Shriftlarning ortiqcha qoraligi (to‘qligi) kartaga ortiqcha tafsilotlar yuklab, shtrix elementlarini qabul qilishni qiyinlashtiradi. Lekin shtrixlarning haddan ortiq ingichka bo‘lishi ham kartaning o‘qilishiga salbiy ta'sir etadi. Go‘zallik, nafislik — barcha kartografik shriftlarning ajralmas fazilatidir. - Shriftlarning ortiqcha qoraligi (to‘qligi) kartaga ortiqcha tafsilotlar yuklab, shtrix elementlarini qabul qilishni qiyinlashtiradi. Lekin shtrixlarning haddan ortiq ingichka bo‘lishi ham kartaning o‘qilishiga salbiy ta'sir etadi. Go‘zallik, nafislik — barcha kartografik shriftlarning ajralmas fazilatidir.
- Kartadagi rasmning chiroyliligi, o‘qilishidagi qulaylik, nisbiy muvofiqlik, nafis bezaklarning uyg‘unlashuvi va boshqa elementlar hozirgi zamon estetika talablarining asosini tashkil etadi.
- Naqsh bilan bezatilganlik, shuningdek, satrning aniq va ravshan ko‘rsatilishi — shriftning muhim xususiyatidir.
Shrift sifatini tiklashning mohiyati kartani texnik jihatdan tayyorlash va bosish usullari bilan bog‘liq. Zamonaviy texnika istalgan shakldagi, asosiy va qo‘shimcha elementlari uyg‘unlashgan turli kontrastdagi va hokazo shriftlarni tayyorlash va bosish imkoniyatlariga ega. - Shrift sifatini tiklashning mohiyati kartani texnik jihatdan tayyorlash va bosish usullari bilan bog‘liq. Zamonaviy texnika istalgan shakldagi, asosiy va qo‘shimcha elementlari uyg‘unlashgan turli kontrastdagi va hokazo shriftlarni tayyorlash va bosish imkoniyatlariga ega.
- Kartaning o‘qilishiga shriftning umumiy vazifasi (nagruzka) katta ta'sir ko‘rsatadi. Bunga zarur yozuvlar soni, turi va xarakteri, zich joylashganligi bog‘liq. Shrift orqali (nagruzka)ga muhim o‘zgartishlar kiritish u yoki bu shrift turini, rasmning tavsifini, o‘lchamini, harfning qoraliligini va boshqalarni tanlash imkonini beradi.
2-rasm. Aholi punktlarining yozuvlarini kartada joylashtirish. 2-rasm. Aholi punktlarining yozuvlarini kartada joylashtirish. Kartada obyektlarni bir joyda to‘planish xususiyati yozuvlarni joylashtirishga sabab bo‘ladi. Aholi punktlarini joylashishini ko‘rsatganda, yozuvning bir joyda jamlanganligini ko‘rish mumkin, bunday hollarda turli shakl va o‘lchamga ega shriftlardan foydalaniladi. Barcha aholi punktlarining nomi parallellar bo‘ylab, koordinata to‘ri to‘g‘ri burchakli kartalarda — gorizontal, ya'ni kartaning shimoliy va janubiy chekkalariga parallel joylashtiriladi. Nomlar asosan o‘ng tomonda, obyektga yaqin (0,3—0,5 mm) oraliqdagi bo‘sh joyga yoziladi. Aholi punkti zich joylashganda, uncha katta bo‘lmagan maydonda doimo bunday imkoniyat bo‘lmasligi mumkin. Bunday hollarda yozuvlarni joylashtirishda biroz erkinlik mavjud, ya'ni yozuvlarni egibroq va boshqacha, ammo obyektni aniq ko‘rsatadigan qilib yoziladi (2-rasm). - Kartada obyektlarni bir joyda to‘planish xususiyati yozuvlarni joylashtirishga sabab bo‘ladi. Aholi punktlarini joylashishini ko‘rsatganda, yozuvning bir joyda jamlanganligini ko‘rish mumkin, bunday hollarda turli shakl va o‘lchamga ega shriftlardan foydalaniladi. Barcha aholi punktlarining nomi parallellar bo‘ylab, koordinata to‘ri to‘g‘ri burchakli kartalarda — gorizontal, ya'ni kartaning shimoliy va janubiy chekkalariga parallel joylashtiriladi. Nomlar asosan o‘ng tomonda, obyektga yaqin (0,3—0,5 mm) oraliqdagi bo‘sh joyga yoziladi. Aholi punkti zich joylashganda, uncha katta bo‘lmagan maydonda doimo bunday imkoniyat bo‘lmasligi mumkin. Bunday hollarda yozuvlarni joylashtirishda biroz erkinlik mavjud, ya'ni yozuvlarni egibroq va boshqacha, ammo obyektni aniq ko‘rsatadigan qilib yoziladi (2-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |