Kompyuter grafikasi bilan ishlovchi dasturlar sirasiga bir qancha dasturlarni sanab o’tish mumkin. Jumladan, Microsoft Paint, Adobe Photoshop, Adobe Illustrator, Corel Draw, Macromedia va Adobe Freehand, Adobe InDesign, Adobe ImageReady, Macromedia va Adobe Flash, Discreet va Autodesk 3ds Max, Cinema 4d, Alias va Autodesk Maya, LightWave, Adobe Brush va hokazolardir. Ushbu dasturlarda kompyuter grafikasiga oid ishlarni amalga oshirish mumkin. Ba’zilarida oddiy rasm chizish mumkin bo’lsa, ba’zilarida uylar proyektlari, ba’zilarida esa uch o’lchamli modellashtirish va hattoki to’rt o’lchamli modellashtirish mumkin bo’ladi. - Kompyuter grafikasi bilan ishlovchi dasturlar sirasiga bir qancha dasturlarni sanab o’tish mumkin. Jumladan, Microsoft Paint, Adobe Photoshop, Adobe Illustrator, Corel Draw, Macromedia va Adobe Freehand, Adobe InDesign, Adobe ImageReady, Macromedia va Adobe Flash, Discreet va Autodesk 3ds Max, Cinema 4d, Alias va Autodesk Maya, LightWave, Adobe Brush va hokazolardir. Ushbu dasturlarda kompyuter grafikasiga oid ishlarni amalga oshirish mumkin. Ba’zilarida oddiy rasm chizish mumkin bo’lsa, ba’zilarida uylar proyektlari, ba’zilarida esa uch o’lchamli modellashtirish va hattoki to’rt o’lchamli modellashtirish mumkin bo’ladi.
Kompyuter grafikasi bilan ishlayotganda ekranning o’lchamini bilish ham muhim hisoblanadi. Ekran aslida nuqtalardan tashkil topgan bo’ladi. Uni piksellar deb ataladi. Ekrandagi nuqtalar soni qanchalik ko’p bo’lsa ekran shunchalik sifatli hisoblanadi. Ekranning o’lchamlari ham yuqoridagilarni hisobga olgan holda belgilanadi. Misol uchun 800x600 o’lcham gorizontaliga 800 nuqta va vertikaliga 600 nuqtadan tashkil topishini anglatadi. Ekran haqida gapirganda yana shunga e’tibor berish lozimki, ekran- ning ham turlari bor. Monitor-Displey chiqarish qurilmasi bo’lib, ular 2 xil ish tartibida ishlaydilar. - Kompyuter grafikasi bilan ishlayotganda ekranning o’lchamini bilish ham muhim hisoblanadi. Ekran aslida nuqtalardan tashkil topgan bo’ladi. Uni piksellar deb ataladi. Ekrandagi nuqtalar soni qanchalik ko’p bo’lsa ekran shunchalik sifatli hisoblanadi. Ekranning o’lchamlari ham yuqoridagilarni hisobga olgan holda belgilanadi. Misol uchun 800x600 o’lcham gorizontaliga 800 nuqta va vertikaliga 600 nuqtadan tashkil topishini anglatadi. Ekran haqida gapirganda yana shunga e’tibor berish lozimki, ekran- ning ham turlari bor. Monitor-Displey chiqarish qurilmasi bo’lib, ular 2 xil ish tartibida ishlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |