Pero bilan chizish
Topografik plan va kartaning ayrim qismlari: yozuvlar, shartli belgilar, relefning mayda bo’laklari (jar, qirqma va ko’tarmalar), o’simlik va tuproq qatlamlari, suv inshootlari peroda tushiriladi.
Injenerlik grafikasida qalam bilan chizilgan chiziqni peroda tushlash uchun ruchkani uch barmoq bilan ushlab tepadan pastga, yaoni o’ziga qaratib, qisqa-qisqa chiziqlarni o’zaro davom ettirish usuli bilan chiziladi. Ruchka uni ushlab turgani uch barmoq bilan yurgizdiriladi. Qo’lning boshqa qismi harakatsiz bo’lib qog’oz ustida erkin yotishi kerak.
Pero bilan gorizontallarni tushlashda ularni yo’nalishlari bo’yicha guruhlarga bo’lib, qog’ozni aylantirish orqali tepadan pastga, yaoni o’ziga qarata chiziq tortib chiziladi. Peroni yurgizish yo’nalishi 29-rasmda ko’rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |