Ushbu klasterni eng birinchi bajargan guruhga “Eng chaqqon” nominasiyasi beriladi va keyingi 4-reja bayoni beriladi.
4-ilоvа
1. Rastr grafikasi haqida
Rastrli grafikada har qanday tasvir nuqta - piksellardan tashkil topgan bo'ladi. Har bir piksel alohida rangga ega bo'ladi. Ular majmuasi esa yaxlit tasvirni tashkil etadi. Foydalanuvchi har bir pikselga ishlov berish imkoniga ega bo'ladi, tasvirdagi piksellar soni qanchalik ko'p bo'lsa, tasvir shunchalik yuqori sifatli bo'ladi.
Tasvirdagi piksellar zichligi DPI (Dot Per Inch - dyuymdagi nuqtalar soni) deyiladi, ya'ni bir dyuymda (1 dyuym=2,54 sm) nechta nuqta joylashganligini belgilaydi. Gazeta va boshqa ro'znomalarda mazkur ko'rsatkich odatda 150 dpi, rangli jurnallarda 300 dpi, fotosurat va kompozisiyalarda 600-1200 dpi tashkil etadi. Ekranda tasvirlanadigan rasmlar uchun esa 72 dpi sifat ko'rsatkichi yetarli hisoblanadi.
2. Vektor grafikasi tushunchasi
Vektorli grafikada tasvirlar geometrik shakllardan tashkil topgan bo'ladi. Chiziqlar va shakllar majmuasi natijada biror bir umumiy rasm yoki tasvirni hosil qiladi. Vektorli grafikaning afzalliklaridan biri bu - rasm masshtabini qanchalik kattalashtirmang, uning sifati sira ham o'zgarmaydi. Vektorli grafikada tasvirni hosil qilish bo'yicha matematik formulalar asosida barcha hisob-kitoblarni kompyuter bajaradi.
Vektorli grafika dasturlarida yangi tasvirlar yaratiladi, lekin shu bilan birgalikda, ularga rastrli tasvirlarni ham qo'shish imkoni bor.
Fraktal grafika xususiyatlari
Fraktal grafika. Fraktal grafika ham hisoblanuvchi grafika bo’lib, uning vektor grafikadan farqi shundaki, unda hech qanday ob`yektlar kompyuter xotirasida saqlanmaydi. Chunki tasvirlar tenglamalar yoki ularning tizimlarida hosil qilinadi. Shuning uchun ham xotirada tenglamalargina saqlanadi. Tenglamalarga oid parametrlar o’zgartirilishi natijasida turli tasvirlar hosil qilinadi.
Fraktal grafika matematik hisoblashlar asosida tasvirlarni avtomatik yaratish uchun qo’llaniladi. Shuning uchun ham uning asosi sifatida rasm, shakl, tasvir hosil qilishning dasturlash usuli tanlangan.
Bu grafika, odatda, turli jarayonlarni modellashtirish, tahlil qilish, turli qiziqtiruvchi dasturlar yaratishda keng qo’llaniladi.
Ushbu bayon uchun 15 daqiqa ajratiladi.
5-ilоvа
Ushbu qismga oid keys topshirig‘ini bajariladi va unga 10 daqiqa ajratiladi.
1.Keys bayoni: Kompyuter grafikasida qo’llaniladigan dasturlar va grafika turlari muhim ahamiyat kasb etadi ba ularning quyida keltirilga tavsifi mavjud.
2.Keys topshirig‘i: Kompyuter grafikasida qo’llaniladigan dasturlar va grafika turlarini izohlang va ajrating.
Adobe PhotoShop
fraktal
rastrli
vertikal
Corel Draw
Adobe Illustrator
?
Guruhlarning javobi:
№
|
Dasturlar
|
Izoh
|
1
|
Corel Draw
|
|
2
|
Macromedia FreeHand
|
|
3
|
Adobe Illustrator
|
|
4
|
Adobe PhotoShop
|
|
|
Grafika turlari
|
Izoh
|
1
|
rastrli
|
|
2
|
vertikal
|
|
3
|
fraktal
|
|
Berilgan javob natijalariga ko’ra aniq va to’liq izoh yozgan guruhga “Eng bilimdon” nominasiyasi beriladi.
Talabalarning olgan bilimlari qay darajada ekanligini bilish maqsadida 7 daqiqa ichida ushbu metodni qo’llashimiz mumkin:
6-ilоvа
B/B/B jаdvаli (Bilаmаn/Bilishni хохlаymаn/Bilib oldim)
№
|
Mаvzu sаvоli
|
Bilаmаn
|
Bilishni хоhlаymаn
|
Bilib oldim
|
1
|
|
|
|
|
2
|
|
|
|
|
3
|
|
|
|
|
4
|
|
|
|
|
Uyga vazifa sifatida quyidagi savollarga javob topish beriladi va uni yozib olish uchun 3 daqiqa ajratiladi.
6-ilоvа
Mustaqil o’rganish uchun savollar:
1. Kompyuter grafikasini qanday turkumlarga ajratib ko’rsatish mumkin?
2. Kompyuter grafikasida aniq va mavhum ob’yektlar tasvirini yaratish mumkinmi?
3. Rastrli grafika bilan ishlovchi dasturlarning qanday vazifalari mavjud?
4. Vektorli grafikada tasvirlar qanday shakllardan tashkil topgan bo'ladi?
5. Dyum nima?
6. RGB nima?
7. 2D va 3D turdagi grafikaning bazaviy funksiyalari nimalardan iborat?
E’tiboringiz uchun raxmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |