Xulosa.
Grafik dizayner bo'lib ishlash uchun kerakli dasturiy ta'minotga ega bo'lgan kompyuterga ega bo'lish kifoya, shuning uchun grafik dizayner ofisini har qanday joyda tashkil qilishi mumkin. Bu kasbning asosiy ijobiy tarafidir. Bundan tashqari, o'z vazifalariga mas'uliyatli munosabatda bo'lish sharti bilan, sevimli ishingizdan yaxshi daromad olish imkoniyatini ham o'z ichiga oladi. Bugungi kunda ko'plab kompaniyalar va odamlar o'z mahsulotlarini yoki hayotlarini reklama qilish uchun katta pul sarflashga tayyorlar. Rassomlar va tajribali mutaxassislar yuzlab daromadli takliflarni qabul qilishayapti.
Sohaning kamchiligi raqobatning yuqori darajadaligidadir. Turli firmalarning xodimlari qimmatli mijozlarni jalb qilish uchun bir-birlari bilan “jang” qilishadi. Professionallik darajasida kechikish yoki mijozlarning noroziligi kompaniya shtatidagi dizaynerni ishdan bo'shatilishiga olib kelmoqda. Siz ko'p mehnat qilishingiz, doimo rivojlanishingiz, yangi yo'nalishlarni o'rganishingiz kerak bo'ladi.
Bugungi kunda har bir insonni ishga joylashishi uchun, zarur bilim va ko'nikmalarga ega bo'lish uchun, turli xil usullar mavjud. Imkoniyatingizni qo'ldan boy bermang.
Yuqorida bergan ma’lumotlarim sizga yoqadi va qo'l keladi degan umiddaman. Bu mavzuda fikr va mulohazalaringizni izohlarda kutib qolaman. Bizni blogimizni kuzatishda davom eting! Keyingi maqolamizda, qanday qilib mashhur va yuqori haq to'lanadigan grafik dizayneri bo'lish mumkinligi haqida gaplashamiz,
Sinov savollari:
1. Кompyuter grafikasi nima?
2. Кompyuter animasiyasi nima?
3. Rastrli grafikaning asosi nima?
4. Vektorli grafikada tasvir yaratish prinsiplarini sanab o’ting.
5. Qanday dasturlar rasm chizish uchun mo’ljallangan?
6. Qanday taqdimot dasturlarini bilasiz?
7. Ilmiy vizualizasiya dasturlarining vazifasi nimadan iborat?
8. Eng ko’p tarqalgan videotasvirlarni qayta ishlash tizimlarini sanab o’ting?
9. 2D va 3D modellashtirish dasturlarining qo’llanish soxasi?
TEST SAVOLLARI:
1. EHM boshqaruvida grafik ob’ektlarni kiritish, chiqarish, tasvirlash, o’zgartirish
a) Kompyuter animasiyasi
b) Kompyuter grafikasi
c) Ofis Dasturlari
2. Kompyuter grafikasi necha xil bo’ladi?
a) 4
b) 2
c) 3
3. Rastrli tasvirning eng kichik elementi nima?
a) Piksel
b) Ob’ekt
c) Logotip
4. Adobe Photoshop dasturi qanday grafika turiga asoslanib ishlaydi?
a) Vektorli
b) Rastrli
c) Hech qanday
5. Grafik muharrirlar berilgan qatorni toping?
a) Word, Corel Draw, Excel
b) Power Point, Adobe Photoshop, Paint
c) Adobe Photoshop, Paint, Corel Draw
6. AutoCad dasturining boshqa grafik dasturlardan farqi nimada?
a) Tasvir yaratadi
b) Tayyor ob’ektni qayta ishlaydi
c) 2 yoki 3 o’lchovli modellashtiradi
7. “ Sketch” 3 o’lchovli modellashtirish dasturi ko’pincha qaysi muhitlarda ishlatiladi?
a) Windows
b) IBM va Macintosh
c) Linux
8. Taqdimot dasturlari berilgan qatorni belgilang.
a) Freelance Graphics, Harvard Graphics, Power Point
b) Corel Draw, power Point, Paint
c) Freelance Graphics, Photoshop, AutoCad
9. Paint qanday dastur?
a) Taqdimot qiluvchi
b) Modellashtiruvchi
c) Rasm chizuvchi
10. Rastrli tasvirlarda bu ifoda nimani bildiradi: 800x600 ?
Do'stlaringiz bilan baham: |