Kompyuter grafikasi



Download 1,52 Mb.
bet1/8
Sana08.11.2019
Hajmi1,52 Mb.
#25401
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
metodichka kg

OZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI AXBOROT TЕXNOLOGIYАLARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

MUXAMMAD AL-XORAZMIY nomidagi

TOSHKЕNT AXBOROT TЕXNOLOGIYALARI UNIVЕRSITЕTI

TELEVIZION TEXNOLOGIYALAR FAKULTETI

Audiovizual tеxnologiyalar” kafеdrasi

KOMPYUTER GRAFIKASI”

FANIDAN AMALIY MASHG‘ULOT ISHLARINI BAJARISH UCHUN USLUBIY QO‘LLANMA

Toshkent 2017

Mualliflar: Qayumova G., Allamova Sh.Sh

“Kompyuter grafikasi fanidan” amaliy mashg‘ulotlarni bajarish uchun uslubiy qo‘llanma.TATU, Toshkent 2017y.88 b. o‘

Taqdim etilayotgan ushbu uslubiy qo‘llanma o‘z ichiga 18 ta amaliy mashg‘ulot ishlarini qamrab olgan.

“Kompyuter grafikasi” fani bo‘yicha ushbu uslubiy qo‘llanma Tеlеvizion tеxnologiyalar (Audiovizual tеxnologiyalar, Tеlеstudiya tizimlari va ilovalari) va “Kompyutеr injiniringi (“Kompyutеr injiniringi , Multimеdia tеxnologiyalari”) fakulteti talabalariga mo‘ljallangan.

“Kompyuter grafikasi” fanidan amaliy mashg‘ulot ishlari uchun tayyorlangan uslubiy qo‘llanma quyidagi mavzularni o‘z ichiga olgan

  • Grafik kutubxonalar bilan tanishish.

  • Tеkislikdagi va fazodagi almashtirishlar.

  • Platon jismlarini tasvirlash.

  • Poligonal to‘rlar va ularni bеrish usullari.

  • Ermit, Bеzе, B-splayn egri chiziqlari.

  • Bеzе, B-splayn splayn sirtlari.

  • Parallеl proеksiyalash.

  • Markaziy (pеrspеktiv) proеksiyalash.

  • Brеzеnxеym va Sazеrlеnd algoritmlari. Sohani bo‘yash algoritmlari.

  • Sfеra, konus, silindr, tеkisliklarni nur bilan kеsish algoritmi.

  • Ko‘rinmas sirtlarni tanlash, Robеrts, Z-bufеr, tartiblash, Appеl, Varnok algoritmlari.

  • Bo‘yash (rеndеring) usullari. Fong, Guro usullari.

  • Yorug‘lik. Rang bilan ishlash. RGB, CMY, HSV rang sistеmalar.

  • OpenGL grafik kutubxonasi bilan ishlash

  • DirectX va Direct3D kutubxonalarini dasturiy ilovalarda qo‘llash

Har bir amaliy mashg‘ulot ishi uslubiy ko‘rsatmalar, misollarning bajarilishi va variantlar bilan boyitilgan.

Taqrizchilar:




Anarova Sh.A.

-

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi

Toshkеnt axborot tеxnologiyalari univеrsitеti huzuridagi Axborot-kommunikatsiya tеxnologiyalari

ilmiy-innovatsion markazi doktoranti


Muxamadiеv A.Ш.

-

“Audiovizual tеxnologiyalar” kafеdrasi mudiri, f - m.f.n., dotsent.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti 2017

1- amaliy mashg‘ulot. Grafik kutubxonalar bilan ishlash

Ishning maqsadi:

1.1. Dev C++ da grafik kutubxonani o‘rnatish va sozlash

2.1. Dev C++ da grafika bilan ishlovchi funksiyalar

3.1. Dev C++ da grafik imkoniyatlar. Shakllarni bo‘yash



Topshiriq

  1. Har bir talaba jurnaldagi tartib raqami bo‘yicha vazifalarning dasturini tuzishi lozim

  2. Har bir vazifani bajarishda foydalanilgan funksiyalar haqida hisobotda ko‘rsatish lozim

  3. Hisobot shaklida oldin vazifa, uni bajarishda foydalanilgan funksiyalar, dastur kodi va bajarishdan hosil bo‘lgan har xil variantli natijalar

  4. Amaliy mashg‘ulotda beriladigan barcha vazifalarni bitta hisobot shaklida topshiring

Hisobot shakli

  1. Amaliy mashg‘ulot ishining nomi

  2. Amaliy mashg‘ulot topshiriq raqami

  3. Topshiriqni bajarishda foydalanilgan funksiyalar tavsifi

  4. Topshiriq kodi

  5. Topshiriq natijasi (har xil variantlar uchun)

  6. Dasturning elektron versiyasi (Albatta bu dasturlar kompyuterda o‘qituvchiga ko‘rsatiladi. O‘qituvchining talab va takliflariga ko‘ra dastur to‘g‘rilanadi va so‘ngra hisobot tayyorlanadi)




    1.  Dev C++ da grafik kutubxonani o‘rnatish va sozlash

Dastlab, Dev С++ dasturlash tilini kompyuterga o‘rnatib olamiz. Dev С++ dasturlash muhitiga grafik muhitni o‘rnatish uchun bizga uchta fayl kerak bo‘ladi. Bular:

  • Graphics.h

  • libbgi.a

  • winghim.h

Ushbu berilgan fayllarni quyidagi ketma-ketlikda kataloglarga qo‘shib chiqamiz.

  • Graphics.h va winglim.h fayllarini C:\dev-Cpp\include katalogiga qo‘shing.

  • Libbgi.a faylini c:\dev-cpp\lib\ katalogiga ko‘chiring

  • Dev C++ ni ishga tushiring va tools bo‘limidan comiler options ni tanlang

  • Add these command to the linker command line buyrug‘iga bayroqchani o‘rnating va quyidagi satrni qo‘shing (1.1-rasm):

-lbgi -lgdi32 -lcomdlg32 –luuid -loleaut32 -lole32

1.1- rasm. Dev C++ da grafika bilan ishlash uchun sozlash.



1.2. DevC++ da grafika bilan ishlovchi funksiyalar

Grafik rejimda koordinatalar sistemasi (0,0) dan boshlanadi.Grafika bilan ishlashda quyidagi funksiyalar bilan ishlash mumkin:




void initwindow(int width, int height)

  • grafik chizish uchun eni va balandligi bo‘lgan oyna ochish. Agar uni dasturga kiritmasangiz xatolik sodir bo‘lishi mumkin.

void closegraph()

  • grafik muhitni to‘xtatish

void line (int x1, int y1, int x2, int y2)

  • funksiyasi (x1,y1) va (x2,y2) nuqtalarni tutashtiruvchi kesma chizadi.

void rectangle(int x1, int y1, int x2, int y2)

  • funksiyasi joriy rang bilan yuqori chap burchagi (x1,y1) va quyi o‘ng burchagi (x2,y2) nuqtalar bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak chizadi.

void circle (int x, int y, int r)

  • funksiya markazi (x,y) nuqtada bo‘lgan radiusi r aylana chizadi.

-void arc (int x, int y, int stangle, int endangle, int xradius, int yradius)

ellipse (int x, int y, int stangle, int endangle, int xradius, int yradius)

  • ellips yoyini chizish.(x,y)-elips markazi, stangle, endangle- yoyning boshlang‘ich va oxirgi burchaklari;

void putpixel (int x, int y, int color)

  • funksiyasi (x,y) kordinatasiga color rangli nuqta qo‘yadi

int getpixel(int x, int y)

int getcolor ()

  • funksiyasi joriy rangni aniqlaydi

void setbkcolor()

  • funksiyasi fon rangini aniqlaydi

void cleardevice()

  • funksiyasi grafik ekranni tozalab kursorni (0,0) nuqtaga o‘rnatadi

- void setcolor(int color)

  • funksiyasi chiziq rangini o‘rnatadi.

1misol. Aylana , to‘rtburchak va satrni ekranga chiqarish

#include

#include

int main ()

{

initwindow(500,500);



rectangle(100,100,400,400);

circle(250,250,215);

outtextxy(225,245, “birinchi grafik dastur”);

system(“pause”);

closegraph();

return 0;



}

Natija:




1.3. DevC++ da grafik imkoniyatlar. Shakllarni bo‘yash

Shakllarni bo‘yash uchun quyidagi funksiyalardan foydalanamiz:



- void setfillstyle(int stili, int rangi)

funksiyasi color rangi bilan style uslubida shaklni to‘ldiradi

stil qiymatlari quyidagicha

0 – shaffof;

1 – to‘liq bo‘yalgan;

3..6 - qiya chiziqli;

7..8 – setka;



9..11- nuqtali.

-bar (x1, y1, x2, y2)

- to‘rtburchak soha chizish(oq rangli); x1, y1- to‘rtburchak diogonali boshi koordinatasi; x2, y2 - to‘rtburchak diogonali oxiri koordinatasi.

Ranglarni dasturda quyidagi nomeri bo‘yicha berishimiz mumkin:



Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish