.
2. Faylni chop qilishda ko’pchilik foydalanuvchilar menyuning Файл Печать buyrug’idan yoki Ctrl R tugmachalar majmuasidan foydalaniladi. Bu holda ekranda quyidagi muloqot oynasi paydo bo’ladi (11-rasm). Bu oynada foydalanuvchi chop qilish parametrlarini va printer xossalarini o’rnatishi mumkin. Hujjatning barcha varaqlarini chop qilish uchun vse buyrug’i tanlanadi. Agar hujjatning ba’zi varaklarini chop qilish kerak bo’lsa, u holda nomera darchasida, masalan, 1-15 kiritiladi va OK bosiladi. 0 Число копий bo’limida hujjatni necha nusxada chop kilinishi ko’rsatiladi.
Word dasturi qog’ozning ikkala tomoniga chop qilish imkonini beradi. Masalan, agar matnli hujjat kitob holida taxlangan bo’lsa, u holda dastlab Vыvesti na Печать bo’limidan Vse stranitsы diapazona o’rniga Nechetnыe stranitsы (Toq sahifalar) buyrug’i tanlanadi va so’ngra qog’ozlar qaytadan taxlanib printerga qo’yiladi hamda CHetnыe stranitsы (Juft sahifalar) buyrug’i tanlanadi.
11-rasm. CHop qilish parametrlarni o’rnatish oynasi.
Quyidagi savollarga to’lig’icha javob yozing va komp’yuterda bajarishni o’rganing!
Word dasturini ishga tushirish haqida ma’lumot bering.
Tugmachalar majmuasi orqali matnni kiritish. Bunda talaba ekranga bir sahifadan ko’p bo’lgan ixtiyoriy matnni kiritishi lozim bu holda talabaning harf terish tezligi, xatolari hisobga olinadi.
3. Kiritilgan matnni xotirada saqlash.
Xotiradagi faylni ishga tushirish.
Matn qismlari bilan ishlash(matn qismini belgilash, boshqa joyga ko’chirish yoki nusxalash, o’chirish, Символlar o’lchamini o’zgartirish, turli shriftlar(jirnыy, kursiv, podcherknutыy)da yozish va hokazo).
Jadval tashkil qilish. Talaba saqlangan matnga jadval tashkil qiladi va uni qayta ishlashi lozim.
Matematik formulalar bilan ishlash. Talaba bu erda ixtiyoriy formulani uskunalar majmuasidagi belgidan foydalanib kiritishi kerak.
Rasmlar bilan ishlash. Matnga kompyuter xotirasidagi tayyor rasmni qo’yishi kerak.
Ma’lumotlarni printerda chop qilish. CHop qilingan hujjat bir sahifadan ortiq bo’lgan matn, tuzilgan jadval, matematik formula hamda rasmdan iborat bo’lishi kerak.
Word dasturi bilan ishni tugallash.
Do'stlaringiz bilan baham: |